Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 067 (Love your Enemies and Opponents)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

4. Dushmanlaringizni va raqiblaringizni seving (Rimliklarga 12:17-21)


RIMLIKLARGA 12:17-21
17 Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko'zi oldida yaxshilik qilishga intilin-glar. 18 Agar iloji bo'lsa, qo'lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar. 19 Ey seviklilarim, o'zingiz uchun qasos olmanglar, balki Xudoning g'azabiga yo'l qo'yinglar. Zero Tavrotda shunday yozilgan: “Qasos Mening qo'limda, sazosini Men beraman, - deydi Xudovand”. 20 Aksincha: “Agar dushmaning och qolgan bo'lsa, uni to'yg'izgil, agar chanqagan bo'lsa unga suv ichirgil. Mana shunda uning boshiga yonayotgan cho'g'lar yiqqanday bo'lursan”. 21 Yomonlikka mag'lub bo'lma, yomonlikni yaxshilik bilan mag'lub qilgin.

Iso “ko'z evaziga ko'z, tish evaziga tish” degan amr ustidan g'olib chiqdi. U bunga yakun yasadi (Chiqish 21:24; Levitlar 24:19-20; Matto 5:38-42), va U bizga dushmanlarimizni duo qilish uchun, sevib yordam berish uchun yangi amrini berdi. U shunday qilib Eski Ahd qonunining barcha fikrlarini yo'q qildi, va bizni buzilgan dunyomizning o'rtasida samoviy buyruqqa boshlaydi.

Havoriy Pavlus Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida Isoning qonunlarida yashab, buni amalda qilish uchun va bularni jamoatlarga o'rgatish uchun harakat qildi. Shuning uchun, agar kimdir sizni aldagan bo'lsa yoki siz haqingizda yomon gapirgan bo'lsa, zo'ravonlik bilan yoki g'azab bilan haqligingizga va to'g'riligingizga da'vo qilishga harakat qilmang, balki mazlumlar uchun odillikni ijro etadigan Xudoyingizga bu muammoni ayting. To'g'ri guvohlik bering va qo'pol bo'lmang. Tinchlik o'rnatishga harakat qiling. Vaqtingizni va huquqlaringizni qurbon qiling. Xudo sizga va dushmaningizga tinchligini berishi uchun ibodat qiling. Sevgi Xudosi har bir tosh yuraklarni yumshata oladi va bunda siz to-mon hurmatni yarata oladi.

Qasos Masihiylikda butunlay taqiqlanadi, chunki faqat Xudo muqaddasligidagi Odil Xudodir, U barcha holatlarni tushuna oladi va donolik va odillik bilan hukm qiladi (Iklamchi Qonunlar 32:35).

Iso bizning chegaralangan bilimimiz tufayli boshqalarni hukm qilishdan, ularning g'azabidan biz uchun oldini olgan. U aniq shunday degan: “Boshqalarni hukm qilmanglar, siz ham mahkum bo'lmaysiz. Sizlar qanday hukm qilsangiz, sizga ham shunday hukm o'tkaziladi. Sizlar qanday o'lchov bilan o'lchasangiz, sizga ham shunday o'lchov tatbiq etiladi. Nega sen birodaring ko'zidagi cho'pni ko'rasanu, lekin o'z ko'zingdagi xodani sezmaysan? Sening ko'zingda xoda bor ekan, qanday qilib birodaringga: “Kel, ko'zingdagi cho'pni chiqarib olay”, - deysan? Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o'z ko'zingdan xodani chiqarib ol, keyin birodaring ko'zidan cho'pni qanday chiqarmoq uchun ko'zing ochiladi (Matto 7:1-5).

Rabbimizning bu bayoni bizni o'zligimizdan va yolg'onimizning cho'qqisidan pastga tushiradi, va hech kimsada komil haqiqat yo'qligini bizga ko'rsatadi. Biz hammamiz barkamol emasmiz, yolg'onlarda qatnashamiz va gunohkorlarni hukm qilish uchun shoshilamiz, hatto biz tavba qilmasdan o'zimizni bilamiz. Pavlus shunday deb dushmanimizni sevish to'g'risida Isoning so'zlarini amaliy tushuntirgan: Dushmaning och qolgan bo'lsa unga yordam berib, uni to'ydir. Ichish uchun uyida suv yo'q bo'lsa, uyingizdagi suv idishdan unga chanqamasligi uchun tekinga suvingizdan bering.

Dono shoh Sulaymon aytganidek, siz dushmanlaringizning muhtojliklaridagi qatnashuvchisiz: “Agar dushmaning och qolgan bo'lsa uni to'ydir, agar chanqagan bo'lsa, ichish uchun suv ber; shunda uning boshida yonayotgan cho'qlarni yiqqan bo'lursan va Rabbiy seni aniq taqdirlaydi” (Hikmatlar 25:21-22). Bu donolik yangi falsafa emas. Bu yoritish uchun uch ming yil oldin kelgan. Bu narsa donolik emas yoki hech qanday donolik emas, balki bu gunohlari uchun Xudoning kechirimini so'ramaydigan, egilmaydigan yoki kechirmaydigan mag'rurlik va diydasi qotib qolgan yuraklardir.

Pavlus ajoyib bayon bilan o'zining nutqini jamlaydi: “Yomonlikka mag'lub bo'lma, yomonlikni yaxshilik bilan mag'lub qilgin” (Rimliklarga 12:21). Havoriy bu oyat bilan sizga shuni aytishni xohlaydi: “Ichingizda yomonlik chuqur o'rnashishiga yo'l qo'ymang. Yovuz bo'lmang, balki tushunchani yaxshilaydigan Masihning xushxabari va sevgisi orqali sizga qarshi bo'lgan oshkor bo'lgan yovuzlikni mag'lub qiling.” Bu qoida xushxabarning siridir. Iso dunyoning gunohini olib tashlagan va buni biz uchun muqaddas sevgisi bilan va o'limi bilan mag'lub qilgan. Masih zafarli G'olibdir. U sizdan siz boshqalarning yovuzligini olishingizni va buni ibodatingiz or-qali va sabrli sevgi orqali mag'lub qilishingizni istaydi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen Xudoning mujassamlangan sevgisisan. Sen sevgingni majburlamading yoki g'azab va qasos bilan haqligingga da'vo qilmasdan, balki biz Ruhing bilan to'lib, dush-manlarimizni kechirib, ularga yordam berib, ularni duo qilib va Sen qilganingdek ularni kechirishimiz uchun shunday deb dushmanlaringni kechirding: “Ota, ularni kechir, chunki ular nima qilyotganlarini bilishmaydi”. Omin.

SAVOL 85: Biz qanday qilib nafratlanmasdan va qasos olmasdan dushman-larimizni kechiramiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 09:56 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)