Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 082 (Paul’s Doxology) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz 3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)
8. Pavlusning maktubining yakuniy qismidek bo'lgan Xudoga hamdu sanosi (Rimliklarga 16:25-27)RIMLIKLARGA 16:25-27 Pavlus tantanali ravishda Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga sajda qilish bilan Rimdagi jamoatga bo'lgan maktubini yopdi. Pavlus Uni O'zining kuchining Ruhida jamoatlarni o'rnatib, himoya qiladigan abadiy kuchni bera oldigan yagona Xudoni va barcha ta'lim beradigan kuchlarning favvorasidek Uni e'tirof etadi. Pavlus maktubning boshida ishorasi bilan bu maktubni yopdi (Rimliklarga 1:16). Gunohda o'lik bo'lganlarga hayot berish Pavlusning xushxabarida seziladi. Faqat to'rtta xushxabar bor emas, ya'niy: Matto, Mark, Luqo va Yuhanno; balki Pavlusning va'zidagi Isoning najodining e'loni va hamma yaxshi xabarlar haqiqiy xabardir. G'ayriyahudiylarning havoriysi Damashqqa yaqin unga Rabbiy Isoning ko'rinishi, tirik Masihni ko'rishi va U va'da qilingan haqiqiy Masih ekanligini tushunishi maktublarini yozish uchun asosiy sabab ekanligini tan oldi. Pavlus xushxabarida eshitishni istagan har bir kishiga bu vaqtgacha saqlanib kelgan, lekin endi ochilgan va barhayot muqaddas Xudo tomonidan buyurilgandek, Eski Ahddagi payg'ambarlarning yozuvlari orqali tanilgan bu sirni ochib beradi. Bu sirning mavzusi Xudo nopok xalqlarni va chaqirilmagan xalqlarni Yangi Ahdga ko'ra imon itoatini o'rganishlarini xohlaydi. Shu tarzda, Xudo kechirimini Isoning to'lov qurbonligi uchun barcha insonlarga tekin inoyat qilib taqdim qiladi. Shuning uchun, kimki bu chaqiruvni eshitsa va Xudoning in'omini qabul qilsa qutqariladi. Biroq, itoat qilmagan kishi o'zini o'zi hukm qiladi. Pavlus yagona dono bo'lgan Xudoga sajda qilgan. U Xudoda barcha ulug'vorlik va hurmat borligidan va bu insoniy sajda abadiy Muqaddas Ruhning birligida Otasi bilan hukm surayotgan Isoning ishi, o'limi va tirilishi tufayli mumkin bo'lganligiga minnatdorchilik va yumshoqlik bilan dalolat keltiradi. Pavlus Rimliklarga bo'lgan bu maktubni tugatgan oxirgi “Omin” so'zi, bu aniq bajariladigan, va aniq haqiqat ekanligini anglatadi. IBODAT: Ota biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sen O'g'ling Isoda Pavlusni tanlab, uni G'ayriyahudiylarning orasidagi jamoatlarga najodingni olib borishi uchun va xizmati uchun azob tortib o'lishi uchun uni chaqirding. Ruhda takkabur bo'lmasdan, balki Muqaddas Ruhingning boshqaruvi ostida haqiqat uchun intizor bo'lgan hammaga to'liq najodingni olib borishimiz uchun bizga yordam ber. Omin. SAVOL 100: G'ayriyahudiylarning havoriysi bo'lgan Pavlusga Xudo ochib bergan sir nima? 4 – SAVOL - JAVOBAziz kitobxon,
Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'qishini tugatsangiz va bu kitobning oxiridagi savollarga javoblaringizni jo'natsangiz, biz sizga Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlantirishdek, quydagini jo'natamiz Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubini tushunchasidagi ILG'OR O'QISHLARNING DIPLOMI Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life |