Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 269 (The Artifice of the Elders)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

4. Yahudiy Oqsaqollarining Ayyorligi (Matto 28:11-15)


MATTO 28:11-15
11 Ayollar hali yo'lda borishar ekan, sohchilar bo'linmasidan bir nechasi shaharga kirib, sodir bo'lgan barcha hodisodni oliyruhoniylarga bildirdilar. 12 Ular oqsaqollar bilan to'planib kelishgach, askarlarga ancha pul berib, 13 shunday dedilar: - Sizlar: (shogirdlar kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda Uni o'g'irlab ketishdi), deb aytinglar. 14 Agarda bu bo'lib o'tganlar hokimning qulog'iga yetib borsa, bizlar uni shunga ishontiramiz va sizlarni ko'ngilsizlikdan halos etamiz. 15 Sohchilar esa pulni olib, topshiriqni aytilgandek bajardilar. Shunday qilib, bu hangama-hangama to bugungacha yahudiylar orasida ovoza bo'lib keladi.
(Matto 27:64)

Bosh ruhoniylar askarlardan Iso o'limdan tirilibdi va bir farishta ayollarga gapiribdi degan gapni eshitdi. Ular qo'rquv va g'azabdan yolg'onga va qarama-qarshilikka to'la bo'lgan hukoya deb o'ylashdi. Ular qorovullarga pora berib, ularga ular qabir yonida uxlab qilishganini va shogirdlar Isoning o'lik tanasini o'g'rlab ketishganini aytishni buyurdilar. Bu hisobot mumkin emas va hatto kulgilidir. Sanhedrin to'xtatishga xarakat qilgan narsa qabirdan Isoning tanasining g'oyib bo'lishi endi haqiqatdan ham sodir bo'lganidir. Biroq, haqiqat pul bilan yolg'on bilan tekshirilmaydi, chunki haqiqat bir fikr emas balki bizning oramizda yashaydigan o'limdan tirilgan shaxsdir.

Farishtaga guvohlik bergan ayollarning va askarlarga yolg'on gapirishga buyrug' bergan bosh ruhoniylarning munosabatlarining o'rtasidagi qanchalik buyuk farq bor. Biz ayollarda haqiqatni, tinchlikni va hursandchilikni ko'ramiz. Dindor boshliqlarda esa, yolg'on gapirishni, pora berishni va qo'rquvni ko'ramiz.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen abadiy tirik Muqaddas Xudosan. Biz Senga sajda qilamiz chunki o'lim Seni ushlab turolmadi. Hayotingning kuchi o'limning daxshatli qamog'ini ochib berdi. Sen bizni xochdagi to'lov orqali oqlab, tirilishingdan keyin darhol tinchligingni bizga berding. Bizni birodarlaring etib nomlaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz hursandchilikda Senga hamdu-sano aytib ulug'laymiz chunki Sen orqali Xudo bizning haqiqiy Otamiz bo'ldi. Sen tirilishing orqali bizni abadiy Xudoning bolalari qildi.

SAVOL:

  1. Masihning qabrining qo'riqchilarga aytgan Yahudiy boshliqlarining qarama-qarshi so'zlari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:51 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)