Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 014 (Jesus gives eternal life to His followers)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

Iso izdoshlariga abadiy hayot beradi


YUHANNO 10:28
Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok bo‘lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo‘limdan tortib ololmaydi.

Iso yaxshi Cho’pon va suruv matalini taskin so’zlari bilan tugatdi va O’zini abadiy hayotga egaligini ochib berdi. Xudodan boshqa hech kim abadiy yashamaydi. Hamma yaratilgan narsalarning boshi va oxiri bor. Faqat Xudo hamma vaqtlardan oldin bor bo’lgan va abadiy bor bo’ladi. U abadiy hayotdir.

Bularni aytib Iso shogirdlariga abadiy hayotni beradi, Iso Uning O’zi hayot ekanligini e’lon qiladi va o’limga mahkum odamzodga muqaddas hayot berishni xohlaydi va izdoshlariga O’zining hayotini, ruhini, kuchini va sevgisizni berishni xohlaydi. U biz tuproqdan yaralganlarni Uning abadiyligini qatnashuvchilari qilishni, bizni hamma gunohdan tozalashni va bizga Uning muqaddas tabiatini bo’lishishga yordam berishni xohlaydi. Bu Iso Uning izdoshlari Muqaddas Ruh va abadiy hayot qabul qilish huquqiga ega bo’lshi uchun Uning qoni orqali izdoshlarining gunohlari uchun kechirim berganini tushuntiradi. Gunohkorning oqlanishi va Xudoning Ruhini qabul qilish yaxshi Cho’ponga ergashishning boshlanish belgisidir. Iso Otasining oldiga hamma odamlarga Muqaddas Ruhni yuborish uchun ketdi. “Kimning qulog’i bo’lsa, eshitsin!”

Bu najot va in’om bilan, Iso qo’ylarni cho’ponga, xudbin odamlarni xizmatkorga va o’lik odamlarni hayot-beruvchilarga aylantiradi. Bu imtiyoz Masihning izdoshlari Unga ergashishda faqat to’g’ri va sodiq turishlarigacha ushlab turadi. Ularning hech qaysi biri o’zlarida abadiy hayotga ega emas. Ular unga faqat Isoga bog’liqlikda ega bo’ladilar. Iso ularning hayotidir. Agar ular U bilan va Unda qolsalar, Uning hayotini bo’lishadilar.

Iso Lazarni tiriltirishidan oldin, u Lazarning sing lisi Martaga abadiy hayotning sirini aytdi. U shunday dedi:

YUHANNO 11:25-26
Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o‘lsa ham yashaydi. Kimda–kim Menga ishonib yashasa, to abad o‘lmaydi. Bunga ishonasanmi?

Bu yerda Iso o’lim xavotiri boshqa Uning shogirdlariga tahdid qilolmasligini aytadi. U ularga: ”Kim Menga ishonsa, o’lsa ham yashaydi!” – deb qanday bu qo’rquvdan qochishni ochib berdi. Kim Isoga ishonish orqali haqiqiy imonga ega bo’lsa hech qachon o’lmaydi.” Isoning shuhratiga kirib borishiga o’lim darvoza bo’ladi.

Har bir din, g’oya yoki dunyo qarash o’lik tug’ilgan boladek o’lim daliliga aniq javobi yo’q. Faqat o’limni Yengan aytish huquqiga ega, U haqiqatni biladi va U o’lim bilan duch keldi va o’limdan tirildi. Faqat Iso Masih yo’l, haqiqat va hayotdir. Faqat Iso: ”Otaning oldiga olib boradigan Mendan boshqa yo’l yo’q” (Yuhanno 14:6) – deya oldi.

Xudoning O’g’liga qarshi do’zaxning hasadi va Iso Masihning Otasiga qarshi shaytonning hasadi ko’pdir. Agar yaxshi Cho’pon ularni himoya qilmasa shayton Isoning izdoshlarini qismlarga bo’lib tashlaydi, Iso izdoshlarini abadiy hayot bilan marhamatlaydi. Iso izdoshlarini qo’llari bilan quchoqlab yuragidan joy beradi. Iso izdoshlari xavfsiz bo’ladigan qudratli qal’a, mustahkam boshpanadir. Iso shaytonning qudrati yetmaydigan qirollikdir. Masihning qo’li yerdan ham kattadir; U koinotni qarichi bilan o’lchaydi. Iso hamma izdoshlarini xochda mixdan teshik bo’lib qolgan qo’llari bilan qayg’uradi. U bizni so’zlari bilan ishontirib: ”Hech kim sizlarni Mening qo’limdan tortib ololmaydi” – deydi.

Isoning qudratida shaytonning kuchsizligi buyuk taskindir. Biz na o’lim yoki qiynoq, na qo’rquv yoki hafagarchilik Xudoning sevgisidan bizni ajrata olmasligini tushunishimiz kerak. Na yovuz ruh yoki hatto shaytonni o’zi bizni Isoning qo’lidan tortib ololmaydi. Hatto biz Unga hosil keltirib birdaniga o’zimizni Undan ajrata olmaymiz. Agar biz Uning oldida yiqilib tavba qilsak, qilgan gunohimizni anglasak, tan olsak va u gunohdan nafratlansak va yana Xudoga burilsak hatto gunohlarimiz bizni Undan ajratolmaydi. Kim Iso Masihning qoni ostida bo’lsa Xudoning qudrati va himoyasida xavfsiz bo’ladi. Masihning izdoshlari Xudoda zavqlanadigan komil ma’bad ularga hamma tushunchalarni ko’paytiradigan tinchlik beradi. Isoning izdoshlari hamma quvg’inlarda xavfsiz bo’ladilar, savollarga ishonch bilan javob beradilar va hatto xavfli holatlarda ham yoki ohirgi soatlarida ham ichki taskin yana qaytadan tiklanadi. O’limning ular ustidan kuchi yo’qdir. Ular abadiy yashaydilar. Isoning O’zi uyini ularga yaratdi.

Masihda qutqarilganlarning xavfsizligini hatto aqliy kasallik, miya chayqalishi, qarilik, hotiraning o’chishi ham yo’qqa chiqarolmaydi. Muqaddas Ruhning muhri bizda zararsiz qoladi. Iso Abadiy Yupatuvchidir. U biz Xudoning bolalari ekanligimizni va abadiy yashashimiz haqida ruhimizga guvohlik beradi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)