Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 013 (The relation of the risen Christ to His flock)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

O’limdan qayta tirilgan Masihning suruviga munosabati


YUHANNO 10:27-28
Mening qo‘ylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. Men ularga abadiy hayot beraman, ular hech qachon halok bo‘lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo‘limdan tortib ololmaydi.

Iso hamma xalqlardan Unga ergashganlar Uning qo’ylari bo’lishini aytdi. Ular Unga tegishlidir; ular Unikidir. Bu yerda kichik bir hal qilib bo’lmaydigan huquq bor. Ishonch munosabati, birlik, yurak uzuvinig chuqur va hissiyligi shogirdlarning qismidir. Xudovand ular uchun reja tuzadi va qayg’uradi. U ularga yaxshilik qilish uchun foyda keltiradigan qiziqishdan ham ko’proq rejalari bor. Uning suruvi yaxshi holatdaligi, yetarlicha ta’minlanganligi va yaxshi saqlanganligi Uning shafqatining belgisidir. Cho’pon qanday bo’lsa suruv ham shundaydir!

Masih izdoshlarining birinchi ruhiy hislati ularning Uning ovozini eshitishidir. Uning So’zi ularni tortadi; bu ularda harakatchan va yaratuvchandir. Yaxshi Cho’ponning so’zi taskin beradi, daldalantiradi, tartibli qiladi, rag’batlantiradi, jonlantiradi va himoyalaydi. Yaxshi Cho’ponning so’zi U haqidagi har qanday ko’rinadigan tushunchadan muhimroqdir. Hatto U ko’rinmasa ham Uning ovozi yurakka suqulib kiradi va harakatlanadi. Qayerda Uning ovoziga e’tibor berilsa, sevilsa, qabul qilinsa va tushunilsa, Uning suruviga birlashish sodir bo’ladi. Uning ovozini eshitish tanlanganlarning tanlanishi va ularning qutqarilishini va yangilanishini boshlanishidir. Qayerda Xudoning ovozi eshitilmasa, e’tibor berilmasdan, aksincha rad qilinib boshqa ovozlarga qaralsa, yurakning qattiqlashishi boshlanadi va ruhiy o’lish yaqindir. Yaxshi Cho’ponning ovozini eshitishdan, javob berishdan va tushunishdan Muqaddaslarning chaqiruvi amalga oshadi. Xudoning O’g’lining ovozi to’g’ri ochiqlik va ilhomdir. Nafaqat Payg’ambarlar Xudoning ovozini eshitadilar, Masihning suruvidagi har bir qo’y bugun yaxshi Cho’ponning ovozini eshita oladi. Boshqa qo’ylardan farqli ravishda ular haqiqiy Cho’ponning ovozini qalbaki ovozlardan ajrata oladilar.

Yaxshi Cho’pon qo’ylarini nomma nom biladi. Ular tartibsiz suruv, foyda manbayi emaslar, aksincha ular U uchun shaxsan in’om va chegara bilan marhamatlanishga tanlab olinadilar. Cho’pon O’zining har bir qo’yiga qaysi ovqat va ozuqa kerakligini biladi. U ularga tushunish va o’ylash vaqtini beradi. U ularga tinchlik beradi. U qo’zilarning qachon tug’ilish vaqti kelishini yoki qo’ylarni junini qachon olish kerakligini biladi. Agar bo’ron tursa yoki bo’rilar yaqin kelsa qo’ylarni birga turib olishini tashkil qiladi. Xudovand suruvidagi favqulotdagi holatda ham har bir qo’yni biladi. U kuchsiz, jarohatlangan va yangi tug’ilganni biladi. U ularning birlikdagi oddiy hislarini va bir birlarisiz yashay olmasliklarini biladi. U qo’ylarini ular o’zlarini bilishlaridan ham yaxshi biladi.

Xudovand suruvini kechasi va kunduzi, ko’chada, chorraha o’rtasida, uylar orasida yoki o’tib bo’lmaydigan dalalardan yetaklaydi. U ularga yetaklash uchun eng zo’r yo’llarni qidiradi. U xavfli soatlarda O’zidan uzoqqa jo’natmaydi, aksincha ularning oldida yuradi. U ilonni xassasi bilan o’ldiradi yoki itiga suruvni birga to’plashni buyuradi.

Qo’ylar Kimga ishonganini biladi. Ular yaxshi Cho’ponga shubhasiz ergashadilar. Ularning yaxshi Cho’ponga ergashishi ularning borligining asosidir. Ular nafaqat Uning ovozini eshitadilar; ular yana Unga ergashadilar ham. Sodiq bo’ysunish Masih izdoshlari uchun muhokama sababi emas. Cho’pon qo’ylarining tumani, changi va hidi bilan o’ralgan. Qo’ylarning marashi Cho’ponning qulog’iga musiqadaydir. Cho’pon ularni qanday tushuntirishni biladi.

Muhammad Isoning izdoshlarini Olloh nomi bilan: ”To qiyomat kunigacha Senga ergashgan zotlarni kofirlardan yuqori qo’yaman” (Ol-I Imron Surasi 3:55) – deb aytgan. Muhammad ba’zi Masihiylar Isoga ergashish bilan o’zgarganini va ularning yuraklariga mehr va shafqat berilganligini tan olgan. Iso qiyofasida qo’ylar o’zgaradilar. Bo’shashgan, tortilgan, kasal va tashlandiq hayvonlar yaxshi ozuqlangan, qoniqqan va sog’lom qo’yga aylanadilar. Masihga yaqinlikdagi uzoq chopishda na halok bo’lish, na hasad, na tortishuv, na qo’rquv, na abadiy o’lim yo’q. Yaxshi Cho’ponning tinchligi Uning suruvini shakllantiradi.

O’g’ri yoki sohta Cho’pon chaqirsa, ular unga ergashmaydilar. Ular yolg’on ovozni yaxshi Cho’ponning haqiqiy ovozidan ajrata oladilar. Ular sohta va’dalarga o’lja bo’lmaydilar. Ularning imonlari va bo’ysunishlari faqat Cho’ponlariga bog’laydi. Sohta payg’ambarlar, dajjollar, bachkana shaxslar, aldamchilar va yangi dinlarni o’rnatuvchilar Isoning izdoshlarida hech qanday ta’surot uyg’otmaydilar. Ular O’zi uchun yashamaydigan va O’zini foydasini qidirmaydigan yuragi kamtar va bosiq yaxshiroq Cho’ponni biladilar. Sohta Cho’ponlar o’zlarini foydasi uchun qo’ylarni qurbon qiladilar. Yaxshi Cho’pon bunday emas, aksincha qo’ylarini yaxshilanishi uchun O’zini qurbon qiladi.

Sohta cho’pon bir kuni shu holatga tegishli tekshiruv o’tkazmoqchi bo’libdi. Qoylar qarashi va hidlashi uchun o’zining kiyimini notanishga kiydirib qo’yibdi. U uni har xil chaqirishlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatibdi va Cho’ponning kaltagini beribdi. Lekin qo’ylar ahmoq emas edilar. Ular o’tlashni davom ettiribdilar. Ular mehmon tomon yugurmadilar. Begonaga ergashmadilar. Ular O’zlarining Cho’ponlarining ovozini bilardilar va faqat Unga ergashadilar.

Agar hatto qo’ylar begonani ovozini haqiqiy cho’ponning ovozidan ajrata olsalar, Isoning izdoshlari qanchalik har qanday sohta chaqiruv yoki vaqtinchalik ozodlikni rad qilishlari va yolg’onlar va zamonimizdagi vasvasadan burilib ketishlari kerak. Isoning suruvini sirlaridan biri Xudoning so’zi ularni tassavurga ega qilishi (o’ziga hos qilishi), kechirishi, daldalantirishi va ularni boshqarishi uchun Uning so’zini biladilar, eshitadilar va asraydilar. Iso: ”Mening qo’ylarim ovozimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi” – deb bekorga aytmagan.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)