Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 069 (Summary of the Commandments Concerning Men)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

6. Insonlar to'g'risidagi amrlarning xulosasi (Rimliklarga 13:7-10)


RIMLIKLARGA 13:7-10
7 Har bir kishiga o'z haqini beringlar: soliq yig'uvchiga-soliq; boj oluvchiga-boj; qo'rquvga loyiq bo'lganga-qo'rquv; hurmatga loyiq bo'lganga-hurmat. 8 Bir-biringizni sevishdan boshqa hech kimdan bir narsa burchli bo'lmanglar. Chunki o'zgani sevadigan kishi Ilohiy Qonunni bajo keltirgan bo'ladi. 9 “Zino qilma”, “Qotillik qilma”, “O'g'irlik qilma”, [“yolg'on guvohlik berma”,] “Tamagirlik qilma” va bunga o'xshash yana qancha amrlar bor bo'lsa, hammasi shu so'zda hulosa qilinadi: “O'zgani o'zing kabi sevgin”. 10 Sevuvchi kishi o'zgaga yomonlik qilmaydi. Shunday qilib, sevish-butun Ilohiy Qonunni bajo keltirish bilan barobardir.

Rim davlatining molyaviy tuzimi havoriy Pavlus vaqtida imonlilarga muhim ish emas edi, chunki Masihiylar ozchilik bo'lib, ularda davlat qonuniga ta'sirlari bo'lmagan. Shuning uchun, havoriy Masihiylarga yolg'on gapirmasdan va burchlarni buzib ko'rsatmasdan va soliqlarni to'lashga va davlat boshliqlari ehtiyotkorlik bilan va odillik bilan harakat qilishlariga gunohkor va hokimlar uchun ibodat qilish ularning burchi ekanini bilib, hokimyat bo'limlarini hurmat qilishga buyurdi. Lekin ishlar Rim davlatida o'z holidan o'zgarib ketdi. Ular Masihga qarshi bo'lib, Qaysarga sajda qilmagan hamma Masihiylarni o'ldirishga buyrug' berdi va ular katta maydonlarda Masihiylarni o'ldirish uchun hayvonlarning o'ljasiga ularni otishdi.

Pavluning o'zi Rim fuqorosi bo'lib tug'ilgan. U o'zini kuchli davlatiga javobgardek ko'rgan va bu Masihning so'zlarini qo'llashni xohlagan: “Qaysarni haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar”. Pavlus jamoatlarni hurmat bilan Masihning qonuni barcha dunyoviy qonunlar ustidan qonun ekanligini bilib oldi, chunki Iso degan: “Sizlarga yangi buyrug' beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. Agar orangizda muhabbat hukmron bo'lsa, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi” (Yuhanno 13:34-35).

Iso shogirdlarini sevib, ularga xizmat qilgandek sevadigan har bir Masihiy Isoning amrini bajargan bo'ladi. Bu ilohiy sevgi jamoatning qonuni va buyrug'idir, va Muqaddas Ruh uning to'liqligi uchun kerakli kuch va mohiyatdir. Shu bilan birga, Masih Musoning qonunlarini bekor qilmadi: “O'zingiz kabi yaqiningizni seving” (Levitlar 19:18).

Pavlus shunday deb O'nta Amrlarning ikkinchi qismi bilan bu amrni tushuntirib berdi: Hech kimdan nafratlanma, yoki hech kimni o'ldirma. Zino qilma. Nopoklarcha kun kechirma. O'g'irlik qilma, balki mehnat qil. Boy bo'lgani uchun hech kimga hasad qilma, balki boring bilan qanoat qil. Bu amrlarning bajo bo'lishi yaqiningizni sevish amrining yakunidir.

Havoriy jozibador so'zlar bilan yoki gapdonlik bilan gapirmadi, balki u haqiqiy sevgini amalda qilish uchun eng birinchi va eng muhim qadamdagi zinodan o'zini tiyishni ta'kidlab o'tdi. U ilohiy sevgi jinsiy sevgini yengib chiqish kerakligini talab qildi.

Haqiqiy sevgi takabburlikka asoslanmaydi, balki muhtojlarni boqib, birinchi ularga xizmat qilishga asoslanadi. Biz boshqalardan azob tortganimizda, bizda qiyinchilik va achinishlar bo'lganda, biz hech kimga azob bermasdan, qiyinchilik va achinishlarga sabab bo'lmasdan, balki uning qiyinchiligida u kishiga yordam berib, azoblarida unga tasalli berib, muhtojliklarida unga yordam berishimiz kerak.

“Sizning yaqiningiz kim?” degan savolga allaqachon Iso javob berib bo'lgan. Bu degani qon-qarindoshlaringiz emas, balki sizdan yaxshi so'z kutadigan va siz uchrashib ko'radigan, sizga yaqin bo'lgan har bir odamdir. Bu boshqalarga bo'lgan xushxabarning aloqasini o'z ichiga oladi, chunki “Najod topishimiz uchun, osmonu falak ostida odamzodga berilgan boshqa hech bir ism yo'q” (Havoriylar 4:12).

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen jamoa-tinga yangi amr berding va unga buni bajarish uchun Muqaddas Ruhning kuchini berding. Agar biz qattiq yurak bilan shoshilib harakat qilgan bo'lsak bizni kechir. Biz do'stlarimizning rizq-ro'zlari uchun yordam berishga va ish bilan ularni duo qilishga ibodat qiladigan do'ztlarimizni tushunish uchun bizga yordam ber; va qayerda bo'lsak ham hammaga xizmat qilishimiz uchun bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 87: Pavlus “Yaqiningizni o'zingiz kabi seving” degan amrni qanday qilib amaliy tushuntirib berdi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)