Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 14 - Worship 3

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

3. Ibodat



Matto 6:5-13 -- 5 “Ibodat qilayotganingizda, odamlarga ko'rinish uchun ibodatxonalarda va ko'cha burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi ko'radigan ikkiyuzlamachilarga o'xshamanglar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlariga yarashasini olib bo'ldilar. 6 Sen esa ibodat qilayotganingda o'z hujranga kir va eshikni berkitib, yashirin bo'lgan Otangga ibodat qil. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqtirlaydi. 7 Ibodat qilayotganingizda, majusiylar kabi ortiqcha so'zlarni takrorlab turmanglar. Ular ko'p so'zlasam, ibodatim ijobat bo'ladi, deb o'ylaydilar. 8 Ularga o'xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so'rashingizdan oldin biladi. 9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar:
Bizning osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas isming ulug'lansin.
10 Sening Shohliging kelsin.
Osmonda bo'lgani kabi
Yerda ham Sening irodang bajo kelsin.
11 Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.
12 Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek,
Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin,
Ammo yovuz shaytondan xalos qilgin.
[Saltanat, kuch-qudrat va shoh-shuhrat to abad Senikidir. Omin]
Matto 7:7-11 -- 7So'rab turing, sizga beriladi. Izlab turing, topasizlar, Taqillatib turing, sizga ochiladi. 8 Chunki har bir so'ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar. 9 Orangizda bir kimsa bormi, o'g'li undan non so'raganda, unga tosh bersa? 10 Yoki baliq so'raganda, unga ilon bersa? 11 Sizlar yovuz bo'laturib, bolalaringizga yaxshi hadyalar berishni bilsangiz, boz ustiga osmondagi Otangiz Undan so'raganlarga mo'l-ko'l ne'matni beradi!
Matto 14:23 -- U xaloyiqni jo'natib bo'lganidan keyin, tanho O'zi ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. Kech kirganda, u yerda yolg'iz O'zi qoldi.
Matto 18:18-20 -- 18 Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimaiki bog'lasangizlar, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida nimaiki yechsangizlar, osmonda ham yechilgan bo'ladi. 19 Sizlarga yana shuni ham aytay: agar yer yuzida sizdan ikki kishi yakdil bo'lib, qandaydir bir narsani so'rashsa, Mening osmondagi Otam ularning tilagini bajaradi. 20 Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig'ilsa, Men shu yerda ularning o'rtasida bo'laman”.
Matto 21:12-14 -- 12 Iso Xudo ma'badiga kirib, ma'badda oldi-sotdi qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini ag'darib yubordi. 13 Iso ularga: -Tavrotda: “Mening uyim ibodat uyi atalgay”, - deb yozilgan. Sizlar esa uni qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboribsizlar! 14 Ma'badda Isoning oldiga ko'rlar va cho'loqlar keldi. U esa ularga shifo berdi.
Matto 21:21-22 -- 21 Iso ularga javoban: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Agar ishonchingiz qat'iy bo'lib, shubhalanmasangiz, bu anjir daraxti bilan sodir bo'lganni ado etish u yoqda tursin, hatto bu toqqa: “Ko'taril-da, dengizga otil”, - desangiz, aytganingiz bo'ladi. 22 Sizlar ibodat qilib, ishonch bilan nimaiki so'rasangiz, erishasizlar.
Matto 26:40-41 -- 40 U shogirdlari yoniga qaytib kelganida, ularni uxlab yotgan holda ko'rdi va Butrusga dedi: - Demak, sizlar Men bilan birga loaqal bir soatga uyg'oq tura olmadilaring. 41 Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo'lib, ibodat qila turinglar. Ruh tetik, tana esa zayifdir.
Matto 19:14-15 -- 14 Iso dedi: - Bolalarni qo'yinglar, Mening oldimga kelishlariga to'sqinlik qilmanglar. Zero Osmon Shohligi shundaylarnikidir. 15 Ularning peshanalarini silab, u yerdan jo'nab ketdi.
Matto 11:25-26 -- 25 O'sha vaqtda Iso so'zini davom ettirib dedi: “Ey Ota, yeru ko'k Hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go'daklarga ma'lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman. 26 Ha Ota, Sening ezgu xohishing shunday edi.
Yuhanno 11:41-44 -- 41 Shunday qilib, marhum yotgan g'or og'zidan toshni ko'tarib oldilar. Iso esa osmonga ko'z tikkancha: - Ey Ota! - dedi, - Meni eshitganing uchun Senga tashakkur bildiraman. 42 Sen Meni doimo eshitishingni bilaman-u, lekin bu so'zlarni shu yerda turgan xalq uchun, ular Meni Sen yuborganingga ishonsin deb aytdim. 43 Shunday dedi-yu, baland ovoz bilan xitob qildi: - Lazar, tashqariga chiq! 44 Shu payt qo'lu oyoqlari doka bilan bog'langan, yuzi ro'mol bilan o'ralgan jasad chiqib keldi. - Uni yechintirib, qo'yinglar, ketaversin, - dedi Iso odamlarga.
Yuhanno 17:1-26 -- 1 Shu gaplardan keyin Iso ko'zlarini osmonga tikib, dedi:

Ey Ota! Vaqt-soati keldi. O'g'ling Seni ulug'lash uchun Sen ham O'z O'g'lingni ulug'lagin. 2 Sen Unga butun bashariyat ustidan hokimlikni berding; Sen Unga bergan odamlarning hammasiga U abadiy hayot ato qiladi. 3 Abadiy hayot esa Seni – tanho haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib bilishdan iboratdir. 4 Sen Menga topshirgan vazifani Men ado etib, yer yuzida Seni ulug'ladim. 5 Dunyo yaratilishidan avval Men Sening huzuringda ulug'vor edim. Endi, ey Ota, O'z huzuringdagi o'sha ulug'vorlikni Menga tag'in ato etgin. 6 Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular esa Sening kalomingga amal qildilar. 7 Ular endi tushunib oldilar: Sen Menga nima bergan bo'lsang, hammasi Sendan ekan. 8 Menga bergan kalomlaringni ularga topshirdim. Ular esa kalomlaringni qabul qilib, Men Sening huzuringdan chiqqanligimni chinakkamiga tushundilar, Meni Sen yuborganingga ishondilar. 9 Men ular uchun so'rayman; dunyo uchun emas, balki Menga berganlaring uchun so'rayman. Chunki ular Senikidir. 10 Zotan Meniki bo'lgan hamma – Seniki, Seniki esa Menikidir. Shu tariqa Mening ulug'vorligim ular orqali zohir bo'ladi. 11 Bundan so'ng Men bu dunyoda bo'lmayman, Sening huzuringga qaytyapman. Ular esa bu dunyoda qoladilar. Ey muqaddas Ota! Menga kimni bergan bo'lsang, O'z noming bilan asrab qolgin, toki ular ham bizday bir bo'lsinlar. 12 Men ular bilan bo'lganimda, Sening noming bilan ularni asrar edim. Ha, Menga bergan odamlarning hammasini omon saqladim. Faqat oyat bajo bo'lsin deb, peshanasiga halokat yozilgan odamdan boshqa ulardan hech kim halok bo'lmadi. 13 Endi esa Sening oldingga boray deb turibman. Mening shodligim ularga o'tib dillarini butunlay to'ldirsin, deb bularni hali dunyoda bo'lganimda aytyapman. 14 Men ularga Sening kalomingni topshirdim. Dunyo esa ulardan nafratlandi. Chunki Men dunyodan bo'lmaganim kabi, ular ham dunyodan emaslar. 15 Endi ularni dunyodan olishingni emas, balki yovuz shaytondan saqlashingni so'rayapman. 16 Men bu dunyodan bo'lmaganim kabi, ular ham bu dunyodan emaslar. 17 Ularni haqiqating bilan muqaddas qilgin. Sening kaloming – haqiqatdir. 18 Sen Meni dunyoga yuborgan eding, Men ham ularni dunyoga yubordim. 19 Ular haqiqiy muqaddas bo'lsin deb, Men O'zimni ular uchun bag'ishlayman. 20 Men faqat ular uchungina so'ramayman, balki gapi bo'yicha Menga imon keltiradiganlar uchun ham so'rayman: 21 Hammalari bir bo'lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo'lganimizga o'xshab, ular ham Bizda hozir bo'lib, bir bo'lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganingga inonsin. 22 Menga ato qilgan ulug'vorligingni ularga berdim, toki biz bir bo'lganimizdek, ular ham bir bo'lishsin. 23 Sen Menda, Men esa ularda hozir bo'lib, mukammal birlikka erishsinlar. Natijada, dunyo Meni Sen yuborganingni tan olsin, Meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo bilsin. 24 Ey Ota! Sen Menga bergan odamlar Men bilan bir joyda bo'lishni xohlayman. Sen Menga ato qilgan ulug'vorlikni ular ham ko'rib tursin, dunyoni yaratmasdan avvaloq Sen Meni qanday sevganingni ular bilsin. 25 Ey odil Ota! Dunyo Seni bilmasa ham, Men Seni bilaman. Bular ham Meni Sen yuborganingni bilib oldilar. 26 Sening nomingni ularga bildirganman va yanada bildiraman. Menga bog'lagan muhabbating ulardan o'rin olsin, Men ham ulardan o'rin olayin”.

Hulosa

Islomda, barcha Musulmonlardagi burch kabi ibodatdan quvonishadi. Musulmon kishi vaqtlariga ko'ra beshta ibodatlarni bajarishi kerak va urf-odatga ko'ra yozilgan so'zlarni takrorlashi kerak. U turib ibodat paytida aytilgan so'zlar bilan birga tizza cho'kadi. Va u kishi beshta ibodati mobaynida 17 rak'aatni (ibodat turlari) o'qiydi va kunda 34 marta Xudo oldida yerga muk tushib, sajda qiladi.

Biroq, Masihiylikda, ibodat diniy burch emas, balki bu yorliqdir. Bizga Xudoning bolalari kabi, har doyim ibodatda Otamiz Xudoga kelish uchun va Unga hamma narsalarimizni va muhtojliklarimizni aytish uchun huquq berilgan. Odatda Masihiycha ibodat so'rovlarni, iltijolarni, tashakkurlarni, hamdu-sanoni, tan olishni va Sevgi Xudosiga yurakning sirlarini ko'rsatishni o'z ichiga oladi.

Iso bizga biz yaqinlarimiz va o'zimizning atrofimizda o'zimiz aylanmasligimiz uchun bir qulay misol kabi Rabbiyning Ibodatini aytdi. U bizdan O'zinikiga ko'ra ibodatlarimizni va so'rovlarimizni moslashtirishimizni buyurgan. Shuning uchun, biz samoviy narsalar birinchi Xudoga sajda bilan kelishi va Uning shohligi kelishi uchun o'tinish, va Uning irodasi bajo bo'lishi haqidagi so'rovlarni topamiz. Keyin faqat o'zimiz uchun emas, balki och birodarlarimiz uchun ham kunlik nonimiz uchun talab keladi. Bu birlashgan ogohlik ham gunohlarimizni tan olishimizni va bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirishimiz uchun tayyorligimizni shakillantiradi. Bundan keyin biz qo'rg'onimiz Masihdagi himoyani izlashimiz uchun bizni iblisning yolg'onidan va yo'llarimizni egrilikdan bizni saqlash uchun talablar keladi. Oxirgi ulug'vorlik, va “Omin” so'zi Rabbiyning Ibodatini yopishi bizni yana bir bor biz o'zimiz haqida keragidan ortiq qayg'urmasdan, balki samoviy Otamiz bizni eshitib javob berishiga ishonch hosil qilishimiz uchun o'zlikdan samoviy ishlar tamon yetaklaydi.

Ibodat qalbning xo'rsinishiga o'xshaydi. Inson ibodatsiz ruhiy kuchsiz yoki gunohdagi o'lik bo'lib ko'rinadi. Siz haqiqatdan ibodat qilasizmi? Yoki Xudoning ruhi sizda ibodat qiladimi? Qayerda insonda Muqaddas Ruh yashasa, U Ota Xudo bilan gaplashish uchun unga dalda beradi va unga sevgi va hurmat bilan olingan so'zlarni aytishga yordam beradi. Ruh bizda shunday deb hayqiradi: “Aziz, Ota”. (Rimliklarga 8:15)

Iso bizga Rabbiy Ibodatini bajarishni, uni takrorlashni, gapirganlarimiz haqida o'ylashni va so'ragan narsalarimizga ishonishni buyurgan. U bizga hosil ko'p, lekin yumushchilar oz ekanini ochib bergan. “Shuning uchun O'z hosilingni yig'ib-teradigan yumushchilar yubor, deb hosil Egasiga iltijo qilinglar.” (Matto 9:37-38)

Poklanganlarning ibodatlari Rabbiyning qo'lini harakatga keltiradi. Iso bizdan minnatdorchilik bu so'rashdan muhimroq ekanini bilib, so'rov va minnatdorchilik bilan ibodatlarimizni hadya etishimizni xohlaydi. Biz ibodatda Iso bilan va U orqali Otasi bilan a'loqada yashaymiz. Najodkorimiz bizga agar biz Uning ruhiga va irodasiga ko'ra so'rasak ibodatlarimizga javob berish uchun o'n ikki martadan ko'proq va'da bergan. (Matto 6:8, 7:7-11, 9:38, 18:19, 21:22, Mark 11:24, Luqo 10:2, 11:9-12, Yuhanno 14:13-14, 15:7.16, 16:24.26-27; vohokozo.)

Biz samoviy Ota aniq holatlarda ibodatlarimizga javob bermasligini topamiz. Bu holatlarning ba'zilari biz dushmanlarimizni to'liq kechirmaganimizda yoki Xudo oldida gunohlarimizni tan olmaganimizda va Uning kechirimini so'ramaganimizda; yana biz o'zimizni ha deb, boshqalarni esa nohaq deb o'ylab, mag'rurligimizcha qolganimizda nafrat va yarashish uchun tayyor emaslikdir. Hasad, o'jarlik, yolg'on, nohaqlik, ishonmaslik va shubha o'sganda, agar ibodatlarimizga javob olmasak, hayron bo'lmaymiz. Xudoning Ruhi buning hammasi Xudoga, Uning muqaddasligiga va sevgisiga zidma-zid ekanini ochib berishni xohlaydi. Azizlarning ibodatlari osmonda va yerda Xudo tomonidan qabul qilinib, javob berilishi uchun samoviy olov orqali hushboy tutatqilarning qurbongohida poklangani kabi, har bir ibodat Masining qonida faqat o'z sifatini topadi (Vahiy 8:3).

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)