Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 081 (Greetings from Paul’s fellow Workers)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

7. Pavlusning hamkorlaridan salomlar (Rimliklarga 16:21-24)


RIMLIKLARGA 16:21-24
21 Mening hamkorim Timo'tiy hamda qarindoshlarim Lusiy, Yason va Sosipatir sizlarga salom yo'llayapdilar. 22 Bu maktubni yozayotgan men – Tertiy ham sizlarga Rabbimdan salomatlik tilayman. 23 Mening va butun imonlilar jamoatining mehmonnavozi bo'lgan Gay ham sizlarga salom aytyapdi. Shaharning hazinadori Yerast va birodarlarimiz Kvart sizlarga salom yo'llashyapti. 24 Rabbimiz Iso Masihning inoyati hammalaringizga yor bo'ldsin. Omin.

Biz kamdan-kam Pavlus yakka yurganini ko'ramiz. Uni har doim hamkorlari o'rab olishadi va Barnobo va Silaga o'xshab, boshqa payg'ambarlar uni kuzatib, unga maslahat berib va uni komil qilish uchun Rabbiyning xizmatidagi sheriklarni ko'rgan. Ba'zan, turli hil shaharlardan bo'lgan boshqa imonlilar Pavlus zafarga boshlagan o'zini quldeb topgan va buning buyukligining g'ildirakli aravasiga o'zini bog'lagan Masihning zafarli yurishida qatnashishgan; go'yo u Masihning buyukligi uchun tutatqi tutatgan va kimdir tutatqi saqlanib qoladi deb hidgagan va kimdir bu halok qiladi deb buni rad etganidekdir (Rimliklarga 2:14-16).

Pavlus bu maktubning oxirida salomlarini qo'shgan, Masihning izdoshlari unga hamroh bo'lganlarning soni Korinfda bo'lgan kelishuvi mobaynida Eramizdan Keyingi 59 da Rimliklarga bo'lgan Maktubni yozgan. Bu salomlar Pavlus falsafachidek yakka o'zi yozmaganini, balki Rimdagi imonlilar haqida hamma malumotlar haqida unga maslahat bergan bir guruh tomonidan qamrab olingan. Shuning uchun, azizlarning munosabati uning maktublarida namoyon edi.

Timotiy imon va xudojoylik bilan farqlangan buvisi va Masihga o'zini bag'ishlagan Yahudiy-Masihiy onasining qo'lida voyaga yetgan. Uning otasi taniqli bo'lmagan Yunon bo'lgan. Pavlus bu muloyim kishida, o'zida Semitik va Yahudiy meroslarini olib yurib, Xudoning jamosida foydali sherik bo'lgan, Masihni sevgan bu kishida ko'rdi. Biroq, Pavlus uni sunnat qilgan, chunki u Yahudiylarga qonuniy Yahudiy bo'lishi uchun va Yunonlarga qonuniy Yunon bo'lishi uchun, uning onasi Yahudiy bo'lgan. Ular to'la birlikda ishlashgan va Timotiy Pavlusga o'g'ildek bo'lgan.

Timotiy o'zinikini qidirmadi, balki Rabbiy Isoni ulug'lash uchun yashab, birinchi Xudoning shohligini va Uning solihligini qidirdi. Pavlus uni safarlari davomida Pavlusning va uning hamrohlarining yashashi va xizmati uchun bir necha marotaba tashkillashtirish uchun shaharlarga yubordi. Ba'zan Pavlus uni quvg'in tufayli uni yakka qoldirishga majbur bo'lgar edi. Timo'tiy yangi tavba qilganlarning ta'limi uchun javobgar bo'lgan (Havoriylar 16:1-3; 19:22; Filippiliklarga 2:19-22).

Timo'tiyning salomidan keyin, Pavlusning qabilasidan bo'lgan uch kishi eslatib o'tiladi, ya'niy uning qarindoshi Lutsiy, Yason va Sosipatr. Yason Masih uchun yangi jamoatlarni o'rnatganlar bilan yangi tavba qilganlarga erishishda Pavlus va Silaning omadi va uch Shanba dam olish kunlari uchun ular bilan bo'lgan Pavlusning munozarasidan keyin, Yahudiylar tomonidan tashkil etilgan shov-shuv paytida, Pavlus Salonikada qolgan vatda uni kutib olgan kishi bo'lgan. Olomon Pavlus va Silani topolmay, Yasonning uyiga hujum qilishgan va hukmdorning oldiga Yasonni sudirab kelib, Qaysarga sodiqliklarini taqdim etishlaridan odamlarga halal beradigan Isoni shohlarning Shohi deb hisoblab, yangi imonga ergashishdan uni ayibdor qildilar. Lekin hukmdor jahli chiqqan Yahudiylarni tarqatib, Yasonni yashirincha qo'yib yubordi (Havoriylar 17:6).

Sosipatr o'limdan tirilgan Masih haqiqatdan ham Masih bo'lganligini bilish uchun har kuni Eski Ahd kitoblarini qidirgan va Pavlusning so'zini Yahudiylar qabul qilgan Beriyadan bo'lgan imonli edi. Yahudiylar Beriyada Pavlusning voizligini eshitishganida to'polonni tashkil qilishdi, chunki Beriya xalqi Afenlarga bo'lgan butun hurmat bilan Pavlusga hamroh bo'lishgan va Sila bilan Timo'tiy to'liq haqiqatga imonga kelganlarni qo'yish uchun Beriyada qolishdi. Keyin biz Sosipatr deb nomlangan bir kishi muhtojlarga umumiy yordamlarni taqdim etish uchun Quddusga Pavlus bilan borganligini o'qiymiz.

Pavlusning uchinchi qarindoshi, Antioxiya Jamoatida oqsaqol bo'lgan va Pavlusning ibodatlarida unga sherik bo'lgan Kirineyalik Lutsiydir (Havoriylar 13:1).

Tertiy Yunonda gapdon bo'lgan Rim kishisi edi va uning ismi Rimliklarga bo'lgan bu maktubni Pavlus amr berganlarga xattot yoki kotibdek bu maktubning oxirida eslatib o'tiladi. Pavlus unga aniq buyurgan va unda bu buyuk ishni ijro etishga yetarlicha vaqti bor edi, chunki bu xattot bu maqsad uchun varoqqa yozishda ruchkasidan foydalangan. Bu xizmat to'liq va o'zaro birlikda ijro etildi. Tertiy Rim jamoatiga buni sodiqlik bilan yozish uchun Pavlusdan buning ma'nosini tushunishiga to'g'ri kelgan. Pavlus Tertiyni Rabbiy Isoni tanib, Unga ishongan, Rimdagi jamoatni tayyorlagan Isoda o'rnashgan, tanlanganlardan biridek hisoblar edi.

Gay quvg'in paytida uyiga Pavlusni qabul qilgan va eshiklarini jamoat uchrashuvlariga ochgan, Salonikadan bo'lgan imonli edi. Gay muammolari bilan uning oldiga kelgan odamlar uchun g'amho'rlik qilgan va Pavlus bu bayoniga ko'ra Korinfda suvga cho'mdirgan bir necha odamlardan biri bo'lgan: “Xudoga shukurki, men sizlardan Krisp va Gaydan boshqa hech kimni suvga cho'mdirib, imonga kiritmadim... Zotan Masih meni suvga cho'mdirishga emas, balki Injil Xushxabarini targ'ib qilishga yubordi” (1Korinfliklarga 1:14-17).

Erast sodiqlik va ishonch bilan ishiga xizmat qilgan shahar hazinaboni bo'lgan. Bu Korinf jamoati faqat kambag'al va oddiy odamlarni emas, balki jamiyatlariga to'g'ri tasir ko'rsatadigan yuqori sinfdagi odamlarni ham o'z ichiga olganini ko'rsatadi. Kvart Masihda birodar bo'lgan. U Yunon emas, balki o'sha vaqtda jamoat tomonidan tanilgan Rimlik bo'lgan.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso, biz Sendan minnatdormiz, chunki turli hil idora va ruhiy hududlarda vafodor bo'lish uchun butun yuraklari bilan xizmat qiladigan jamoatingda xizmatkorlar bor. Bizning jamoatimizda Sening muqaddas ismingni ulug'lash uchun nima qilsalar ham, shu narsalarda sodiq bo'lishlari uchun oqsaqollarga yordam ber. Omin.

SAVOL 99: Pavlus Rimliklarga bo'lgan Maktubini buyurgan shax kim?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)