Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 08 - Faith 4

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

4. Muqaddas Ruh Kim?



Matto 1:19-21 -- 19 Uning eri Yusuf esa solih odam bo'lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, yashirincha qo'yib yuborish niyyatida bo'ldi. 20 Buni o'ylab ko'rganidayoq, Xudovandning bir farishtasi tushida unga ko'rinib: “Ey Dovud o'gli Yusuf! - dedi, - Sen Maryamni o'zingga xotinlikka olishdan qo'rqma; chunki uning vujudodagi xomila Muqaddas Ruhdan paydo bo'lgan. 21 U o'g'il tug'adi va Uning ismini ISO qo'yasan, chunki U O'z halqini gunohlaridan qutqaradi.
Yuhanno 1:33 -- Men Uni bilmas edim. Lekin odamlarni suvga cho'mdirishga meni yuborgan Xudoning O'zi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo'nganini ko'rsang, bilginki, Muqaddas Ruhga cho'mdiruvchi O'shadir”, - degan edi menga.
Luqo 4:18-21 -- 18XUDOVANDNING Ruhi Menga yor. U Meni muqaddas moy-la moyladi, bechoralarga mujda yetkazmoq uchun, dilabgorlarga shifo bermoq uchun, asirga: ozod bo'lgil, Basirga: ochilsin ko'zing, demoq-chun, mazlumga erkinlikni e'lon etib, 19 Marhamat yili bo'lgay, demoq-chun, XUDOVAND Meni yubordi”. 20 Keyin Iso kitobni yopib, xizmatkorga berib, o'tirdi. Ibodatxonadagi barchaning ko'zi Unga tikildi. 21 Iso ularga so'zlay boshladi: - Sizlar eshitgan kalom shu bugun bajo bo'ldi, - dedi.
Yuhanno 6:63 -- Ruh hayot baxsh etadi, jism hech qanday foyda keltirmaydi. Mening sizlarga aytib kelyotgan so'zlarim ruhdir, hayotdir.
Yuhanno 3:5-6 -- 5 Iso javob berdi: - Senga rostini aytay: agar kim suvdan va Ruhdan tug'ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi. 6 Tanadan tug'ilgan tanadir, Ruhdan tug'ilgan esa Ruhdir.
Matto 5:3-4 -- 3 Ruhan kambag'al bo'lganlar baxtlidir. Chunki Osmon Shohligi ularnikidir. 4 Yig'layotganlar baxtlidir. Chunki ular tasalli topur.
Luqo 11:9-13 -- 9 Shunday qilib, Men sizga aytaman: so'rab turinglar, sizga beriladi. Izlab turinglar, topasizlar. Taqillatib turinglar, eshik ochiladi. 10 Chunki har bir so'ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar. 11 Orangizdagi qaysi bir ota, o'g'li undan non so'rasa, unga tosh beradi? Yoki baliq so'rasa, unga baliq o'rniga ilon beradi? 12 Yoki tuxum so'rasa, unga chayon beradi? 13 Shunday qilib, sizlar yovuz bo'laturib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera bilar ekansiz, samodagi Ota esa Undan so'raganlarga Muqaddas Ruhini berishi yanada shubhasizdir”.
Matto 6:8-11 -- 8 Ularga o'xshamanglar, chunki Otangiz nimalarga muhtojligingizni Undan so'rashingizdan oldin biladi. 9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug'lansin. 10 Sening shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo kelsin. 11 Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.
Yuhanno 14:16-18, 21-23, 26-27 -- 16Men Otamga murojaat qilaman va U to abad sizlar bilan qoladigan boshqa Yupatuvchini yuboradi. 17 Bu Yupatuvchi – Haqiqat Ruhidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko'radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doyim birgadir, U ichingizda yashaydi. 18 Sizlarni yetim qoldirmayman, yana oldingizga qaytib kelaman. 21 Kim Mening amrlarimni bilsa-yu, ularga amal qilsa, u Meni sevadi. Kim Meni sevsa, Otam ham uni sevadi. Men ham uni sevaman va O'zimni unga ko'rsataman” 22 Ishqaryot bo'lmagan boshqa Yahudo Isoga dedi: - “Rabbim, bu qanaqasi, Sen O'zingni dunyoga emas, bizga ko'rsatmoqchisan?” 23 Iso unga shunday javob berdi: - “Kim Meni sevsa, Mening so'zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning huzuriga kelib, O'zimizga maskan yaratamiz. 26 O'sha Yupatuvchi yani Mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruhning O'zi sizlarga hammasini O'rgatadi, Mening sizlarga aytgan hamma so'zlarimni U yodingizga tushuradi”. 27 “Men sizlarga tinchlik qoldiryapman; O'z tinchligimni sizlarga beryapman. Men bergan tinchlik dunyo bergan tinchlikka o'xshamaydi. Yuragingiz siqilmasin, hadiksiramanglar.
Yuhanno 20:21-23 -- 21 Iso yana ularga dedi: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! Otam Meni qanday yuborgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday yuboryapman. 22 Shunday deb, ularning ustiga pufladi va: - Muqaddas Ruhni olinglar, - dedi. 23 – Kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
Luqo 24:49 -- Endi Men Otamning bergan va'dasini sizlarga yuboraman. Ammo yuqoridan bu qudratni olmaguningizgacha, Quddus shahrida qola turinglar.
Havoriylar 1:4-5, 8 -- 4 Ularni to'plab, buyurib dedi: - Quddus shahridan ketib qolmanglar, balki Otamning bergan va'dasi amalga oshguncha u yerda kutib turinglar. Sizlar bu va'dani Mendan eshitgansizlar. 5 Yahyo payg'ambar odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgan, sizlar esa ko'p o'tmay Muqaddas Ruhga cho'mdirilasizlar.8 Lekin Muqaddas Ruh ustingizga tushib kelganda, sizlar quvvat olasizlar, Quddusda, Yahudiya bilan Samariyaning hamma joyida va hatto dunyoning eng olis yerlarida ham Mening shohidlarim bo'lasizlar.

Hulosa

Iso o'limi orqali bu dunyoni Xudo bilan yarashtirganda, kutib turgan imonlilarga bu inoyat yog'ilish uchun bu qurbonlikdan iloj topildi. Muqaddas Ruh Otaning Ruhi va O'g'ilning Ruhidir. U haqiyqiy Xudodan bo'lgan haqiqiy Xudodir. Uning O'zi abadiy hayotdir, tinchlik va Xudoning sevgisidir. U haqqoniydir. U birgalikda Muqaddas Xudodir. Agar kimdir Muqaddas Ruhni hali bilmagan bo'lsa yoki Uning mohiyatini tushunishga qobilyatsiz bo'lsa, u kishi Isoga qarasin, chunki U Muqaddas Ruhdan tug'ilgan va bu Ruh Unda inson qiyofasiga kirgan. Masihning hislati va tabiati batafsil Muqaddas Ruhning hislatini va tabiatini ochib bergan.

Otaning va'dasini kutgan va ibodat qilganlarga Muqaddas Ruhning yog'ilishi tufayli, Isoning izdoshlari Muqaddas Ruhning ma'badi bo'ldilar. Ular Xudoning O'g'liga, Uning yarashtirishiga va tirilishiga shohidlik keltirish uchun chaqirilganlar. Bu jamoat Masihning ruhiy badani yoki samoviy Otaning oilasi deb atalishidir. Tavba suvidan va hayot ruhidan tug'iladiganlarning hammasi Xudoning bolalari bo'lishgan, chunki ularning samoviy Otalari ularni asrab oldi. U ularni yangiladi va qonuniy bolalar kabi oldi. Inson fikri uchun Muqaddas Ruhga o'xshash mumkin emas chunki ruh va insonning ongi yaratilgan va o'tkinchi gunohkorlar, holbuki Ruh Xudoning ichki mohiyatidir. U barhayot, muqaddas va cheksizdir. Inson Xudoning inoyatisiz, ruhiy ko'r, gunohda o'lik, Ota va O'g'il va Muqaddas Ruhning bilimisiz qoladi. Ilohiy Ruh haqiqiy imonni, abadiy sevgini, umidning to'liq ishonchini va abadiy hayotdagi ishonchni o'rnatadi.

Muqaddas Ruh Ota va O'g'il bilan to'liq birlikda yashab ishlaydi. Uchchalasi sevgida, kamtarlikda va kuchda birdir. Otaning hokimyati Muqaddas Ruhda hozirdir. Biz buzuq insonlar poklanganimiz, jonlanganimiz va hayotning ulug' man'basiga jo'natilganligimiz qanday buyuk yutuq: Ota va O'g'il Muqaddas Ruhning kuchida.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)