Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 071 (Problems of the Church of Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

8. Rim jamoatining asosiy muammolari (Rimliklarga 14:1-12)


RIMLIKLARGA 14:1-12
1 Imoni zayif odamni, uning fikrlari haqida baxslashmay, qabul qilinglar. 2 Kimdir hamma narsani yeb bo'ladi, deb ishonadi. Imoni zayif kishi esa faqat sabzavod yeydi. 3 Har narsani yeyish mumkin degan kishi yemovchini kamsitma-sin, shuningdek har narsani yemaydigan kishi yeydiganni ayiblamasin; chunki Xudo uni qabul qilgandir. 4 Sen kim bo'libsanki, boshqa kishining malayini tergaysan? U o'z ho'jayini oldida yo turadi, yo yiqiladi. Rabbimiz esa uni tur-g'azishga qodir, shuning uchun u turadi. 5 Birov bir kunni boshqa kundan yuqoriroq hisoblaydi, boshqa kishi esa hamma kunlar haqida bir hil fikr yurgizadi. Har bir kishi o'z fikrida mahkam tursin. 6 Kunga e'tibor qiluvchi Rabbim deb e'tibor qiladi. [Shuningdek, kunga e'tibor qilmovchi Rabbim deb e'tibor qilmaydi.] Har narsani yeguvchi Rabbim deb yeydi. Har narsani yemovchi ham Xudoga shukur qilib, Rabbim deb yemaydi. 7 Bizdan hech kim o'zi uchun yashamaydi va hech kim o'zi uchun o'lmaydi ham. 8 Agar yashasak, Rabbimiz uchun yashaymiz; agar o'lsak, Rabbimiz uchun o'lamiz. Demak, yashasak ham, o'lsak ham, Rabbimizga qarashlimiz. 9 Masih ham o'liklarning, ham tiriklarning Rabbi bo'lish uchun o'ldi-yu, o'limdan tirilib keldi. 10 Shunday bo'lsa, sen nima uchun birodarlaringni hukm qilyapsan? Nima uchun birodarlaringni kamsityapsan? Hammamiz ham Masihning hukm kursisi oldida hozir bo'lajakmiz-ku. 11 Tavrotda yozilishicha: “Hayotim haqi, - deydi Xudovand, - har bir kas Mening oldimda tiz cho'kkusi, har bir til Xudoligimni tan olgusi”. 12 Demak, har birimiz o'zimiz haqimizda Xudoga hisobot beramiz.

Masihning izdoshlarida nima taqiqlangan va nima ruhsat etiladi degan gap haqida har-hil fikrlar bor, chunki Iso bu yo'lda qonun yaratmagan, balki bizga to'liq najodni, aniq oqlanishni va Muqadas Ruhning kuchini taqdim etgan. Unga hammani sevish buyrug'ining nazorati uchun faqat qonunlarning jadvallari kerak bo'lgan.

Biz bir va boshqa jamoat o'rtasidagi har turli fikrlarni topamiz. Ba'zilar cho'chqa go'shini yeshishda gunohni ko'radi. Lekin Iso deydi: “Og'izdan kiradigan narsa insonni horom qilmaydi; balki o'gizdan chiqadigan narsa insonni horom qiladi... Yurakdan yomon fikrlar, qotilliklar, zinokorliklar, o'g'irliklar, yolg'on guvohlik va shakkokliklar chiqadi. Bu insonni buzadigan narsalardir”. Haqiqatdan ham cho'chqa go'shtini yeyish insonga zarar keltirishi mumkin va sog'lig'ini buzishi mumkin, lekin uni ruhan buzmaydi.

Ba'zi Masihiylar papiroslar chekkan, holbuki boshqalar chekishni o'lik gunohdek ko'radi. Albatta chekish chekuvchiga uning atrofidagilarga zarar yetkazadi, lekin chekuvchi oladigan tutun nopok ruh emas, balki bu u sog'liq sabablaridan yiroq bo'lish kerak bo'lgan zararli zahardir. Shuning uchun, chekish gunoh emas, lekin chekuvchi kishi boshqalarga o'xshab gunohkordir.

Ba'zilar aroq va dorilarni taqiqlaydi va ular haq, chunki o'zini mayho'rlikka va dorilarga urgan kishi ularga qul bo'ladi. Shuning uchun, biz har bir kishiga mayho'rlikdan va dorilardan o'zini tiyishni taklif beramiz. Tabobat qilib ichimlikdan ozgina miqdorda ichish bu yaxshi. Biroq, bu toza, pok suv Xudo tomonidan berilgan eng yaxshi sog'lom ichimlik ekanini eslatadi.

Havoriy Pavlus vaqtida jamoatdagi ajoyib savol shunday edi: “Butlarga qurbon qilingandagi go'shtni yeyish gunohmi?” Chunki ba'zilar bu go'shtni bunga buyuk ishtiyoqni ko'rsatib yegan, lekin boshqalar bunga jirkanib qaragan. Pavlus bu ikki guruh haq ekanini tasdiqlaydi chunki butka qurbonlik qilingan go'sht ruh emas balki tanadir. Pavlus ba'zilar bu go'sht nopok ruhlarning ta'siri ostida deb o'ylaganliklari uchun buni aytdi. Biroq, Iso hammasini najodida o'z ichiga olgan. Ular endi qonun ostida emaslar, balki ular ikkinchi va ahmoq narsalardan ozoddirlar.

Ba'zi imonlilar Shanba kunga, ba'zi Juma kunlariga va boshqa Dam olish kunlariga rioya qilganlarida, Pavlus ularga degan: Hammalaring haqsizlar, chunki Iso kunlarni emas, balki odamlarni muqaddaslagan. Shuning uchun, siz har kuni va har vaqt Xudoga sajda qilib, ibodat qilasiz, chunki ibodat aniq bir kun yoki aniq bir soat bilan chegaralanmaydi, balki bu har kuni va har vaqt da mumkin.

Jamoat a'zolari uchun bir-biridan nafratlanish kerak emas, yoki bir birini yuzakiylik bilan hukm qilish kerak emas. Iso deydi: “Hukm qilmang, mahkum bo'lmaysiz”. Shuning uchun, imonda kuchli bo'lgan kishi bilimda kuchsiz bo'lgan kishidan nafratlanmasdan, yoki uning yo'lida uni uyaltirmasdan, balki shunday ishlardan sevgi bilan o'zini tiyish kerak. Bu kishi kuchsizlar bilan o'tirib, ularni ruhlantirib, va ularga yordam berishi kerak. Xuddi shu tarzda kuchsiz ham imonda kuchli bo'lganlardan nafratlanmasdan yoki ular haqida yomon gapirmasdan, ularni sevishi kerak, chunki Iso hammani sevadi.

Pavlus har bir kishiga shunday deb ta'kidlagan, “biz endi o'zimizga tegishli emasmiz, balki o'zimizni Rabbiy Isoga to'liq va abadiy topshirganmiz. Agar biz yashasak Xudo uchun yashaymiz; va o'lsak ham Xudo uchun o'lamiz. Shuning uchun, yashasak ham o'lsak ham, agar yesak ham ichsak ham, biz bizda yashash uchun yangi hayotini bergan Rabbimiznikimiz”.

Hukm ruhi jamoatlarga tezda kirib olganidek, Pavlus kuchsizlar va kuchlilarga shunday deb ularni ogohlantirgan: Ogoh bo'ling, chunki hammalaringiz barhayot Hukmdor oldida turasizlar. Boshqalarni hukm qilmang, balki o'zingizni hukm qiling. Gunohlaringizdan tavba qiling va ularni Masih nomidan yengib chiqing. Agar siz boshqalarni gunohlaridan ozod qilishingiz kerakligini o'ylasangiz, ibodatlaringizda asoslangan sevgi bilan, sabrli bo'lib gapiring va shuni yodda tutingki siz boshqalardan ko'ra ko'proq solih emassiz. Har bir ishni imonlilar imonlari orqali qoqilmasliklari uchun qiling.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz muqaddasliging bilan va sevgingning buyukligi bilan o'zimizni o'lchaganimizda, bizda solihlik va hurmatdan hech narsa qolmaydi. Bizning kamchiliklarimizni kechirib, boshqalarni hukm qilmaslik uchun bizga yordam ber. Biz hammani sevib, o'zimizni eng past deb hisob-lashishimiz uchun sevgimizni kuchaytirgin. Omin.

SAVOLLAR 89: Agar Masihning izdoshida hayotning ba'zi ikkinchi darajali mavzularida boshqacha fikr bo'lsa, biz nimani o'ylashimiz yoki nima aytishimiz kerak?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)