Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 016 (One Shepherd, one flock)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
4. Bir Cho’pon, bir suruv

Bir Cho’pon, bir suruv


Bugun dunyoda 22000 har xil jamoatlar bor. Afsuski, bu hamma tillar, o’qishlar, tajribalar va va’dalar Masihiylik birligini his qilishni ta’surotini bermaydi. Shunga qaramasdan tashqi tuzilishdagi birlikni yetishmasligi Iso izdoshlarining ruhiy birligini shubha ostiga qo’ya olmaydi. Ko’plab imonlilarni birlashtirish uchun Masihning bo’sh qabriga ko’p yurish kerak emas. Yaxshi Cho’ponning ovozi ularni jonlantiradi va birlashtiradi. Muqaddas Ruhning guvohligi Uning izdoshlarini yuragiga chuqur kiradi. Ular Uning moylanishini va abadiy hayotni qabul qilganlar. Ular Isoniny ruhiy tanasidek bir bo’lib qoladilar. Qayerda ular uchrashmasin va bir birlari bilan tanishmasin Ota Xudo, O’g’il va Muqaddas Ruh haqida bo’lishadilar, Masih sevgisining bahtiyorligi ularning ko’zlaridan porlab turadi. Uning tinchligi kechirim orqali, sabrda va hatto millat va oilalarni buzilishi kabi katta to’siqlardan o’tishda sodiqlik orqali aniq ko’rinadigan bo’ladi.

Har qanday holat bo’lishidan qat’iy nazar, Masihning ikkinchi kelishida Uning: “U yerda bir Cho’pon va bir suruv bo’ladi” (Yuhanno 10:16) – degan va’dasi amalga oshadi. Bu va’da Isoning Yahudiy izdoshlarini va barcha xalqdan bo’lgan Masihiylarning mustahkam jamiyati bo’ladi (Efesliklarga 2:11-12). Keyin bizning Oliy Ruhoniymiz Iso hamma insoniyat tushunchasini amalga oshiradigan Otasidan hamma narsani biz uchun so’raydi:

YUHANNO 17:21-23
Hammalari bir bo‘lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda bo‘lganimday, ular ham Bizda bo‘lishsin. Shu tariqa Meni Sen yuborganingga dunyo ishonsin. Sen Menga ato qilgan ulug‘vorlikni ularga berdim, toki Biz bir bo‘lganimizdek, ular ham bir bo‘lishsin. Men ulardaman, Sen esa Mendasan. Shunday ekan, ular mukammal birlikda bo‘lsinlar. Toki, Meni Sen yuborganingni dunyo bilsin. Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo ko‘rsin.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)