Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 009 (Jesus Christ reveals himself)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

Iso Masih O’zini ochib beradi


YUHANNO 10:15-18
Men yaxshi Cho‘ponman. Otam Meni va Men Otamni bilganimday, Men qo‘ylarimni bilaman, ular ham Meni biladilar. Men qo‘ylarim uchun jonimni fido qilaman.Bu qo‘rada bo‘lmagan boshqa qo‘ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening ovozimga quloq soladi, shunda bir suruv, bir cho‘pon bo‘ladi. Men jonimni qaytib olish uchun, uni fido qilaman, shu bois Otam Meni yaxshi ko‘radi. Hech kim jonimni Mendan olmayapti. Men O‘z ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor. Buni Menga Otam buyurgan.

Iso Masih xizmatini boshlaganda va shogirdlariga O’zini shaxsini ochganda 30 yoshda edi. U:

Men yaxshi Cho’ponman – dedi.

Bu so’zlar bilan Iso abadiylikka yetaklovchi ta’surot uyg’otadigan, aniq haqiqatni gapirdi.

Bu so’zlar bilan Iso O’zini ochib berish uchun Xudo Eski Ahdda O’zini ochadigan iborani tanladi. Xudo shunday deydi: ”Men doim bor bo’lgan Xudoman. Men Xudoman. Men eng mehribon Iegova (ma’nosi “Men borman), Qudratliman. Men qaysar xalqini 40 yil cho’lda olib yurgan sodiq Cho’ponman. Men Duvud Zabur 22 da ulug’lagan Xudoman. Men Yaratguvchi va dunyoning Tayanchiman. Men yovuz va buzuq insoniyatni hukm qilgani yoki yo’q qilgani kelganim yo’q; aksincha adashganlarni qidirgani va topgani kelganman.”

Iso qasd oluvchi shoh yoki jahldor qozi bo’lib kelmadi. U dalda, yordam bergani keldi, baxtsizlar uchun yuragi og’ridi, U qambag’allarga qayg’urdi va oxirida ular uchun O’zini qurbon qildi.

U O’zini yaxshi Cho’pon deb atadi. U oldinroq: ”Xudodan boshqa hech kim yaxshi emas!” – degan. Endi U O’zini ochib berdi, U O’zini sodiq Cho’pon qo’ylarini topgunigacha qidirib O’zining izdoshlari davrasiga olib keladigan mehribon qutqaruvchi Xudo deb tanishtirdi.

Iso Xudoning suruvini to’liqligi javobgarligini oldi. U ko’p xalqlardan, tillardan va hisobsiz yoshlardan Unga kelgan son sanoqsiz xalqlarga boradi. U ularni eng yaxshi yaylovga olib keladi va orombaxsh suvlari bo’ylab yetaklab yuradi. U ularga nafaqat kunlik muxtojliklariga kerak bo’ladigan: ovqat, kiyim, ish, oila, uy, sog’lik, quvonch va baraka beradi, abadiylik uchun kerak bo’lgan hamma narsani ham beradi! U ularga O’zining sodiqligini, ruhini, umidni va sevgisini beradi. U shogirdlarini barkamollik sari yetaklaydi (Matto 5:48). U suruvini Otasiga olib boradi.

Iso suruvini hamma vasvasadan va quvg’indan asraydi. U ularga har doim sodiqdir. Hech kim Uni yo’lini hamma paytda to’xtatolmaydi. Uning suruvi suruv tartibiga asosan birga bog’lanmaganlar, aksincha Muqaddas Ruhning sevgisiga binoan bog’langanlar. U hamma izdoshlarini birga bog’laydi va bo’linish va mag’rurlikdan g’alaba qozonadi. Yaxshi Cho’ponning shaxsi suruvni butunligini ushlaydi.

Isoni O’zini Qurbon Qilishi

Iso ilohiy shafqatini qoylari uchun O’zini fido qilishini uch marta va’da berish bilan ko’rsatgan (Yuhanno 10:11-17). Iso O’zining suruvi uchun boshqani o’rniga o’lishi bilan yolg’iz yaxshi Cho’ponligini hamma ko’roladi.

Iso pul uchun ishlagan yollanmachi bo’lmagan. Uni ishi qanchadir vaqtdan keyin tugamadi. U izdoshlari bilan ertayu kech birga bo’ldi. Hatto bugun U uxlamaydi yoki mudramaydi. U hindlarning butlarini ularni ulug’lovchilarning muxtojliklariga jalb qilish maqsadida turg’izdirish uchun do’mbiralar urilishi kerak bo’lgan butlarga o’xshamaydi. Iso izdoshlari uchun har doim tayyordir. U yaxshi havoda va bo’ronda, issiqda va sovuqda, iqtisodiy tanqislik va kasallikda ularga g’amho’rlik qiladi. U O’zini va foydasini o’ylamaydi, aksincha ularga to’liq sodiqlik bilan suruviga imon beradi. Chunki suruvi Uning qurbonligini tushungan, U ularni qayerga boshlasa shartsiz Unga ergashadilar. Qo’ylar Unga hamma vaqt butunlay ishonadilar.

Xavf paytida yollanmachi bilan yaxhsi Cho’pon orasidagi farq ko’rinadi. Yollanmachi bo’ri kelishini ko’rishi bilan qochib ketadi. Yollanmachi xavf paytida o’zini o’ylaydi va suruvni tashlab ketadi. Yollanmachi qo’ylar uchun jonini fido qilmaydi, aksincha o’zi tirik qolishi uchun qo’yni qurbon qiladi. Bo’ri qo’yni tilka pora qilayotgan paytida yollanmachi o’zini hayotini asraydi.

Iso boshqacha edi. U boshidan qo’ylar uchun jonini fido qilishga tayyor edi. U shogirdlari va izdoshlari uchun qurbon bo’lgan odam bo’ldi. U suruv marhamatda bo’lishi uchun inson qiyofasiga kirib Muqaddas qurbonlik bo’lib so’yildi. Shuning uchun Uni Otasi sevadi, chunki U hayotini qo’ylari uchun berdi (Matto 3:13-17, Yuhanno 1:29).

Iso Xudoning dushmanini biladi. Iso uni bo’riga taqqoslaydi. Bo’rilar o’ljasini pistirmada poylab odatda to’da bolib ov qiladilar. Bo’rilar sabr bilan suruv charchagunigacha ularni quvlaydilar. Oxirida ojizlarini parcha parcha qilib yeb yuboradilar.

Odatda bosh Bo’ri to’daning boshlig’idir. U boshqa bo’rilar bo’ysunadigan eng kuchli va aqlli bo’ridir. Iso uni suruvni parchalab yuborishni xohlovchiligini aytadi. Iso dushmanini shaxsan biladi. U uni cho’lda uchratgan va vasvasa vaqtida undan so’zi bilan g’alaba qozongan. Iso shaytonni bilgan va Rabbimiz ibodatida uni makkor va hamma makkor ishlarni sababchisi qilib ko’rsatgan. Shayton qo’ylarni o’ldirishidan oldin ularni buzuq zahar bilan to’ldirishni xohladi. Bu vampire (qonho’r) hamma yolg’onlarni, qanday qo’ylarni aldashni, nihoyat qo’ylarni halok qilishdan oldin ularni cho’pondan qanday ajiratishni biladi.

Lekin uni ayyorliklari unga ko’p yordam bermadi. Rabbiy suruvning birligini asrab qoldi va O’zining sevgisida va ruhining kuchida himoya qildi. Oxirida Bo’ri cho’ponni o’ldirmasa suruvni olib bo’lmasligini tushundi.

Kim Isoning bu payg’ambarlik matalini Isoning O’zini o’limi haqidaligini tushunishni xohlasa, Bo’ri hal qiluvchi vaqtda Cho’ponni o’ldirgani va Masihning suruvini tutib olishga shoshilganini tassavvur qiladi. Lekin Iso garchi Uni nima kutyotganini bilsa ham qochib ketmadi. U hayotini berishga kuchi bor edi. Uni majburlab olishmadi, O’zi xohlab berdi. U Uning o’limi Uning suruvini abadiy yashashi uchun kafolat bo’lishini bilardi. U Uning azobli qurbonligi va o’limi kerakligini bilgan.

Iso hamma bo’rilarning boshlig’i bosh Bo’riga qarshi chiqdi. Iso uni yengish uchun qurol ishlatmadi. Uning armiyasi haqiqat, sevgi, kamtarlik, imon, umid va samodagi Otasining to’liq xohishi bilimidan iborat edi.

Yovuz to’daning bosh Bo’risi yaxshi Cho’ponni maydalab yuborish uchun yugurdi. Hulosada u qo’ylarga bemalol erisha olmoqchi edi. Hech kim uni qo’ylarni birma ketin yeyishiga to’sqinlik qilmas edi.

Iso Shaytonni cho’ziluvchan qo’llari bilan ushlab oldi. Iso insonda xochni qiyofaladi. Bo’ri Unga sakraganda, Iso uni bo’ynidan ushlab oldi va ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bo’ri ahmoqlikda o’zini himoya qildi va yaxshi Cho’ponni o’ldiradigan qilib tishlashga harakat qildi. Ikkalasi ham yerga yiqildi. Bo’rining ochiq tomog’idagi tupurigi Rabbiyning yuziga tushdi. Yaxshi Cho’pon Xudoning dushmani bilan bo’lgan jangda yaralanib qonga botyotgan edi. Lekin u hali ham yovuzni ketishiga yo’l qo’ymadi. Suruvining dushmanini O’zining og’ir tanasi bilan ezib, O’zining qattiq qo’llari bilan mahkam ushlab, yovuzning ustiga tushib o’ldi.

Suruv sodiq Cho’ponlari o’lganda qo’rqib tarqab ketdi. Lekin hech qaysi qo’yni bo’ri urmadi. O’lgan Cho’pon ular uchun g’alaba qozondi va qo’ylar uchun hayotini berdi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:12 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)