Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 082 (Paul’s Doxology)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

8. Pavlusning maktubining yakuniy qismidek bo'lgan Xudoga hamdu sanosi (Rimliklarga 16:25-27)


RIMLIKLARGA 16:25-27
25 Endi mening xushxabarimga va Iso Masihning voizligiga ko'ra va sirning vahiysiga ko'ra sizni yaratishga qodir Xudo dunyo boshlangandan beri saqlagan sirini 26 endi ochib berdi va bashoratli Yozuvlar orqali barhayot Xudoning amriga ko'ra, 27 yagona bo'lgan donishmand Xudoga barcha xalqlar ishonib sajda qilishi uchun barcha xalqlarga bu bildirildi, Iso Masih orqali Unga abadiy ulug'vorlik bo'lsin. Omin.

Pavlus tantanali ravishda Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga sajda qilish bilan Rimdagi jamoatga bo'lgan maktubini yopdi. Pavlus Uni O'zining kuchining Ruhida jamoatlarni o'rnatib, himoya qiladigan abadiy kuchni bera oldigan yagona Xudoni va barcha ta'lim beradigan kuchlarning favvorasidek Uni e'tirof etadi.

Pavlus maktubning boshida ishorasi bilan bu maktubni yopdi (Rimliklarga 1:16). Gunohda o'lik bo'lganlarga hayot berish Pavlusning xushxabarida seziladi. Faqat to'rtta xushxabar bor emas, ya'niy: Matto, Mark, Luqo va Yuhanno; balki Pavlusning va'zidagi Isoning najodining e'loni va hamma yaxshi xabarlar haqiqiy xabardir. G'ayriyahudiylarning havoriysi Damashqqa yaqin unga Rabbiy Isoning ko'rinishi, tirik Masihni ko'rishi va U va'da qilingan haqiqiy Masih ekanligini tushunishi maktublarini yozish uchun asosiy sabab ekanligini tan oldi.

Pavlus xushxabarida eshitishni istagan har bir kishiga bu vaqtgacha saqlanib kelgan, lekin endi ochilgan va barhayot muqaddas Xudo tomonidan buyurilgandek, Eski Ahddagi payg'ambarlarning yozuvlari orqali tanilgan bu sirni ochib beradi.

Bu sirning mavzusi Xudo nopok xalqlarni va chaqirilmagan xalqlarni Yangi Ahdga ko'ra imon itoatini o'rganishlarini xohlaydi. Shu tarzda, Xudo kechirimini Isoning to'lov qurbonligi uchun barcha insonlarga tekin inoyat qilib taqdim qiladi. Shuning uchun, kimki bu chaqiruvni eshitsa va Xudoning in'omini qabul qilsa qutqariladi. Biroq, itoat qilmagan kishi o'zini o'zi hukm qiladi.

Pavlus yagona dono bo'lgan Xudoga sajda qilgan. U Xudoda barcha ulug'vorlik va hurmat borligidan va bu insoniy sajda abadiy Muqaddas Ruhning birligida Otasi bilan hukm surayotgan Isoning ishi, o'limi va tirilishi tufayli mumkin bo'lganligiga minnatdorchilik va yumshoqlik bilan dalolat keltiradi. Pavlus Rimliklarga bo'lgan bu maktubni tugatgan oxirgi “Omin” so'zi, bu aniq bajariladigan, va aniq haqiqat ekanligini anglatadi.

IBODAT: Ota biz Senga rahmat aytamiz, chunki Sen O'g'ling Isoda Pavlusni tanlab, uni G'ayriyahudiylarning orasidagi jamoatlarga najodingni olib borishi uchun va xizmati uchun azob tortib o'lishi uchun uni chaqirding. Ruhda takkabur bo'lmasdan, balki Muqaddas Ruhingning boshqaruvi ostida haqiqat uchun intizor bo'lgan hammaga to'liq najodingni olib borishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 100: G'ayriyahudiylarning havoriysi bo'lgan Pavlusga Xudo ochib bergan sir nima?

4 – SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
bu kitobchada, Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubidagi sharhlarni o'qib bo'lib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% ga javob bersangiz, biz sizga ta'limingiz uchun bu kitobchaning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos javob varog'iga aniq to'liq ismingizni va manzilingizni kiritishni unutmang.

  1. Siz najodkoringiz Isoga o'zingizni butunlay topshirdingizmi yoki siz hali ham o'zingizni o'ylab, o'zingiz uchun yashayapsizmi?
  2. Isoning izdoshlari uchun muqaddas hayotda yashashdagi qadamlar qaysilar?
  3. Mazkur xizmatlarning qaysi birini bugunlik kunda eng muhim deb hisoblaysiz?
  4. Birligingizdagi eng muhim va kerakli bo'lgan Xudoning sevgisining qaysi turini siz ep ko'rasiz?
  5. Biz qanday qilib nafratlanmasdan va qasos olmasdan dushmanlarimizni kechiramiz?
  6. Har bir hokimyatning hokimligining chegaralari qaysilar va biz nima uchun insonlardan ko'ra Xudoga itoat qilishimiz kerak?
  7. Pavlus “Yaqiningizni o'zingiz kabi seving” degan amrni qanday qilib amaliy tushuntirib berdi?
  8. Bizni Masihdan kelishi haqidagi xabarga boshlaydigan yaxshiliklar nimalar?
  9. Agar Masihning izdoshida hayotning ba'zi ikkinchi darajali mavzularida boshqacha fikr bo'lsa, biz nimani o'ylashimiz yoki nima aytishimiz kerak?
  10. Bu oyatning ma'nosi nima: “Xudoning shohligi Muqaddas Ruh bag'ishlangan solihlik, tinchlik va sevinchdir”?
  11. Rimliklarga 15:5-6 qanday ma'noni beradi?
  12. Pavlus Rim jamoatlaridagi muhim farzlarni yengib chiqishni qanday kutgan?
  13. Pavlus faqat qism deb hisoblangan maktubida nimani yozgan?
  14. Havoriy Pavlusning xizmatlaridagi sir nima?
  15. Pavlus Quddusda uni kutib turgan ko'p havf-hatarlar va qiyinchiliklar haqida bilishidan qat'iy nazar Ispaniyada bo'lgan safaridan oldin nima uchun Quddusga borishni xohladi?
  16. Biz Rimdagi jamoat a'zolarining ismlaridan nimani o'rgani-shimiz mumkin?
  17. Ro'yhatda eslatib o'tilgan azizlarning nomlaridan biz nimani o'rganamiz?
  18. Iblisning vasvasalarining markazi nima?
  19. Pavlus Rimliklarga bo'lgan maktubni buyurgan shaxs kim?
  20. G'ayriyahudiyning havoriysi bo'lgan Pavlusga Xudo ochib bergan sir nima?

Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'qishini tugatsangiz va bu kitobning oxiridagi savollarga javoblaringizni jo'natsangiz, biz sizga Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlantirishdek, quydagini jo'natamiz

Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubini tushunchasidagi ILG'OR O'QISHLARNING DIPLOMI Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany
Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)