Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 17 - Worship 6

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

6. Xushxabardagi Safar



Luqo 2:41-42 -- 41 Isoning ota-onasi har yili Fisih bayramida Quddusga borar edilar. 42 Iso o'n ikki yoshga to'lganda, ular yana odatdagiday bayram uchun Quddusga bordilar.
Yuhanno 7:2-37 -- 2 Yahudiylarning Chayla bayrami yaqinlashayotgan edi. 3 Shunday qilib, Isoning ukalari Unga: - Bu yerdan chiqib Yahudiyaga bor, qilayotgan ishlaringni shogirdlaring ham ko'rsin. … 10 Isoning ukalari bayramga borgandan so'ng, O'zi ham bordi; faqat ochiq emas, yashirincha bordi. … 14 Bayramning yarmi o'tganda, Iso ma'badga kirib ta'lim bera boshladi. … 37 Bayramning oxirgi, ulug' kunida Iso tik turdi-da, ovozini baland qilib xitob qildi: - Kim chanqagan bo'lsa, Mening oldimga kelib ichsin.
Yuhanno 11:55-56 -- 55 Yahudiylarning Fisih bayrami yaqin edi. Mamlakatning hamma yog'idan el-ulus bayramdan oldin poklanish uchun Quddusga borishardi. 56 Shu vaqtda Isoni izladilar. Ma'badda yig'ilib turganlar o'zaro: “Qanday o'ylaysizlar, U bayramga kelarmikan?” - deb so'rab-surishtirar edilar.
Yuhanno 12:12-13 -- 12 Ertasi kuni bayramga borgan ko'pchilik xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qolishdi. 13 Palma daraxti shoxlarini olib, Uni qarshi olishga chiqishdi.
Yuhanno 13:28-29 -- 28 Dasturxon atrofidagilardan hech kim nima uchun Iso bu so'zlarni Yahudoga aytganini tushunmadi. 29 Pul qutisi Yahudoda bo'lganligi sababli, ba'zilari Iso unga: “Bayram uchun bizga kerak bo'ladigan narsalarni sotib ol”, yoki “Kambag'allarga bir nima ber”, deyapdi deb o'yladilar.
Matto 26:3-5 -- 3 Shundan keyin oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar jamisi Kayafa ismli bosh oliy ruhoniyning hovlisida to'planishib, 4 Isoni hiyla bilan urib o'ldirishni o'zaro maslahatlashib oldilar. 5 Ular: “Bu ish faqat bayram kunlarida bo'lmasligi kerak, yana xalq g'alayon qilmasin”, - dedilar.
Yuhanno 4:20-45 -- 20 Ota-bobolarimiz bu tog'da topindilar. Ammo sizlar, topinadigan yer Quddusda, deysizlar. 21 Iso unga aytdi: - Menga ishongin, shunday vaqt keladiki, o'shanda Otaga na bu tog'da, na Quddusda topinasizlar. … 23 Biroq vaqt-soati bilan haqiqiy topinuvchilar Otaga Ruh va haqiqat bilan topinadilar, ana o'sha vaqt-soat keldi! Ota shu yo'sinda O'ziga topinuvchilarni izlaydi. 24 Xudo-Ruhdir, Unga topinuvchilar esa Ruh va haqiqat bilan topinmoqlari lozim.45 Jalilaga kelganda esa, aholi Uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Chunki ular Quddusdagi bayramga borganlarida, u yerda Isoning butun qilgan ishlarini ko'rgan edilar.

Hulosa

Yoqubning bolalari Muso Qonunining ikta lavhasini o'z ichiga olgan Ahd Sandig'i to'lov qal'asida zohir bo'lganiga ishonadilar. Bu joyda odamlar, ruhoniylar va hatto butun xalq sanoqsiz qurbonliklar orqali ma'badda Xudo bilan yarashganlar. Ahd Sandig'i xalq cho'lda qirq yil sarson bo'lib yurgandan keyin Shilohga qo'yilgan. Falastinliklar Shilohga hujum qilishgan va Ahd Sandig'i o'g'irlangan narsa kabi ularning qo'llariga tushgan (1 Shohlar 4). Lekin ular buni Isroilga qayta jo'natganlar. Bu Sandiq birinchi Betshemeshga olib kelingan. Bu Sandiq Eramizdan Oldin 1000 atrofida Dovud shoh uni Quddusga olib kelgunicha yillar mobaynida e'tiborsiz qolgan (2 Shohlar 6). Bu kundan buyon, Sandiq Eski Ahd xalqining sajda qilish markazi bo'ldi. Xalqlarning bolalari Ahd Xudosidan kuch, himoya va boshqaruv olish uchun va Muso Qonuniga bo'lgan bag'ishlanishlarini tasdiqlash uchun To'lov kunini va Chodir Kunini Fisih kabi bayramlarida har yerdan kelishgan. Ular odamlar orasida qurbonliklarning boshqa hamma markazlarini bekor qilishlariga to'g'ri keldi.

Iso vaqtida o'zlarini bag'ishlagan Yahudiy oilalari urf-odatga ko'ra Quddusda Fisih bayramiga borganlar. Iso Yahudiy bo'lish uchun o'rtacha yoshga yaqinlashib o'n ikki yosh bo'lyotgan edi. Shunda U ota-onasi bilan Quddusga Yahudiylarning ziyoratiga bordi va Quddusda yillik Fisih bayramini bajardi. Birinchi joy biz Iso Quddusda yangi qonunni o'rgatgan, kasallarga shifo bergan va Xudo shohligining kelishini e'lon qilgan ma'bad ekanligini topamiz.

Isoning O'zi Fisihning to'liqligi edi. Hatto havoriy Pavlus Yahudiy ziyoratlarining qoidalarini hurmat qilgan (Havoriylar 20:16; 21:24-26). Lekin Iso bu dunyoning gunohlarini olib, O'zining imonlilarini Ota Xudo bilan yarashtirib, Masihning jamoatiga Muqaddas Ruhni yog'dirgandan keyin barcha bu ziyoratning talablari va holatlari bartaraf bo'lgan. Stefan Xudo qo'l bilan qurilgan ma'badda yashamasligini balki U azizlarining yuraklarida yashashligini aytgan, chunki ular har doyim va har joyda Xudoning ma'badidirlar. Bu yarashuv xochda natijasini topdi, va Xudo Isoning sevadiganlarning yuraklarida zohir bo'ldi (Yuhanno 4:21-24). Masihiylarning birligi yer yuzining barcha yerida, Najodkorlariga ishonadiganlarda yashaydigan Muqaddas Ruh qayerda bo'lsa, o'sha yerda natijasini topdi. Shuning uchun, Yangi Ahdda hech qanday ziyoratga, urf-odatga hos yurish, yoki har qanday turdagi umumiy tashkilot uchun muhtojlik yo'qdir, chunki Masih jamoatining boshidir, va bizlar Uning ruhiy badanimiz. Bizda biror joyga borish uchun hech qanday giografiyaga oid holatga muhtojligimiz yo'q, chunki U hamma yerda biz bilan hozir. U avvaliyu oxiridir. U ikkinchi kelishida barcha haqiqiy ziyoratda Uning oldiga shoshadi. Unga ishonadigan kishi Xudoning ulug'vorligini ko'radi, bayon qilingani kabi: “Mana, Xudoning makoni insonlar aro! Xudoning O'zi odamlar ichra yashar. Ular Xudoning xalqi bo'lgay.” (Vahiy 21:3)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)