Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)
4. Yahudiy Oqsaqollarining Ayyorligi (Matto 28:11-15)MATTO 28:11-15 Bosh ruhoniylar askarlardan Iso o'limdan tirilibdi va bir farishta ayollarga gapiribdi degan gapni eshitdi. Ular qo'rquv va g'azabdan yolg'onga va qarama-qarshilikka to'la bo'lgan hukoya deb o'ylashdi. Ular qorovullarga pora berib, ularga ular qabir yonida uxlab qilishganini va shogirdlar Isoning o'lik tanasini o'g'rlab ketishganini aytishni buyurdilar. Bu hisobot mumkin emas va hatto kulgilidir. Sanhedrin to'xtatishga xarakat qilgan narsa qabirdan Isoning tanasining g'oyib bo'lishi endi haqiqatdan ham sodir bo'lganidir. Biroq, haqiqat pul bilan yolg'on bilan tekshirilmaydi, chunki haqiqat bir fikr emas balki bizning oramizda yashaydigan o'limdan tirilgan shaxsdir. Farishtaga guvohlik bergan ayollarning va askarlarga yolg'on gapirishga buyrug' bergan bosh ruhoniylarning munosabatlarining o'rtasidagi qanchalik buyuk farq bor. Biz ayollarda haqiqatni, tinchlikni va hursandchilikni ko'ramiz. Dindor boshliqlarda esa, yolg'on gapirishni, pora berishni va qo'rquvni ko'ramiz. IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen abadiy tirik Muqaddas Xudosan. Biz Senga sajda qilamiz chunki o'lim Seni ushlab turolmadi. Hayotingning kuchi o'limning daxshatli qamog'ini ochib berdi. Sen bizni xochdagi to'lov orqali oqlab, tirilishingdan keyin darhol tinchligingni bizga berding. Bizni birodarlaring etib nomlaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz hursandchilikda Senga hamdu-sano aytib ulug'laymiz chunki Sen orqali Xudo bizning haqiqiy Otamiz bo'ldi. Sen tirilishing orqali bizni abadiy Xudoning bolalari qildi. SAVOL:
|