Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 15 - Worship 4

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

4. Yangi Ahdga Ko'ra Ro'za Tutish



Matto 4:1-4 -- 1 O'shanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi. 2 U qirq kun va qirq kecha ro'za tutib, oxiri och qoldi. 3 Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib Unga: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi. 4 Iso unga javoban dedi: - Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”, deb yozilgan.
Matto 6:16-18 -- 16Ro'za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq osiltirib yurmanglar. Ular ro'za ekanlarini odamlarga bildirish uchun o'zlarini avzoyi buziq qilib ko'rsatadilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar. 17 Lekin sen ro'za tutganingda, o'zingni yuvib-tarab yurgin, 18 toki ro'za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo'lgan Otangga oshkor bo'lsin. Yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang asa seni aniq taqdirlaydi”.
Matto 9:14-17 -- 14 U vaqt Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib so'radilar: - Bizlar va farziylar ko'p ro'za tutamiz-u, Sening shogirdlaring-chi, nega tutmaydilar? 15 Iso ularga dedi: - Kuyov davrada bo'lgan vaqtda to'y ahli aza tutarmikin? Biroq kuyov ulardan judo bo'ladigan kunlar keladi, ana o'shanda ro'za tutadilar. 16 Hech kim eski kiyimga yangi matodan yamoq solmaydi. Chunki yangi yamoq eski kiyimdan so'kilib, kiyimni battar sitib yuboradi. 17 Shuningdek, yangi sharobni ham eski meshga qo'ymaydilar chunki eskining tagi tushadi, sharob to'kiladi va mesh ham nobud bo'ladi. Aksincha, yangi sharobni yangi meshga quyadilar, u ham, bu ham saqlab qolinadi.
Matto 17:21 -- Biroq bu toyifa jinlar ibodat va ro'zadan boshqa narsa bilan chiqmas.
Matto 16:24-25 -- 24 Keyin Iso O'z shogirdlariga dedi: - Agar kim Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin va o'z xochini ko'tarib, orqamdan yursin. 25 Kim o'z jonini ayamoqchi bo'lsa, uni yo'qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo'qotsa, jon topadi.
Matto 19:21-22 -- 21 Iso unga: - Agar komil bo'lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi. 22 Yigit bu so'zlarni eshitib, qayg'u ichida u yerdan chiqib ketdi. Chunki uning pul-dunyosi ko'p edi.
Matto 8:19-22 -- 19 Shu vaqtda bir ulamo Unga yaqinlashib: - Ustoz, qayerga borma, men Sening orqangdan yuraman,- dedi. 20 Iso unga: - Tulkilarning inlari bor, osmon qushlarining uylari bor. Lekin Inson O'g'lining bosh suqadigan joyi yo'q, - dedi. 21 Shogirdlardan boshqa biri Isoga: - Hazrat, oldin borib otamni ko'mib kelishimga ijozat ber, - dedi. 22 Lekin Iso unga: - Sen Mening orqamdan yur, O'liklarni qo'y, ularni o'zicha o'lik bo'lganlar ko'msin, - dedi.
Luqo 6:20-23 -- 20 Iso ko'zlarini shogirdlariga tikib, dedi: “Ey kambag'allar, saodatlisiz! Chunki Xudoning Shohligi siznikidir. 21 Ey hozir och-yupunlar, saodatlisiz! Chunki siz to'q bo'lajaksizlar. Ey hozir yig'layotganlar, saodatlisiz! Chunki sizga sevinch kulgisi kelur. 22 Inson O'g'liga yon bosganingiz uchun odamlar sizdan nafratlansa, jamiyatdan quvg'in qilib, haqorat qilsa, nomingizga dog' tushirib etsa badnom, siz baribir saodatmandsizlar! 23 O'sha kunda sevining, sevinchdan o'ynanglar! Zero sizga samo mukofoti buyuk bo'lur. Payg'ambarlarga ham atolari shu yo'lni tutgan.
Matto 20:25-28 -- 25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: - Bilasizlarki, dunyo xalqlari ustidan saltanatli podshohlar bor, el ustidan otabeklar hokimlik qiladi. 26 Ammo sizning orangizda bunday bo'lmasin. Orangizda kim katta bo'lishni istasa, sizga xizmatkor bo'lsin. 27 Orangizda kim birinchi bo'lishni istasa, sizga qul bo'lsin. 28 Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.
Matto 23:12 -- Zero kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, ulug'lanadi.
Matto 26:40-44 -- 40 U shogirdlarining yoniga qaytib kelganida, ularni uxlab yotgan holda ko'rdi va Butursga dedi: - Demak, sizlar Men bilan loaqal bir soatga uyg'oq tura olmadinglar. 41 Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo'lib, ibodat qila turinglar. Ruh tetik, tana esa zayifdir. 42 Iso ikkinchi marta borib: - Ey Otam! Agar bu qismat Meni damiga olmay o'tib ketishi mumkin bo'lmasa, mayli Sen xohlagandek bo'lsin, - deb ibodat qildi. 43 U qaytib kelib, shogirdlarini yana uxlab yotgan holda ko'rdi. Ularning qovoqlari salqigan edi. 44 Iso ularni qoldirib, yana uzoqlashdi va o'sha so'zlarni takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi.
Yuhanno 19:28-29 -- 28 Shundan keyin Iso endi hammasining amalga oshganini ko'rdi. Zabur oyati bajo bo'lsin deb, U: - Chanqadim! - dedi. 29 Bu yerda sirka to'la bir idish turgan edi. Askarlar sirkaga shimgichni botirdilar-da, nayning uchiga ilib, Isoning og'ziga olib bordilar.

Hulosa

Musulmonlar Musulmon oyi kalendarining to'qqizinchi oyida, quyosh porlaganda, Ramazonda ro'za tutadilar. Ular ba'zan qonundan gunohlari uchun qo'shimcha ravishda yaxshilik qilish uchun har hil vaqtlarda ro'za tutadilar. Biroq, ularda kechqurun yeyish, ichish va o'zlarini quvontirish uchun huquq bor.

Urf-odatni qattiq ushlaydigan Yahudiylar o'zlarining gunohlari va xalqlarining gunohlari uchun (bu ro'za tutish Tavrot orqali faqat birga qo'shilib) o'zlarining qurbonliklari orqali ahd Xudosi bilan yarashishni istab, afsuslanish belgisi kabi Yarashuv Kunida (To'lov Kuni) yigirma to'rt soat muvaffaqiyatli ro'za tutadilar.

Bir tomondan O'rta Sharqdagi Katolik jamoatlari va Sharqiy Dindor jamoatlar Masihning tug'ilishi va Tirilish kuni oldidan bu bayramlar uchun tayyorgarlik ko'rishda aniq yo'llar bilan ro'za tutishadi va o'tgan yilda qolib ketgan ro'zadan o'zlarini ozod qilish uchun ham ro'za tutishadi. O'rta Sharqdagi bu ro'za tutish dinning asosiy qismi ekanligi namoyon bo'ladi. Ba'zi mamlakatlarda, jamiyat ichida yeb ichgan kishi uch oyga zindonda saqlanar ekan. Ba'zan u kishini kuzatuvchilar zo'rlik bilan urib, hatto o'limgacha olib borishar ekan.

Iso shogirdlariga ro'za tutishni yoki ro'za tutish uchun aniq bir qonunni qo'ymagan, lekin U jamiyatda ro'za tutayotganlarini ko'rsatadiganlarning ikkiyuzlamachiligini olib tashlashni xohlagan. Masihiylar kechirimni olish uchun ro'za tutmaydilar, chunki Xudoning Qo'zisi allaqachon ularning gunohlarini va dunyoning hamma gunohini bir marta va abadiy kechirgan. Agar masihiylarning ba'zilari chin ko'ngildan ro'za tutsalar, bu ularga ibodatlariga javob olishlariga xizmat qiladi va ularning so'rovlari ruhda, qalbda va tanada samimiy bajarilganini ko'rsatadi. Bu shubhasiz haqiqatdir, chunki ro'za tutish kasallikdan shifo topish uchun va nopok ruhlardan ozod bo'lish uchun ibodatga javob olish uchun muhimdir. Biroq, shunday ro'za gunohning kechirimini olish uchun maqsad qilinmagan, chunki bu to'lov xochda barcha uchun Iso orqali natijasini topgan.

Kitobiycha ro'za tutish o'zligimizdan kechishga va gunohdan tiyilishga maqsad qilinadi. Mag'rurlik, o'ta tasirchanlik, hasad, tashvishlanish, umidsizlik, yarashish uchun tayyorsizlik, yolg'on gapirish, lof urish, shubha, ishonmaslik, hirs, ayyorlik, ikkiyuzlamachilik, dangasalik va mensimaslik: bu narsalarning hammasi Masihning izdoshlarining hayotida Iso Masih orqali Uning qoni orqali kechirimda va Muqaddas Ruhning kuchida yengilishi kerak. Xudo iliqlikka yoki o'z-o'ziga achinadigan Masihiylikka ruhsat bermaydi, balki U bizdan o'zimizdan kechib xochimizni olib Unga ergashishimizni kutadi. Bu ruhiy ro'za turish qalbimiz uchun ozodlikni va Uning inoyati va qudrati orqali butun hayotimizning muqaddasligini ko'rsatadi. Biz hammamiz tabiatdan takabburlarmiz, lekin Xudo bizni abadiy sevgisining xizmati uchun ozod qildi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)