Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 02 - Miracles of Christ

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari

B - MASIHNING MO'JIZALARI BILAN BIRLIKDAGI UNING AMRLARI



1. Ko'r Kishilar Shifo topdi

Matto 9:27-30 -- 27 Iso u yerdan jo'nab ketayotganida, ikki ko'r Uning orqasidan ergashgancha dod solib: - Ey Dovud O'g'li Iso, bizlarga rahm qil! - deb faryod chekishardi. 28 Iso uyga qaytanida, ko'rlar Uning yoniga kelishdi. Iso ulardan so'radi: - Men xohishingizni bajo qilishga kuchim borligiga ishonasizlarmi? - Ishonamiz, HAZRAT! - deb javob berishdi ular. 29 Shunda Iso ularning ko'zlariga tegib: - Sizning ishonchingizga yarasha bo'lsin, - dedi. 30 Shu bilan ularning ko'zlari ochilib ketdi. - Buni hech kim bilmasin, tag'in! - deb Iso ularga qattiq tayinladi.
Mark 8:22-26 -- 22 Iso Baytsayda qishlog'iga keldi. Uning oldiga bir ko'rni olib kelib, unga qo'l tegizishini so'rashdi. 23 Iso ko'rning qo'lidan ushlab, qishloq tashqarisiga olib chiqdi. Ko'zlariga tupurib, qo'llarini uning boshiga qo'ydi-da: - Biron narsa ko'ryapsanmi? - deb so'radi. 24 Ko'r boshini ko'tarib: - Odamlarni ko'ryapman, lekin ular menga yurayotgan daraxtlarday tuyulmoqdalar, - dedi. 25 Shundan keyin Iso qo'llarini yana ko'rning ko'zlariga tegizib, unga bir qarashni buyurdi. U ko'zlarini ochib qarasa, sog'ayib qolgan, hamma narsani aniq ko'rayotgan edi. 26 Iso uni uyiga jo'natarkan: - Qishloqqa kirma, [qishloqda hech kimga buni aytma,] - dedi.
Mark 10:46-52 -- 46 Ular Yerixo shahriga keldilar. Shahardan yana chiqib ketayotganlarida, Isoga O'z shogirlari hamda bir talay xaloyiq ergashib borayotgan edi. Yo'l chekkasida Timeyning o'g'li ko'r Bartimey sadaqa so'rab o'tirgan edi. 47 U nosiralik Iso o'tib ketayotganini eshitib: - Ey Dovud O'g'li Iso, menga rahm qil! - deb baqira boshladi. 48 Ko'p odamlar esa uni koyib, jim bo'lishga majbur qilishdi. Lekin u: - Ey Dovud O'g'li, menga rahm qil! - deb yana qattiqroq hayqirdi. 49 Iso to'xtadi va u odamni yoniga chaqirtirdi. Ko'rni chaqirgani borganlar unga: - Qo'rqma, o'rningdan tur, U seni chaqiryapdi, - deyishdi. 50 Ko'r to'nini yechib tashlab, o'rnidan turib ketdi-da, Isoning yoniga keldi. 51 Iso undan so'radi: - Sen Mendan nima istaysan? - Ustozim, ko'zlarim ko'rsin! - dedi ko'r. 52 Iso unga: - Bor, ishonching seni qutqardi, - dedi. O'sha zahoti ko'rning ko'zlari ochilib ketdi. U Isoning ortidan ergashib yo'l yurdi. (Matto 20:29-34; Luqo 18:35-43)
Yuhanno 9:1-7 -- 1 Iso o'tib ketayotganida, Uning ko'ziga bir tug'ma ko'r odam chalindi. 2 Shogirdlari Isodan: - Ustoz, buning ko'r bo'lib tug'ilishida kim gunohkor, o'zimi yoki ota-onasimi? - deb so'radilar. 3 Iso shunday javob berdi: - Bunda na o'zi gunohkor, na ota-onasi, balki Xudoning ishlari unda namoyon bo'lishi uchun u ko'r tug'ilgan. 4 Kun yorug' ekan, Meni Yuborganni ishlarini qilishim lozim. Ana tun kelyapdi, o'shanda hech kim ish qilaolmaydi. 5 Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman. 6 Iso bularni aytdi-yu, yerga tupurdi, tupikdan loy qilib, ko'rning ko'zlariga surtdi. 7Borib Siloam hovuzida yuvin, - dedi unga. (Siloam - “Yuborilgan” demakdir.) Ko'r odam borib yuvindi va ko'zi ochilib ketdi.

2. Shollarning Shifo Topishi

Matto 8:5-10,13 -- 5 Iso Kafarnahum shahriga kirib kelayotganida, bir yuzboshi Uning oldiga keldi va yolvorib: 6 - Hazrat, mening xizmatkorim uyda shol bo'lib g'oyat qiynalib yotibdi, - dedi. 7 Iso unga: - Men borib uni sog'aytiraman, - dedi. 8 Yuzboshi javob berib: - Hazrat! - dedi, - Kulbamga oyoq bosishing uchun men munosib emasman. Sen birgina so'z aytsang bas, xizmatkorim sog'ayib ketadi. 9 Chunki men ham buyruqqa tobe odamman, shuningdek, mening buyrug'imga bo'ysunuvchi askarlarim ham bor. Biriga “ket” desam, ketadi. Boshqasiga “kel” desam, keladi. Biron xizmatkorimga “shuni qil” desam, qiladi. 10 Iso buni eshitgach hayron qoldi. Orqasidan ergashib kelayotganlarga: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Men bunchalik buyuk ishonchni Isroyilning biron joyida ham topmadim. 13 Keyin Iso yuzboshiga: - Bor, sen ishonganingdek bo'lsin, - dedi. Yuzboshining xizmatkori esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi. (Luqo 7:1-10; Yuhanno 4:,46-53 ham qarang)
Matto 9:2-7 -- 2 Uning oldiga to'shakda yotgan bir odamni ko'tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko'rib, sholga: - Dadil bo'l, bolam, gunohlaring kechirildi, - dedi. 3 Shunda ulamolardan ba'zilari o'zlaricha: “Bu kufrlik qilyapdi-ku!” - deyishdi. 4 Iso esa ularning mulohazalarini payqab, dedi: - Nega sizlar ko'nglingizdan yomon fikrlarni o'tkazyapsiz? 5 “Gunohlaring kechirildi”, - deb aytish osonroqmi, yoki: “O'rningdan turib yuraqol”, - deb aytishmi? 6 Lekin Inson O'g'lining yer yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo'yinglar. Shundan so'ng Iso sholga qayrilib: - O'rningdan tur, to'shagingni olib uyingga ket! - dedi. 7 Shol esa o'rnidan turdi-da, to'shagini olib o'z uyiga ravona bo'ldi. (Mark 2:1-12; Luqo 5: 17-26)
Matto 12:10-16 -- 10 U yerda qo'li shol bo'lib qolgan bir odam bor edi. Isoni ayiblash maqsadida Uni so'roq qilishdi: - Shanba kunida kasalni davolash mumkinmi? 11 Iso ularga aytdi: - Sizdan qay biringiz bir qo'yi bo'la turib, agar qo'y shanba kuni bo'la turib chuqurga tushib ketsa, uni tortib chiqarmaydi? 12 Inson esa qo'ydan qanchalar ulug'! Shunga ko'ra, shanba kunida yaxshilik qilish mumkin. 13 Shunday qilib, Iso u odamga: - Qo'lingni uzat! - dedi. U esa uzatishi bilanoq, bu qo'li boshqa qo'liday soppa-sog' bo'ldi-qoldi. 14 Farziylar esa shu zahot tashqariga chiqib, Isoni yo'q qilishga til biriktirdilar. Iso buni bilib, u yerni tark etdi. 15 Tumonat xaloyiq Isoning ketidan ergashdi, U esa hamma kasallarni sog'aytirdi. 16 O'zini oshkor etmoqni ularga qat'iy man qildi. (Mark 3:1-6; Luqo 6:6-11)

3. Kar-Soqovlar Shifo Topishi

Matto 12:22-24 -- 22 Shundan so'ng Isoning oldiga jinga chalinib ko'r va soqov bo'lgan kishini keltirishdi. Isoning shifolashi tufayli uning tili ham chiqdi, ko'zi ham ochildi. 23 Bundan butun xaloyiq hayratlanib: “Bu Dovudning O'g'li – Masih emasmikan?” - dedi. 24 Farziylar buni eshitgach: “U ins-jinlarning boshlig'i – iblisning kuchi bilangina jinlarni quvib chiqaryapdi-ku”, - dedilar. (Mark 3:22-27; Luqo 11:14-23)
Matto 9:32-33 -- 32 U kishilar endi chiqib borayotganda, jin chalgan bir soqovni Isoning oldiga keltirishdi. 33 Iso jinni quvib chiqargandan keyin, soqov gapira boshladi. Xalq esa hayratda qolib: - Isroilda bunday hodisa hech qachon bo'lgan emas, - dedi.
Mark 7:31-37 -- 31 Iso Tir va Sido'n chegarasidan jo'nab, O'nket viloyatidan o'tib, yana Jalila ko'li bo'yiga keldi. 32 Isoning oldiga bir kar-soqovni keltirib, unga qo'l tegizishini so'rashdi. 33 Iso u odamni xaloyiq orasidan olib chiqarib chetga tortdi-da, barmoqlarini uning quloqlariga tiqib qo'ydi va tupurib tiliga tegizdi. 34 Keyin osmonga qarab, chuqur ho'rsindi-da, unga: - Effatah! - dedi. Bu so'zning tarjimasi “Ochil!” demakdir. 35 Shu onda u odamning quloqlari ochilib, tilga kirdi, ravongina gapira boshladi. 36 Iso u yerdagilarga, buni hech kimga aytmanglar, deb buyurdi. Biroq U odamlarga qancha man etsa ham, ular yanada ko'proq oshkor etishardi. 37 Ular haddan tashqari tong qolib: “U hamma narsani yaxshi qiladi, karlarni eshitadigan, soqovlarni gapiradigan qiladi”, - deyishardi.

4. Jin urgan Bolani sog'ayishi

Mark 9:14-29 -- 14 Iso qolgan shogirdlari yoniga qaytib kelgach, ularning atrofida ko'p xaloyiqni va ular bilan bahslashayotgan ulamolarni ko'rdi. 15 Xaloyiq Isoni ko'rishi bilanoq hammasi ajablanib ketishdi. Uning oldiga yugurib borib, salom berishdi. 16 Iso ulomolardan: - Ular bilan nimalar to'g'risida bahslashyapsizlar? - deb so'radi. 17 Xaloyiq orasidan kimdir javob berdi: - Ustoz! Men Sening oldingga o'g'limni olib keldim, mana uni tilsiz ruh urgan. 18 Yovuz ruh uni qayerda tutib olsa, yerga yiqitib sudraydi. Uning og'zidan ko'pik chiqadi, tishlarini g'ichirlatib qotib qoladi. Sening shogirdlaringga ruhni quvib chiqaringlar dedim, lekin ular eplasholmadi. 19 Iso bunga javoban: - Ey imonsiz avlod! Qachongacha sizlar bilan bo'laman? Qachongacha sizlarga chidayman? Oldimga keltiringlar bolani! - dedi. 20 Bolani Isoning oldiga keltirishdi. Yovuz ruh Isoni ko'rishi bilanoq, bolani qaltiratib tashladi. Bola yerga yiqildi-yu, og'zidan ko'pik oqizgancha ag'nab yotaverdi. 21 Iso uning otasiga qarab: - U bu ahvolga tushganiga necha vaqt bo'ldi? - deb so'radi. - Bolaligidan shunaqa. 22 Ruh uni halok qilmoqchi bo'lib ko'p martaba olovga, suvga tashladi. Agar qo'lingdan kelsa, bizlarga rahm qil, yordam bergin, - dedi. 23 Iso unga: - Qo'limdan kelsami? To'g'risi, sen bir oz bo'lsa ham ishona olsang edi...! E'tiqodli kishi hamma imkonga ega bo'ladi, - dedi. 24 Shu on bolaning otasi ko'z yoshi bilan hayqirib: - E'tiqod qilaman, Rabbiy! E'tiqodsizligimdan qutqargin! - dedi. 25 Xalq yugurishib yig'lilayotganini ko'rgan Iso yovuz ruhga do'q qilib: - Ey soqov va kar ruh, Men senga buyuraman: boladan chiq va qaytib unga kirma! - dedi. 26 Shunda ruh qattiq qichqirib yubordi-da, bolani shiddat bilan qaltiratib undan chiqib ketdi. Bola o'likday bo'lib qolganidan, ko'plar uni o'ldi deb aytishdi. 27 Lekin Iso uni qo'lidan ushlab ko'tardi, bola oyoqqa turdi. 28 Iso uyga kirdi. U yolg'iz ekan, shogirdlari Undan: - Nega biz jinni quvib chiqarolmadik? - deb so'radilar. 29 Iso ularga dedi: - Bu toifa jinlarni ibodatdan boshqa yo'l bilan quvib bo'lmaydi. (Matto 17:14-21; Luqo 9:37-42)

5. Yovuz Ruhli Odam Shifo topishi

Mark 5:1-13, 18-20 -- 1 Ko'lning nargi qirg'og'idagi Gadara yurtiga yetib kelishdi. 2 Iso qayiqdan tushishi bilanoq, yovuz ruhga chalingan bir odam qabrlar orasidan chiqib, Uni qarshiladi. 3 Turar joyi qabriston bo'lgan bu odamni hech kim hatto zanjir bilan ham bog'lay olmas edi. 4 Ko'p marotaba uni zanjiru kishanlar bilan bog'lagan bo'lsalar-da, ammo u zanjirlarni uzib, kishanlarni ham sindirib tashlar edi. Uni tiyish uchun hech kimning kuchi yetmas edi. 5 Doimo, kechayu kunduz qabrlarda, tog'larda baqirib yurar, o'zini toshlarga urib jarohatlar edi. 6 U Isoni uzoqdan ko'rib, yugurib keldi-da, Unga ta'zim qilib, 7 ovozi boricha baqirdi: - Ey Iso, Xudoyi Taolloning O'g'li! Men bilan nima ishing bor? Xudo haqi Senga yolvoraman, meni qiynama! 8 Chunki Iso unga: “Ey yovuz ruh, bu odamdan chiqib ket!” - deb buyurgan edi. 9 Iso undan so'radi: - Isming nima? - Ismim Tumonat, chunki bizlar ko'pchilikmiz, - javob berdi u. 10 O'zlarini bu yurtdan haydab chiqarmasligini Isodan ko'p yolvorib so'radi. 11 O'sha tog'ning yon bag'rida katta to'ng'iz podasi o'tlab yurgan edi. 12 Hamma ruhlar Isoga yolvorib: - Bizni shu to'ng'izlarga yuborgin, ularga qaraylik, - deyishdi. 13 Iso ularga ruhsat berdi. Yovuz ruhlar esa shu zahoti u odamdan chiqib, to'ng'izlarga kirib olishdi. Ikki mingga yaqin to'ng'iz podasi tik qiyalikdan ko'lga yopirilib, g'arq bo'ldi. 18 Iso qayiqqa tushdi. Jindan qutilgan odam Isoga ergashish uchun ruhsat so'radi. 19 Lekin Iso rozilik bermadi. - O'z uyinga bor, Rabbing senga nimalar qilganini, qanday rahm-shavqat ko'rsatganini o'z yaqyinlaringa gapirib ber, - dedi unga. 20 Shunda u kishi borib, O'nkent viloyatida Iso o'ziga nimalar qilganini targ'ib qila boshladi. Hamma ham hayratga tushdi. (Matto 8:28-34; Luqo 8:26-37)
Matto 15:21-28 -- 21 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido'n yurtiga ketdi. 22 O'sha tevarakdan kan'onlik bir ayol Isoni qarshilab: - Ey Hazrat, Dovudning o'g'li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapdi, - deb faryod chekdi. 23 Lekin Iso unga bir og'iz so'z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: - Uni qo'yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar. 24 Iso esa javob berib: - Men faqat Isroil xalqining adashgan qo'ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi. 25 Shunda ayol yaqinroq kelib: - Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi. 26 Iso: - Bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi. 27 Ayol: - Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham ho'jayinlarining dasturxonlaridan tushgan ushoqlarni yeydilar-ku! - dedi. 28 Iso buni eshitib, ayolga: - Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo'lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi. (Mark 7:24-30 ham qarang)

6. Turli-hil Kasallar Shifo Topishi

Matto 8:14-17 -- 14 Iso Butrusning uyiga kelganida, uning qaynonasi isitmalab yotganini ko'rdi. 15 Iso uning qo'liga tegishi bilan isitmasi tushdi. Ayol esa turib, Unga xizmat qila boshladi. 16 Kech kirishi bilan, jinga chalingan bir talay kishini Isoning oldiga keltirishdi. U so'z bilan yomon ruhlarni quvib chiqardi, dardga yo'liqqanlarning hammasini sog'aytirdi. 17 Shu tariqa Ishayo payg'ambarga vahiy bo'lgan ushbu oyat bajo keldi: “U bizning kasalliklarimizni ko'tardi, Dardlarimizni esa O'zi chekdi”. (Mark 1:29-34; Luqo 4:38-41 ham qarang)
Mark 5:25-34 -- 25 U yerda o'n ikki yildan beri qon ketishidan azob chekayotgan bir ayol ham bor edi. 26 U ko'p tabiblardan ko'p qiynalib, butun mol-mulkini sarf etgani bilan hech foyda ko'rmagan, aksincha ahvoli yanada og'irlashib ketgan edi. 27 Ayol Iso haqida eshitdiyu, xaloyiq o'rtasida orqa tomondan Unga yaqinlashib, kiyimiga qo'l tegizdi. 28 U o'zicha: “Agar kiyimiga bir tegib olsam bas, sog'ayib ketaman”, - deb o'ylagan edi. 29 U shunday qilishi bilanoq, qon ketishi to'xtadi. Ayol kasallikdan forig' bo'lganini o'z tanasida his etdi. 30 Iso esa shu onda O'zidan bir kuch chiqqanligini payqadi. U atrofdagi xaloyiqqa ko'z yugurtirib: - Mening kiyimimga kim tegdi? - dedi. 31 Shogirdlari Unga: - Xaloyiq Seni siqib turganligini ko'ryapsan-ku, va tag'in kiyimimga kim tegdi, deb so'rayapsanmi? - deyishdi. 32 Lekin Iso buni qilgan ayolni ko'rish uchun atrofga qarar edi. 33 Ayol o'ziga nima bo'lganini bilib, butun haqiqatni Unga so'zlab berdi. 34 Iso unga: - Qizim, ishonching seni qutqardi. Eson-omon borib, dardingdan forig' bo'lgin, - dedi.
Yuhanno 5:2-16 -- 2 Quddusning Qo'y darvozasi nomli kiraverishda yahudiycha Bayt-Hasda degan besh shiponli bir hovuz bor edi. 3 Bu shiponlarda ko'r, cho'loq, mayib-majruh juda ko'p bemorlar yotar, [suvning qimirlashini intizor bo'lib kutardilar. 4 Chunki Xudovandning bir farishtasi goh-goh hovuzga tushib, suvni harakatga keltirar edi. Suv qimirlashi bilan hovuzga birinchi bo'lib kim tushsa, har qanday xastalikdan xalos bo'lar edi.] 5 Bu yerda o'ttiz sakkiz yildan beri kasal bo'lib yotgan bir kishi bor edi. 6 Iso uning yotganini ko'rdi, uzoq vaqtdan beri hasta ekanini payqadi-da, - Sog'ayishni istaysanmi? - deb so'radi undan. 7 Bemor Isoga javob berdi: - Ha, Hazrat! Lekin suv qimirlaganda, meni hovuzga tushiradigan odamim yo'q. Men borgunimcha, boshqasi mendan oldin tushib oladi. 8O'rningdan tur, to'shagingni olib yur! - dedi Iso bemorga. 9 U esa shu ondayoq sog'ayib qoldi. To'shagini olib, yurib ketdi. U kun dam olish kuni edi. 10 Shuning uchun yahudiy mansabdorlari sog'ayib ketgan odamga: - Bugun dam olish kuni-ku, senga to'shagingni ko'tarish mumkin emas! - deyishdi. 11 – Meni sog'aytirgan Odam menga: “To'shagingni olib yur” , - deb ayti-da, - dedi u odam. 12 - “To'shagingni olib yur”, deb aytgan Odam kim? - deb so'radilar. 13 Shifo topgan odam esa Uning kimligini bilmas edi, u yerda xalq ko'pligidan Iso O'zini chetga olgan edi. 14 Keyinroq Iso u odamni ma'badda uchratib qoldi. - Mana, sen sog'ayding. Endi boshqa gunoh qilma, tag'in boshingga yanada yomon kun kelmasin, - dedi unga. 15 Bu odam borib, uni sog'aytirgan Iso ekanligini yahudiy mansabdorlariga xabar qildi. 16 Ular esa, dam olish kunida bunday ishlar qilib yuribdi, deb [Isoning joniga qasd qilib,] Uni quvg'in qila boshladilar.
Luqo 14:1-6 -- 1 Bir shanba kuni Iso farziylar mazhabi boshliqlaridan birining uyiga mehmonga bordi. Uni zimdan kuzatib turishardi. 2 Isoning oldida istisqo dardidan qiynalib yurgan bir odam paydo bo'ldi. 3 Iso uni ko'rishi bilan Tavrot tafsirchilari va farziylarga qayrilib: - Dam olish kunida kishini shifolash mumkinmi, yo'qmi? - deb so'radi. 4 Ular esa indamadilar. Iso bu odamni ushladi-da, shifolab, jo'natib yubordi. 5 So'ng din peshvolariga dedi: - Sizlardan kimningdir o'g'li yoki ho'kizi quduqqa tushib ketsa, shanba kuni bo'lishiga qaramay, darhol chiqarib olmasmidingiz? 6 Ular esa bu gapga biron javob topa olmadilar.
Luqo 13:10-17 -- 10 Shanba kuni Iso yahudiy ibodatxonalarining birida ta'lim berayotgan edi. 11 U yerdagi bir ayol o'n sakkiz yildan beri yomon ruhdan qiynalib og'rigan, ikki bukilgan, qaddini sira tiklayolmas edi. 12 Iso uni ko'rgach, yoniga chaqirib dedi: - Ey xotin, sen dardingdan halos bo'lding! 13 So'ng qo'llarini ayolning boshiga qo'ydi. Ayol qaddi tiklandi-qoldi, Xudoga olqishlar ayta boshladi. 14 Iso dam olish kuni ham shifolash bilan mashg'ul ekanini ko'rgan jamoaboshi achchiqlanib, jamoaga: - Ishlash uchun olti kun bor. Davolanmoqchi bo'lsangiz, shanbadan boshqa kun kelinglar, - dedi. 15 Rabbimiz Iso unga javoban dedi: - Ey munofiq! Shanba kuni bo'lishiga qaramay, har biringiz o'z ho'kiz yoki eshagingizni oxurdan yechib sug'organi olib bormaysizmi? 16 Shunga ko'ra, o'n sakkiz yildan beri shayton bog'lab qo'ygan, bobomiz Ibrohim qizi hisoblangan bu ayolni shanba kuni kishanlaridan ozod qilish o'rinli emasmi? 17 Isoning bu so'zlari Unga qarshilik ko'rsatganlarning hammasini uyatga qo'ydi. Butun xalq esa Iso bajaryotgan barcha ajoyib ishlarni ko'rgani sayin quvonar edi.
Luqo 22:47.50-51 -- 47 Iso hali bularni gapirib bo'lmasidan, bir olomon ko'zga ko'rindi. O'n ikki havoriydan Yahudo ismlisi oldinda kelayotib, Isoga yaqinlashdi-da, Uni o'pishga chog'landi. 50 Ulardan biri esa oliy ruhoniyning qarolini bir urib, o'ng qulog'ini uzib tushirdi. 51 Shunda Iso: - Qo'yinglar, bas! - dedi-da, qarolning qulog'iga qo'l tegizib asl holiga qaytardi. (Matto 26:51; Mark 14:47; Yuhanno 18:10 ham ko'ring)

7. Moxovlarning Shifo topishi

Matto 8:2-4 -- 2 Iso tog'dan tushgach, tumonat xaloyiq Uning orqasidan ergashdi. Shu o'rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: - Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, - dedi. 3 Iso qo'lini uzatdi va unga tegizib: - Istayman, pok bo'l! - dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig' bo'ldi. 4 Iso unga: - Ehtiyot bo'l, buni hech kimga aytma. Lekin borib, o'zingni ruhoniyga ko'rsat va sog'ayganingni tasdiqlagin, Muso payg'ambar buyurgan qurbonlikni keltirib ber, - dedi. (Mark 1:40-44: Luqo 5:12-15 ham ko'ring)
Luqo 17:12-19 -- 12 U bir qishloqqa kirayotganida, o'nta moxovga duch keldi. Ular uzoqda turgancha 13 ovozlarini baland qilib: - Ey Ustozimiz Iso, bizga rahm qil! - deyishdi. 14 Ularni ko'rgan Iso: - Borib, o'zlaringni ruhoniyga ko'rsatinglar, - dedi. Ular esa yo'lda ketayotib, moxovdan forig' bo'lishdi. 15 Ulardan biri o'zining shifo topganini payqagach, baland ovoz bilan Xudoni ulug'lab orqaga qaytdi. 16 Isoning oyoqlariga yiqilib Unga tashakkur bildirdi. Bu odam samaryalik edi. 17 Iso: - Shifo topgan o'n kishi edi-ku? Qolgan to'qqizingiz qani? 18 Xudoni ulug'lash uchun shu begona kishidan boshqa hech kim qaytib kelmadimi? - dedi. 19 So'ng u odamga: - O'rningdan turib boraqol, ishonching seni qutqardi, - dedi.

8. O'liklar Tirilishi

Mark 5:21-24, 35-43 -- 21 Iso ko'lning berigi bo'yiga suzib o'tib, qirg'oqda turardi. Uning oldiga yana ko'p xaloyiq to'plandi. 22 Yahudiy jamoa boshlaridan Yair ismli bir kishi kelib qoldi. U Isoni ko'rib, Uning oyoqlariga o'zini tashladi-da: 23 – Qizim o'lim to'shagida yotibdi. Kelib unga qo'lingni tegizgin, u sog'ayib tirik qolsin, - deb yalinib-yolvordi. 24 Iso u bilan ketdi. Uning orqasidan ko'p xaloyiq ergashib, Uni siqib qo'yar edi. 35 Iso shunday deb turgan ham ediki, jamoaboshining uyidan odamlar kelib unga: - Qizingiz o'ldi, nega yana Ustozni ovora qilyapsiz? - dedilar. 36 Iso bu so'zlarni eshitib, jamoaboshiga: - Qo'rqma, faqat ishongin, - dedi. 37 Iso hech kimning ergashishiga yo'l qo'ymay, faqat Butrus, Yoqub va uning ukasi Yuhannoni olib ketdi. 38 Jamoaboshining uyiga yetganlarida, yig'i va dod-faryod to'la bir qiy-chuvga duch kelishdi. 39 Iso ichkariga kirib: - Nega qayg'uryapsizlar, nega yig'layapsizlar? Qizcha o'lgan emas, u uxlab yotibdi, - dedi. 40 Ular esa Uning ustidan kulishdi. Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi, qizchaning ota-onasi va shogirdlarini olib qoldi va qizcha yotgan xonaga kirdi. 41 Qizchaning qo'lidan ushlab unga: - Talifa qumi! - dedi. Bu so'zning tarjimasi: “Qizim, senga aytaman: o'rningdan tur!” demakdir. 42 O'n ikki yashar qizaloq shu onda o'rnidan turib, yura boshladi. Buni ko'rganlarning aqli shoshdi. 43 lekin iso ularga hech kim buni bilmasligini qattiq tayinladi, va yeyish uchun unga biron narsa berishlarini aytdi. (Matto 9:18-26; Luqo 8:40-56 ham qarang)
Luqo 7:11-15 -- 11 Oradan ko'p o'tmay, Iso Nain degan shaharga ketdi. Ko'plab shogirdlari va ancha xalq U bilan birga yurishar edi. 12 Iso shaharning darvozasiga yaqinlashganda, bir beva ayolning yakkayu yagona o'g'li o'ligini ko'tarib chiqayotgan edilar. Tumonat shahar aholisi u ayolni o'rab olgan edi. 13 Rabbimiz Iso onani ko'rgach, unga rahmi kelib: - Yig'lama! - dedi. 14 U yondashib, tobutga qo'l tegizdi. Tobutkashlar to'xtab qolishdi. Iso o'likka: - Ey yigit, senga aytaman: tur o'rningdan! - dedi. 15 O'shanda o'lik rostlanib o'tirdi-da, gapira boshladi. Iso uni onasiga topshirdi.
Yuhanno 11:32-45 -- 32 Maryam Iso turgan yerga yetib kelib Uni ko'rdi-yu, oyoqlariga o'zini tashlab: - HAZRAT! - dedi, - agar Sen shu yerda bo'lganingda, Mening ukam o'lmas edi! 33 Maryam ham, u bilan kelgan yahudiylar ham yig'layotgan edilar. Iso buni ko'rib, qattiq iztirobga tushdi, ko'ngli o'rtanib ketdi. 34 – Uni qayerga qo'ydingizlar? - deb so'radi. - Borib ko'rgin! - dedilar. 35 Isoning ko'zi yoshlandi. 36 Yahudiylar: - Qarang, uni naqadar sevar ekan! - deyishdi. 37 Lekin ulardan ba'zilari: - Ko'rning ko'zlarini ochgan bu Kishi nahot uning o'lmay qolishi uchun biron narsa qilolmagan bo'lsa? - dedilar. 38 Iso tag'in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabir bir g'or bo'lib, uning og'zida tosh yotgan edi. 39 Iso: - Toshni ko'taringlar! - dedi. Marhumning singlisi Marta Unga: - HAZRAT, U qabrga qo'yilganiga to'rt kun bo'ldi, endi hidlanib qolgan, - dedi. 40 – Agar inonsang, Xudoning ulug'vorligini ko'rasan, deb senga aytgan edim-ku, - dedi Iso. 41 Shunday qilib, marhum yotgan g'or og'zidan toshni ko'tarib oldilar. Iso esa osmonga ko'z tikkanicha: - Ey Ota! - dedi, - Meni eshitganing uchun Senga tashakkur bildiraman. 42 Sen Meni doyim eshitishingni bilaman-u, lekin bu so'zlarni shu yerda turgan xalq uchun, ular Meni Sen yuborganingga ishonsin deb aytdim. 43 Shunday dedi-yu, baland ovoz bilan xitob qildi: - Lazar, tashqariga chiq! 44 Shu payt qo'lu oyoqlari doka bilan bog'langan, yuzi ro'mol bilan o'ralgan jasad chiqib keldi. - Uni yechintirib, qo'yinglar, ketaversin, - dedi Iso odamlarga. 45 Maryamni yo'qlagani kelgan yahudiylardan ko'pi Isoning qilgan ishini ko'rib, Unga ishonishdi.

9. Genisaret Ko'lida Isoning Hokimligi

Luqo 5:1-11 -- 1 Bir kuni Iso Genisaret ko'li yoqasida turganda, xaloyiq Xudoning kalomini tinglash uchun Uning huzurida tirband edi. 2 Iso ko'l qirg'og'ida turgan ikki qayiqni ko'rdi. Baliqchilar shu orada qayiqdan chiqib, to'rlarini yuvayotgan edilar. 3 Qayiqlardan biri Simunning qayig'i edi. Iso unga tushib, qirg'oqdan bir oz nariroq suvib borishni Simundan iltimos qildi. So'ng o'tirib, qayiq ichidan xalqqa ta'lim berishga tushdi. 4 Nasihatlarini tugatib, Iso Simunga: - Chuqurroq suvlarga suzib borib, o'lja uchun to'rlaringizni tashlanglar, - dedi. 5 Simun javob berib: - Ustoz, bizlar tun bo'yi urinib, hech narsa tutolmadik. Lekin Sening so'zing bo'yicha to'rni tashlayman, - dedi. 6 Ular Isoning aytganini qilgach, juda ko'p baliq ovladilarki, hatto to'rlari yirtilib ketdi. 7 Ular boshqa qayiqdagi o'rtoqlariga yordam berishlari uchun ishora qildilar. O'rtoqlari kelib, ikkala qayiqni cho'kar darajada to'ldirib oldilar. 8 Simun Butrus buni ko'rdi-da, Isoning tiziga cho'kkalar: - YO RABBIY! Mening oldimdan ket, chunki men gunohkor insonman, - dedi. 9 Ular tutgan bunday mo'l baliq ovidan o'zini va u bilan birga bo'lganlarning hammasini vahima bosgan edi. 10 Simunning sheriklari Zabadiy o'g'illari Yoqub bilan Yuhanno ham vahimaga tushishgan edi. Iso Simunga qarab: - Qo'rqma, bundan buyon insonlarni ovlaysan, - dedi. 11 Ular ikkita qayiqni qirg'oqqa tortdilar va hammasini qoldirib, Isoning ortidan ergashdilar. (Matto 4:18-22; Mark 1:16-20 ham ko'ring)
Matto 8:18.23-27 -- 18 Iso atrofida ko'p xaloyiqni ko'rgach, shogirdlariga nargi tomonga suzib o'tishni buyurdi. 23 Iso qayiqqa tushganida, Uning ketidan shogirdlari ham tushishdi. 24 Qo'qisdan ko'lda kuchli to'fon ko'tarildi, qayiq to'lqinlar og'ushida qoldi. Iso esa uyquda edi. 25 Shogirdlari Uning yoniga bordi-da, Uni uyg'otishib: - Yo RABBIY, bizlarni qutqar, halok bo'lyapmiz! - deyishdi. 26 Iso ularga: - Hoy imoni sustlar, buncha qo'rqoq bo'lmasangiz?! - dedi. So'ng turib, shamolga va ko'lga do'q urdi. Shu zahoti chuqur sukunat cho'kdi. 27 Odamlar esa bir-biriga: - Bu qanaqa kishi, shamol ham, ko'l ham Unga bo'ysunsa? - deb hayratlanishdi. (Mark 4:35-41; Luqo 8:22-25 ham qarang)
Matto 14:23-36 -- 23 U xaloyiqni jo'natib bo'lganidan keyin, tanho O'zi ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. Kech kirganda, u yerda yolg'iz O'zi qoldi. 24 Qayiq esa ko'lning o'rtasida bo'lib to'lqinlarda chayqalar, yoqimsiz shamol esmoqda edi. 25 Subhidamda Iso ko'l tomondan shogirdlari yoniga keldi. 26 Ular esa Uning ko'l ustida yurib kelayotganini ko'rib, daxshatga tushdilar. - Bu bir sharpa! - deb qo'rquvdan qichqirib yubordilar. 27 Lekin Iso shu zahot ular bilan muloqotga kirib: - Dadil bo'linglar, bu Men, qo'rqmanglar! - dedi. 28 Butrus gapga kirib: - Yo RABBIY, agar bu Sen bo'lsang, menga buyrug' ber, men suv ustida yurib Sening yoningga boray! - dedi. 29 Iso: - Kel! - dedi. Butrus esa qayiqdan chiqib, suv ustidan yurgancha Isoning yoniga yo'l oldi. 30 Lekin kuchli shamolni ko'rib, o'takasi yorildi. U cho'ka boshlagach: - Yo RABBIM, meni qutqar! - deb baqirdi. 31 Iso o'sha zahoti qo'lini uzatib, uni ushlab qoldi-da: - Ha, imoni sust, nega sen ikkilanding? - dedi. 32 Ular qayiqqa o'tishlari bilanoq shamol tindi. 33 Qayiqdagilar esa Isoga sajda qilib: - Haqiqatdan ham Sen Xudoning O'g'lisan! - deyishdi. (Mark 6:45-52, Yuhanno 6:15-21) 34 Ko'ldan suzib o'tib, Genisaret qirg'og'iga kelib to'xtashdi. 35 U yerning odamlari Isoni tanib qolishdi. Butun tevarak-atroflarga odam yuborib, biron dardga chalinganlarning hammasini Uning oldiga yig'ishdi. 36 Aqalli kiyimining etagiga tegish uchun Undan iltimos qilishdi, tekkanlar esa dardlaridan halos bo'ldi. (Mark: 53-56 ham ko'ring)
Matto 17:24-27 -- 24 Ular Kafarnahumga kelganlarida, ikki diramlik ma'bad solig'ini yig'uvchilar Butrusning oldiga kelib: - Sizlarning Ustozingiz ma'bad solig'ini to'lamaydimi? - deb so'radilar. 25 Butrus: - To'laydi! - dedi. U uyga kelgach, Iso oldinroq gap ochib dedi: - Simun, sening fikring qanday? Bu dunyo podshohlari soliq yoki bojni kimdan oladilar? Vatan o'g'illaridanmi yoki begonalardanmi? 26 – Begonalardan-da, - dedi Unga Butrus. Iso javob berdi: - Unday bo'lsa, vatan o'g'illari soliqdan ozod ekan-da. 27 Shunga qaramay, biz ularni vasvasaga solmaylik. Sen ko'lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og'zini ochsang, to'rt diramlik tangaga ko'zing tushadi. Tangani olib, Men va o'zing uchun soliq to'lovi sifatida ularga ber.
Yuhanno 21:3-7.14 -- 3 Simun Butrus boshqalarga: - Men baliq ovlagani ketyapman, - dedi. - Biz ham sen bilan boramiz, - deyishdi ular va qayiqqa tushib, jo'nab ketishdi. Lekin o'sha kecha hech narsa tutisholmadi. 4 Kun yorishgach, Iso qirg'oqda turar edi. Shogirdlar esa Uning Iso ekanligini payqamadilar. 5Bolalar, sizlarda biron ovqat bormi? - so'radi Iso ulardan. - Yo'q, - dedi ular. 6To'ringizni qayiqning o'ng tomoniga tashlanglar, shunda tutasizlar, - dedi Iso. Ular esa to'rni tashladilar va baliq ko'pligidan tortib ololmadilar. 7 Shu payit Isoning sevikli shogirdi Butrusga: - Ana, Rabbimiz! - dedi. Simun Buturs bu Rabbimiz, deb eshitiboq, yechib tashlagan jomasini kiydi-yu, o'zini ko'lga otdi. 14 Shu yo'sin Iso tirilganidan keyin uchunchi marta shogirdlariga zohir bo'ldi.

10. Sharob va Nonni Ko'payishi

Yuhanno 2:1-11 -- 1 Uchinchi kuni Jalilaning Kana shaharchasida nikoh to'yi bo'ldi. Isoning onasi ham u yerda edi. 2 Iso bilan shogirdlari ham to'yga taklif etilgan edilar. 3 Sharob tugab qolgach, Isoning onasi unga: - Ularda sharob qolmabdi, - dedi. 4 Iso unga: - Mening ishimga aralashma, ayol. Mening vaqt- soatim hali yetgani yo'q, - dedi. 5 Shunda onasi xizmatchilarga: - U sizlarga nimaki desa, o'shani qilinglar, - dedi. 6 O'sha yerda yahudiylar tahoratda ishlatadigan, har biri ikki-uch chelak sig'imli oltita tosh xum bor edi. 7 Iso xizmatchilarga: - Xumlarni suvga to'ldiringlar, - dedi. Ular xumlarni limmo-lim to'ldirishdi. 8 Iso ularga: - Endi cho'michlab olib, to'yboshiga olib boringlar, - dedi. Ular esa olib borishdi. 9 To'y boshi sharobga aylangan suvni tatib ko'rdi. Uni qayoqdan kelganligini u bilmas edi, faqat olib kelgan xizmatchilar bilishar edi. To'yboshi kuyovni chaqirtib unga aytdi: 10 – Har kim avval yaxhsi sharobni qo'yadi. Kayf qilishgandan keyingina yomonrog'ini beradi. Sen esa yaxshi sharobni shu vaqtgacha saqlabsan-ku! 11 Iso dastlabki ushbu mo'jizasini Jalilaning Kana shaharchasida namoyish qildi, bu bilan O'zining ulug'vorligini zohir qildi. Shogirdlari esa Unga imon keltirdilar.
Matto 14:13-22 -- 13 Iso buni bilib olgach, bir O'zi qayiqqa tushib, u yerdan xilvat joyga suzib ketdi. Xaloyiq buni eshitib, shaharlardan piyoda yo'lga tushib, Uning orqasidan ergashdi. 14 Iso qayiqdan chiqib, tumonat odamni ko'rdi. Ularga achindi va ularning xastalariga shifo berdi. 15 Oqshom tushgach, shogirdlari Uning yoniga kelib dedilar: - Bu yerlar yovon ekan, endi vaqt kech bo'lib qoldi. Xaloyiqqa ruhsat bergin, qishloqlarga borib o'zlariga ovqat sotib olsinlar. 16 Lekin Iso ularga: - Ular ketishlari kerak emas, sizlar ularga ovqat beringlar, - dedi. 17 – Bu yerda bizning beshta non va ikkita balig'imiz bor holos, - deyishdi Unga. 18Ularni bu yerga, Menga keltiringlar, - dedi Iso. 19 So'ng U xaloyiqqa o't ustiga yonboshlashlarini buyurdi. Beshta non bilan ikkita baliqni olib, osmonga qarab duo qildi. Nonlarni sindirib shogirdlariga berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi. 20 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan burda nonlarni terib olishganda, to'la o'n ikki savat chiqdi. 21 Yeganlar esa xotinlar va bolalardan tashqari besh mingga yaqin kishi edi. 22 Iso shogirdlarini o'sha zahoti qayiqqa tushurib, narigi tomonga suzib o'tishga majbur qildi. Ungacha O'zi odamlarga ruxsat beradigan bo'ldi. (Mark 6:31-44; Luqo 9:10-17; Yuhanno 1:6-13 ham qarang)
Matto 15:32-38 -- 32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib ularga: - Xaloyiqqa achinaman, chunki uch kundir Mening oldimda turibdi va yeydigan hech narsasi yo'q. Men ularga ovqat bermay jo'natib yuborishni istamayman, chunki yo'lda darmonsizlanib qoladilar, - dedi. 33 Shogirdlari Unga: - Bu yovonda shuncha kishini to'ydiradigan yemakni qayerdan topamiz? - deyishdi. 34 – Qancha nonlaringiz bor? - so'radi Iso. - Yettita non va ozgina balig'imiz bor, - dedilar. 35 Shundan keyin Iso xaloyiqqa yerga o'tirishni buyurdi. 36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berdi, shogirdlari esa butun xaloyiqqa tarqatdi. 37 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan non burdalari naq yetti savat bo'ldi. 38 Xo'randalar esa xotinlar va bolalardan tashqari to'rt ming kishi edi. (Mark 8:1-10 ham qarang)
Matto 21:18-22 -- 18 Ertalab Iso shaharga qaytib kelayotganida och qoldi. 19 Yo'l chetida bir anjir daraxtini ko'rib, uning yoniga keldi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga: - Bundan keyin senda abadiy meva bitmasin! - dedi. Anjir daraxti esa shu onda qurib qoldi. 20 Buni ko'rgan shogirdlar hayratga tushib: - Qanday qilib anjir daraxti darhol qurib qoldi? - dedilar. 21 Iso ularga javoban: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Agar ishonchingiz qat'iy bo'lib, shubhalanmasangiz, bu anjir daraxti bilan sodir bo'lganni ado etish u yoqda tursin, hatto bu toqqa: “Ko'taril-da, dengizga otil”, - desangiz, aytganingiz bo'ladi. 22 Sizlar ibodat qilib, ishonch bilan nimaiki so'rasangiz, erishasizlar. (Mark 11:12-14. 20-24 ham ko'ring?)
Matto 11:3-6 -- 3 “Keladigan Qutqaruvchi Senmisan, yoki biz boshqasini kutaylikmi?” - deb Undan so'ratdi. 4 Iso javob berib ularga dedi: “Boringlar eshitib ko'rayotganlaringizni Yahyoga bildiringlar: 5 Ko'rlar ko'ryapdi, cho'loqlar yuryapdi, mohovlar tuzalyapdi, karlar eshityapdi, o'liklar tirilyapdi va bechoralarga Xushxabar e'lon qilinyapdi. 6 Meni deb vasvasaga tushmagan bahtlidir!

11. Hulosa

Masihning kelishi yer-yuzida Muqaddas Ruhning yashashini anglatadi. U bizni shunday ibodat qilishga o'rgatgan: “Osmonda bo'lgani kabi yerda ham Sening irodang bajo kelsin”. Iso Otasining kuchiga to'lgan, Shaytonning ishlarini buzish uchun va yerda osmon shohligini o'rnatish uchun bir inson bo'ldi. Uning mo'jizalari qudrat maqsadlarining guvohidir.

Uning mo'jizasidagi sabab: Iso yo'qolganlarga, yuragi tosh bo'lib qolgan odamlarga rahmi keldi, va yagona o'g'lini yo'qotgan tul ayol bilan azob tortdi. Iso mashxur insonlar xalq bilan ishonishlari uchun ularning oldida mo'jiza ko'rsatmadi balki Uning kuchiga, shifolashiga va yordamiga ishonganlar uchun mo'jiza qildi. Iso Uni qabul qilishlari uchun cho'lda besh ming kishini to'ydirmadi, balki Uni uch kun tinglab U bilan qolishlari uchun ularni to'ydirdi. Iso ularga mehr ko'rsatdi, va hamma tinglovchilari uchun beshta non va ikkita baliqni ko'payritdi.

Iso izdoshlaridan imonlari orqali o'zlarini Masihga va Otasiga qo'shishlari uchun, boshqalarning qiyinchiligini ko'rib ular bilan qiynalishlari uchun ularda O'zining mehrini o'rnatish uchun yuraklarini ochishlarini so'radi. Bir Afrikalik voizxon shunday deb ibodat qilgan: “Ey Rabbiy Iso, mening imonim xantal urug'idek kuchsiz va kichkina. Biroq, Sen deysanki, 'Agar imoningiz xantal urug'i kabi bo'lib, bu to'qqa “Bu yerdan silji” deb aytangiz u siljiydi.' Bu voizxon shunday deb ibodatini davom ettirdi: “Endi, Islom Kilimanjaro Tog'i kabi bizning oldimizda to'plandi. Shuning uchun, iltimos u yana qaytib kelmasligi uchun uni vijdonsiz dengizga uloqtir.” Bu bizning Muqaddas Kitobdagi bilim olish haqidagi barcha imkonyatlarni jadallashtirish uchun bo'lgan donoligimizdir, lekin ishonish uchun ko'proq kuch kerak bo'ladi. Agar inson bola onasiga ishongani kabi Isoga ishonsa, u kishi ko'p hosil olib keladi.

O'zining shifolashi mobaynida Isoning amrlariga qaraydigan kishi, o'zining kuchi va hokimyati Isoning aytgan har bir so'zini onida ekanini, va aniq so'zlar va qisqa buyrug'lar bilan kasallarni shifolaganini topadi. Iso bo'ronga do'q urganda tinchidi, jinlar Isoni uzoqdan ko'rishganda qo'rquvdan baqirishgan, va Iso shol odamga to'shagini olishini buyurganda, u turgan. Iso shifolashidan oldin, Iso uning gunohlarini kechirganini shol ko'rgan, va Isodan kuch va sevgi chiqqanini ko'rgan. Oddiy odamlar bu haqiqatni sezib, qisqa vaqtga Uning inoyati uchun ochiq bo'lganlar.

Iso shifolashlarida va mo'jizalarida bir uslubni qo'llamagan, balki U Muqaddas Ruhning rahbarligiga ko'ra qilgan va samoviy Otasi nimani istagan bo'lsa shuni qilgan. Iso har bir kambag'al kishiga muhtojligiga ko'ra yordam bergan. Iso baliqchi bo'lgan shogirdlari oldiga tunda ko'ldagi suv ustida yurib kelgan, va ular sharpa kelyapdi deb qo'rqqanlaridan baqirib yuborishgan. Biroq, Butrus bu sharpa Rabbiyning O'zi ekanini eshitganda, u umidsizlik bilan degan, “Rabbiy, agar u Sen bo'lsang, menga amr bergin, men suv ustida Sening oldingga boray”, va Iso degan, “Kel!” Faqat Iso dengizdagi suv ustida yurmagan, balki Butrus ham yurgan. Biroq Buturs u tomon kelayotgan to'lqinni ko'rganida cho'kishni boshlagan, chunki Isoga qarashni o'rniga ko'proq to'lqinga qaragan, va o'sha zahoti Iso uning qo'lidan tortib, uni ushlab, qutqarib olgan va ular qayiqqa borgunlaricha Butrus Iso bilan suv ustida yurgan. Shunda Iso uni shunday deb koyigan, “Ey imoni sust, nima uchun shubhalanding?

Xushxabarda eslatib o'tilgan va Isoning ishlarining to'liqligidan tanlab olingan Uning 34 mo'jizalari uchun bo'lgan uchta sabab bor. Bu sabablar: Otani ulug'lash, qiynalganlarni qutqarish va Rabbiy namoyon bo'lgan joyda Shaytonning hokimyatini buzish. Otani ulug'lash odamlar Isoning ilohiyligini tushunib yetishni va samoviy Ota O'g'lini ularni qutqarishi va qondirishi uchun jo'natganiga ishonishlarini maqsad qilingan.

Achinarlisi shundaki, Quddus uchun javobgar bo'lgan din peshvolari Isoga hasad qilishni va Undan nafratlanishni boshladilar, chunki ular mo'jiza qilolmasidilar. Shunday qilib, xalq ularga ergashmasdan balki Nasroniylik Isoni qabul qildilar. Ulamolar Isoning og'zidan birorta yomon so'zdan ushlash uchun va noo'rin ish haqida shahodat berish uchun ayg'oqchilarni yuborishdi. Bosh ruhoniylar va ulamolar Isoni jinlarning shahzodasi nomi bilan jinlarni quvyapdi deb da'vo qilib, U haqida yomon gaplar gapirishga harakat qilishdi. Ular Isoni ushlash uchun tuzoq qo'yishdi va Iso hatto Shanba kuni kasallarni shifolagani uchun g'azablandilar. Ular xalqdan ruhsatsiz Isoga ergashganlarga do'q urishgan. Shunda xalq Yahyo payg'ambarning qo'lida chin yurakdan tavba qilganlardan tashqari bo'lgan odamlar Isodan qochib ketganlar. Isoga ergashganlar Unga sodiq qolganlar. Bu tajriba bizga mo'jizalarni ko'rishni istagan xalqlar keyinchalik ular quvg'inga tushishlarini o'rgatadi. Biroq haqiqatdan ham tavba qiladigan kishi o'zining takabburligini, mag'rurligini yengib chiqadi va Isoda davom etib boraveradi, hatto og'ir vaqtlarda ham.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)