Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 064 (The Sanctification of your Life)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

1. Hayotingizning muqaddasligi Xudoga bo'lgan to'liq top-shirilishingiz orqali erishiladi (Rimliklarga 12:1)


RIMLIKLARGA 12:2
2 Bu dunyoga uyg'unlashmanglar. Xudoning yaxshi, man-zur, komil irodasining nima ekanini fahmlamoq uchun fikringizni yangilash orqali tubdan o'zgaringlar.

Pavlus Rimdagi jamoatning a'zolarini Muqaddas Uch Birlikning birligining haqiqatiga va ruhiga bo'ysunishlarini kutmagan; shuning uchun Pavlus ularni gunohga bo'lgan vasvasalarining hamma turiga qarshi ruhiy janga chaqirdi.

Bu ruhiy kurash najodning erishishiga boshlamaydi, chunki Masih sizni qutqardi, biroq Rabbingiz hayotingizning muqaddasligi orqali ko'rinadigan solihligini xohlaydi.

Pavlus hayotingizning muqaddasligi uchun foydali yo'llarni taqdim etadi:

a) Bundan buyog'iga siz Masihsiz yashaydiganlardek loqaydlik bilan yashamaysiz yoki hurmatni, boylikni, jinsiy aloqani yoki rohatni qidirmaysiz, balki siz fikrlaringizda va ishingizda Isoning hayot tarzini va Isoning muqaddas harakatini tanlaysiz.

b) Chunki bu qoidalarni bajarib, Xudo sizga fikringizni yangilanishini hadya qiladi. Maqsadingiz zo'r hayotdan quvonib qolmasligi kerak, balki siz inoyat ruhi sizning yuragingizni va xohishingizni muqaddaslashi uchun Xudoning fikrlarini o'ylashingiz kerak.

c) Siz Xudoning maqsadiga ko'ra harakat qilishingiz va U nimani rad etsa shuni rad etishingiz uchun Uning irodasini bilib olishingiz kerak va sizdan U nimani xohlashini tushunishingiz kerak. Bu ruhiy yetuklikka erishish uchun, siz Muqaddas Kitobni qayta-qayta o'qib, siz Uni o'rinli mamnun qilib, qondirishingiz uchun osmondagi Otangizning boshqaruvini, yo'nalishini va yoritishini qidirishingiz kerak.

d) Pavlus shunday degan: Yaxshilik qilinglar. Faqat yaxshilik haqida gapirmasdan, balki vaqtingizni va pulingizni sariflab buni amalda qilinglar. Nima yaxshi va nima yomonligini Xudodan o'rganing va hayotingizda bularning farqiga boring. Muqaddas Kitobdan donolikni o'zlashtiring va Muqaddas Ruh sizni barcha Xudoga manzur keladigan narsalarga o'rgatadi.

e) Hayotingizda ruhiy barkamollikni qidiring. Bu qoida siz o'z-o'zingizdan barkamol bo'la olishingizni anglatmaydi. Shuning uchun siz U uchun qiladigan hamma narsa barkamol, tezda va haqiqat bo'lishi uchun Iso sizning yetishmovchiliklaringizni to'ldirishini Undan so'rang. Agar siz bu uchun so'rasangiz, bu sizda Muqaddas Ruhning birligining sovga'sidek bajariladi.

f) Agar siz bu tarzda yashasangiz, siz Xudo bilan yashaysiz va keyin Xudoning Ruhi sizning kuchsizligingizda ishlaydi va siz Xudo Go'lgotada O'zini qurbon qilgani uchun Unga tashakkur aytib, bahtli inson bo'lasiz.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, agar biz Xudoga qaraganda o'zimizni sevib, takabbur bo'lgan bo'lsak bizni kechirgin. Biz haqiqiy ruhiy xizmatda yashashimiz uchun maqsadlarimizni o'zgartir; Iso xochda barcha gunohlarimizni kechirib, Muqaddas Ruhing hayotimizda kuch bo'lganini bilib olaylik. Rabbiy, biz Sen abadiy o'zimizni topshirishni sevish uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 82: Isoning izdoshlari uchun muqaddas hayotda yashashdagi qadamlar qaysilar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 20, 2012, at 08:41 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)