Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 061 (The Secret of Deliverance and Salvation of the Children of Jacob)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
5. Yoqub bolalarining umidi (Rimliklarga 11:1-36)

d) Oxirgi kunlarda Yoqubning bolalarining najodi va qutqa-rish siri (Rimliklarga 11:25-32)


RIMLIKLARGA 11:25-32
25 Ey birodarlarim, siz tag'in o'z bilarmon bo'lib qolmanglar deb, bu sirdan xabarsiz qolishingizni istamayman: boshqa xalqlardan najod topadiganlarning soni tamom bo'lmagunga qadar, Isroil xalqining vaqtincha diydasi qotgan. 26 Shunday qilib, butun Isroil qutulajak. Tavrotda yozilganidek: “Qutqaruvchi Siondan kelajak, Yoqub elidan betaffiqni daf qilajak. 27 Men ularni gunohlaridan forig' qilganimda, ular bilan mening ahdim bu bo'lajak”. 28 Injil Xushxabarini rad qilganlari sababli, yahudiylar sizlarning manfaatingiz uchun Xudoga dushman bo'lib qoldilar. Lekin Xudo ularni tanlagani sababli, ota-bobolari hotiri uchun, ularni aziz deb biladi. 29 Chunki Xudoning in'omlari va da'vati o'zgarmasdir. 30 Sizlar bir vaqtlar Xudoga itoatsiz bo'lib, lekin endi yahudiylarning itoatsizligi tufayli marhamatga noil bo'ldingizlar. 31 Shunga o'xshab, endi yahudiylar ham sizga ko'rsatilgan marhamat tufayli itoatsiz bo'ldilar, toki ular ham endi marhamatga noil bo'lsinlar. 32 Chunki Xudo hammaga marhamat ko'rsata olishi uchun hammani itoatsizlikka giriftor qildi.

Pavlus maktubining qabul qiluvchilarini qonda o'zining birodarlaridek hisobladi, va bu bayon orqali u ularning Otalari bilan birga Xudoni Otam deb tan oldi. Hamma fikrlar, tekshirishlar va nasib qilish haqidagi xabarlar “Xudo buyukroqdir” degan tushuncha bilan mavhumlikni bajara olmaydi, balki bu sevgi va mehrga to'lgan muqaddas Otamiz, tirik Rabbimiz Iso Masihning Otasi, va taniqli Xudo oldida bajariladi.

Bu ochiqlikdan keyin, Pavlus samoviy Ota unga buni aniq ochib bergunicha bu sirni tushunib yetmaganligi haqida gapiradi. Shuning uchun Pavlus hamma sharqlovchilardan, voizxonlarda va dindorlardan Yoqubning bolalari haqida o'zlarining falsafalarini olib kelmasliklarini balki Xudoning so'zini diqqat bilan eshitib, buni bajarishlarini so'raydi.

O'zining fikrini voizlik qiladigan kishi qaltislikni oladi, chunki u o'zini epchil va extiyotkor deb o'ylaydi, lekin tezda yo'ldan ada-shadi; ibodatgo'ylik bilan Xudoning so'zini tutgan kishi va Mu-qaddas Ruhning so'zini eshitadigan kishi asta-sekin samoviy Otamiz bo'lgan Xudoning sevgisining sirlarining tushunchasida o'sadi.

Pavlus oxirgi kunlar haqida hurmat bilan gapiryotgan sirni, ko'p qismlarni o'z ichiga oladi:

Isroil xalqining diydasi qotib qolishi quyosh nuridan buni tagida o'tiradiganlarni himoya qiladigan biroq ko'zlaridan ko'rinishni va quloqlaridan eshitishni yashiradigan qalin matodan bo'lgan bir chodirga o'xshaydi. Ular ko'rib, eshitib va o'qiy olishlaridan qat'iy nazar, ular na ko'radilar, na o'qiydilar va na eshitadilar. (Yer 16:9-10).

Yoqubning bolalarining hammasi emas, balki ko'plari qotib qolganlar. Isoning shogirdlari va havoriylari va ilk jamoat suvga Cho'mdiruvchi Yuhannoning qo'l ostida samimiy tavba qildilar. U Masihning kelishi va najodi uchun ularni tayyorladi va ular Uning birligida yashab, Uning ilohiy ulug'vorligining nurini ko'rdilar.

Ishayoning kitobiga ko'ra, diydasi qotish Masihning kelishidan oldin (6:5-13) 700 yillarda boshlangan, holbuki Iso (Matto 13:11-15) tasdiqlagan va Pavlus buni achinib tafsil qilgan (Havoriylar 28:26-28). Bu diydasi qotish yahudiylar Shohlarini xochga mixlash uchun topshirganlarida va Muqaddas Ruhning yashashini rad etganlarida oddiy qo'rquvga aylandi. Rimliklar ularni dunyoning hamma joyiga qul qilib ularni sotdilar.

Yahudiylarning diydasi qotishi abadiy davom etmaydi. Bu boshqa xalqlardan imonlilarning soni to'lmaguncha davom etadi. Boshqa xalqlardan gunohkorlarning chaqiruvi to'lganda, Xudo Yahudiylarga tavba qilib yangilanishlari uchun oxirgi imkoniyatni beradi.

Lekin Pavlus jamoat va xalqlarning tarixida hayajonli mavzudek gapiradigan, oxirgi kunlarda qutqariladigan hamma Isroil xalqi kim? (Izoh: hozirgi o'qishda siyosatlar bilan bajarish uchun hech narsa yo'q. Bu faqat ruhiy o'qishdir.)

a) Bugun, Yahudiylarning yarmi Isroil davlatida yashaydi, ularning uch qismi 52 davlatga tarqalgan.

b) “Hamma Isroilliklar” degan bayon qattiq dindor Yahudiylarni ko'rsatadimi yoki din haqida o'ylamaydigan erkin Yahudiylarni ko'rsatadimi?

c) Isroil davlatida Druz, Masihiylar va Musulmonlar yashaydi va isroillik pasportini tutadilar. “Hamma Isroilliklar” degan bayon bu odamlarni ham o'z ichiga oladimi? Yo'q, ularni haqiqatdan ham o'z ichiga olmaydi.

d) Xudo oldindan Ishayoga muqaddas ozchilikdan boshqa hech kim Isroil xalqidan qutqarilmaydi deb aytgan va deydi: “Daraxt kesib tashlanganda to'nkasi qolgan eman daraxtidek” (Ishayo 6:11-13); ya'ni odamlarning qolgani yerdagi Xudoning tirik jamoati bo'lgan muqaddas urug' bo'ladi. Bu ularning Masihga bo'lgan ishonchlarini va najodlarini ko'rsatadi.

e) Xudo xizmatkori Yuhannoga vahiysida Uning farishtalari Isroilning o'n ikki qabilasidan har biridan o'n ikki ming odamlarni belgilashini e'lon qilgan. Shuning uchun hamma qabilalardan emas, balki faqat to'liq tanlov belgilanadi. Danning qabilasi o'n ikki qabilalarning ro'yhatida eslatib o'tilmaydi, chunki u Muso va uning xalqi bilan Xudoning ahdidan qulab tushgan. Faqat bir yuzi qiriq to'rttasi belgilangan odamlardir, odamlarning qolgani saqlanib qolmaydi.

f) Havoriy Pavlus Rimliklarga (2:28-29) bo'lgan Maktubida zohiran Yahudiy asl Yahudiy emas, va zohiran, jismangina qilingan sunnat asl sunnat emas deb yozadi. Biroq, Yahudiy onadan tug'ilganlar insoniy huquqqa ko'ra Yahudiydir, lekin ular Masihning qonidan va Muqaddas Ruhidan qayta tug'ilmasalar, ruhiy haqiqatga ko'ra Yahudiy emaslar. Iso vahiysida Yuhannoga ikki marotaba Yahudiylardan ba'zilar umuman Yahudiy emasliklarini e'lon qilgan (Vahiy 2:9; 3:9).

g) Yuhannoning vahiysida va xushxabarida, biz Yahudiylar “nayza sanchganga qaraydilar” degan gapni o'qiymiz. Bu karomat Masihning ikkinchi kelishida oxirgi vaqtda qolgan ozchilikning o'zgarishini ko'rsatadi.

h) Zakaryo payg'ambar Xudo Dovud xonodoniga va Quddus xalqiga Inoyat va o'tinish Ruhini berishini dalolat qiladi; keyin ular nayza suqqan Zotga qaraydilar (Zakaryo 12:10-14). Bu karomat Yahudiylarning tavba qilishini va oxirgi kunda sinishlarini ko'rsatadi (Matto 23: 37-39).

Xulosa: Biz Masihning ko'z o'ngida kim haqiqiy Isroil ekaniga da'vo qilishga shoshilmasligimiz kerak. Muqaddas Kitob bizga bu ism siyosiy tanani yoki aniq qabilani emas, balki ruhiy haqiqatni ko'rsatishini o'rgatadi. Endilikda, biz O'rta Sharqda, Yevropada, A.Q.SH da Yoqub bolalarining minglab yangilangan odamlari haqiqiy tanlangan xalq ekanini va Masihning ruhiy badani ekanini topamiz. Biz bu son qanchaga ko'payishini bilmaymiz balki biz ular o'z yurtlarida Masihga qarshi bo'lgan qo'llarda qonli quvg'indan azob chekishlarini bilamiz. Biroq, Masihning O'zi jafokashlarning qalblarini to'plab, ularni muqaddas taxtiga oladi (Vahiy 13:7-10; 14:1-5).

Rimliklarga (11:26-27) bo'lgan Pavlusning Maktubiga chuqur kirib borgan kishi Yoqub bolalarining najodi haqidagi bu karomatlar aniq tavsillarni ko'rsatishini payqaydi:

a) Qutqaruvchi Yoqub bolalaridan ishonchsizlikni va g'oyib bo'lishlikni olib tashlaydi.

b) Yeremiya (31:31-34) Kitobida ochib berilgandek, yangi ahdga ko'ra hamma gunohning kechirimini qabul qiladi. Bu Iso (Matto 26:26-28) shogirdlari bilan qilgan yangi ahdining alomatidir, va bu va'da bajo bo'ldi.

Pavlus dindor Yahudiy xalq bu yangi ahd tufayli xushxabarning dushmani bo'lganliklariga dalolat beradi. Biroq, bu qiyinchilik nafratlangan xalqlar uchun buyuk yutuqqa sabab bo'ldi chunki ular Masih orqali najodni tanidilar va imon orqali Xudoning inoyatiga erishdilar.

Xuddi shu vaqtda, G'ayriyahudiylarning havoriysi Rim jamoatiga dushman bo'lgan Yahudiylarga, ular otalarining imoni tufayli va sodiqliklaridagi tanlovlari tufayli Xudo orqali hali ham sevikli ekanliklarini tasdiqladi. Shuning uchun, Xudo tomonidan tanlangan kishi to'siqsiz tanlanganligicha qoladi, hatto u kishi gunoh qilgan bo'lsa ham va tanlovini rad etgan bo'lsa ham. Xudo ishonadigan odamlarga bergan imonining hamma ruhiy sovg'alari va yorliqlari Uning o'zgarmas sodiqligiga tegishlidir (Rimliklarga 11:29). Shuning uchun, biz hech qachon tanlovimizdan va hayotimizning poklanishidan ikkilanmasdan, balki bola otasining so'zlariga ishongandek, Xudoning so'ziga ishonishimiz kerak.

Rimliklarga 11:30-31 da, Pavlus Yoqub bolalarining qutqarilishini hurmat bilan o'zining maktubining ikkinchi qismining maqsadini qaytarib o'tadi. U Rimdagi jamoatning dushmanlarining miyyalariga bu qoidalarni kuchaytirishga harakat qiladi:

a) Siz yangi imonlilar o'tmishda imonsiz, Xudoga itoatsiz va gunohkor edingizlar.

b) Endi, siz Iso Masih orqali va Unga bo'lgan imoningiz orqali Xudoning inoyatini va mehrini qabul qildingizlar.

c) Bu najodga ega bo'lish Yahudiylarning itoatsizliklari tufayli va Xudoning O'g'lini rad etishlari tufayli mumkin bo'ldi.

d) Shuning uchun, Yahudiylar siz qutqarish imoni bilan qabul qilgan, sizga berilgan inoyat tufayli ular itoatsiz va gunohkor bo'ldilar.

e) Ular ham chegaralanmagan mehrni qabul qilishlari mumkin.

Oxir oqibat, Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining ikkinchi qismini tushunishni istagan kishi bu qoidalarga chuqur kirishi kerak va yo'qolgan odamlar qutqarilishi uchun ularni ibodatlarga va o'tinishlarga o'zgartirish kerak.

Pavlus aqillilik bilan bu qoidalarni ko'rib chiqdi va ularni sevgisi uchun va Xudoga bo'lgan sajdasi uchun poydevordek yotqizdi. U Muqaddas Xudoni ulug'ladi chunki Xudo agar ular imon orqali ular uchun tayyorlangan qutqarilishni qabul qilgan bo'lsalar, Xudo ularning hammasiga yana mehribonchilik qilishi uchun Yahudiylar itoatsizlikka va g'alayonchilikka qulashlariga ruhsat berdi (Rimliklarga 11:32).

Pavlus Xudo sevgisi tufayli va qutqarilishni xohlagan yoki xohlamagan shakkoklardan do'zaxni bo'shatish uchun oxirgi kunda hamma gunohkorlarni qutqaradi deb aytib, har bir kishi uchun to'liq yarashishni voizlik qilmaydi. Bu Shaytonni qutqarish uchun Xudodan xohlaganlarning imonidir va shuning uchun ular Shayton bilan jannatga kirishlari uchun Shaytonga sajda qilishadi. Bu faqat tushunmovchilik va mag'rurlikdir, chunki Xudo sevgi va haqiqatdir.

Pavlus hamma Yahudiylar tavba qilib, Najodkorga bo'lgan imonlari orqali qutqarilishlariga umid qildi, holbuki Iso savoli haqida jiddiyroq edi. Iso hukm kunida vahiysiga ko'ra, kambag'allarni sevmaydiganlarga deydi: “Ey la'natilar! Ko'zimdan yo'qolinglar, iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo'yilgan abadiy olovga mubtalo bo'linglar” (Matto 25:41). Yuhannoning Vahiysi ham bu daxshatli haqiqatni tasdiqlaydi (Vahiy 14:9-14; 20:10.15; 21:8).

IBODAT: Osmondagi Otamiz, biz quvonib, hursand bo'lamiz chunki va'dalaring haqiqat va har doim bajo bo'lib kelgan. Senga rahmat aytamiz chunki samimiy tavba qilgan, hamma qabiladan bo'lgan Yoqubning bolalarining muqaddas ozchiligi Masihning to'lovini qabul qilib, tinchlik sovg'asini oldilar. Biz va xalqimiz Muqaddas Ruhingning kuchida yurishimiz uchun va kuching orqali amrlaringa bo'ysunishimiz uchun va suyukli Qutqaruvchimizning kelishiga ko'z tikishimiz uchun, bizga yordam ber. Omin.

SAVOLLAR:
77. Xudoning va'dalari nima uchun hech qachon yo'q bo'lmasdan abadiy turadi?
78. Hamma ruhiy Isroilliklar kim?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:24 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)