Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 060 (Warning the Believers of the Gentiles of being Proud)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
5. Yoqub bolalarining umidi (Rimliklarga 11:1-36)

c) G'ayriyahudiylarning imonlilarini Yoqub bolalari tomon mag'rur bo'lishdan ogohlantirish (Rimliklarga 11:16-24)


RIMLIKLARGA 11:16-24
16 Agar achitqi muqaddas bo'lsa, hamir ham muqaddasdir. Agar tomir muqaddas bo'lsa novdalar ham muqaddasdir. 17 Ho'sh, endi zaytun darahtining ba'zi novdalari sindirilgan va sen yovvoyi zaytun butog'i bo'laturib novdalar orasiga payvant bo'lgansan, daraxtning shirador tomiriga ulangansan. 18 Lekin novdalar oldida g'ururlanib ketma! G'ururlansang, bilginki, sen tomirni emas, balki tomir seni ko'tarib turibdi. 19 Ehtimol sen: “Mening payvant bo'lishim uchun novdalar sindirildi”, - dersan. 20 To'g'ri Isroil xalqi imonsizligi tufayli sindirildi; sen esa imoningda mahkam turasan. Shunga qaramay maqtanma, balki qo'rq. 21 Yo'qsa, Xudo asl novdalarni ayamagani kabi, seni ham ayamasligi mumkin. 22 Shuning uchun sen Xudoning mehribonligini ham, qattiq qo'lligini ham bilib qo'ygin! Yiqilganlarga U qattiq qo'ldir, ammo sen Uning mehribonligiga sodiq qolsang, senga mehribondir. Aks holda sen ham kesib tashlanarsan. 23 Yahudiylar imon-sizlikda qattiq turib olmasalar, ular yana payvand bo'ladilar, chunki Xudo ularni yana payvand qilishga ham qodirdir. 24 Sen tabiatan yovvoyi zaytun novdasi bo'la turib kesilding va tabiatga hilof ravishda yaxshi zaytun daraxtiga payvand bo'lding. Shunday ekan, asl novdalar o'z daraxtiga yana payvand bo'lishi naqadar osondir!

Paul ascertains that Abraham was justified by grace alone, and he recognizes that the descendants of Abraham would also be justified if they believed as their father did, for if the roots of the tree were good, its branches might also be good; and if the first loaves were delicious, the other loaves of the same dough would also be delicious. Pavlus Ibrohim faqat inoyat orqali oqlanganini tasdiqlaydi va u agar Ibrohimning avlodlari otalari ishongandek ishonsalar ular ham oqlanishadi deb tushundi, chunki agar daraxtning tomori yaxshi bo'lsa, uning shohlari ham yaxshi bo'ladi; va agar non mazali bo'lsa, xuddi shu hamirdan bo'lgan nonlar ham shirin bo'ladi.

Boshida Masihiylar Xudoning shohligida begona edilar. Ular cho'ldagi zaytun daraxtining shohlariga o'xshar edilar, lekin Ibrohim va uning qabilasi uning sharbatidan yashab, kuchidan hosil keltirishlari uchun ularga o'xshab, Xudoning qo'li ularni qari zaytun daraxtiga uladi. Biroq agar Xudoning qo'li begona shohlarda ulash uchun ba'zi asl shohlarni kesib tashlasa, ulangan shohlar olib tashlangan shohlarga qaraganda o'zlarini yaxshiroq va qadirliroqmiz deb o'ylab, mag'rur bo'lmasliklari kerak.

Yahudiylar olib tashlangan shohlarga o'xshaydilar chunki ular Masihni rad etib, Uning najodidan nafratlandilar, holbuki yangi ulangan shohlar Xudoning O'g'liga bo'lgan imonni qabul qilgan Masihiylarni ifodalaydi. Endigina ulanganlar o'zlarida mag'rurlik qilishga moyildirlar va ular Ibrohim bolalari buzuqdir va ulardan nafratlanishadi deb aytishadi. Mag'rur bo'lgan va o'zini ulug'laydigan kishi tezda harobalikka qulaydi. Bu shuning uchun Pavlus G'ayriyahudiylar orasidagi imonlilarni shishib ketishlariga qarshi ogohlantirishidir.

Havoriy davom etib, solih muqaddas Xudo asl shohlar uchun afsus chekmaganligini tasdiqlaydi, chunki ular Xudo ularga ko'pincha va'dalar orqali gapirgan bo'lsa ham hosil keltirishmagan. Agar yangi ulangan shohlar tabiatlarida kasallikni olib yurib, ularni yangilash uchun eski ildizdagi kuchga ruhsat bermaganlarida edi, Xudo ularni kesib tashlagan bo'lar edi. Pavlus bir payitda Xudoning mehribonchiligi va qattiq qo'lligi haqida gapiradi. Agar hosilsiz shohlar yangilanishga, poklanishga va muqaddaslanishga chekinmasalar, Xudoning qattiq qo'lligi ularni kesib tashlashi-da namoyon bo'ladi. Xudoning mexribonchiligi Masihga ulanganlarda seziladi, chunki U ruhiy zaytun daraxtidir, va ular Isoda mustahkam tursalar yangilanib, hosildor bo'lishadi, biroq agar ular Muqaddas Ruhining ishiga o'jarlik qilib qarshi tursalar, Xudo ularni yana qirqib olib tashlaydi.

Iso shunday deb bu qoidani tushuntirgan: “Men-tok, sizlar-novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar. Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa terib, o'tga uloqtirib yondirishadi” (Yuhanno 15:5-6).

Biroq Yahudiylar qari zaytun daraxtidan olib tashlangan shoh edilar, lekin endi Isoga va Uning ilohiyligiga ishonib, Uning to'lovini qabul qilgan kishi Xudoning qo'li bilan qayta ulanadi. Xudo mumkinmas narsani qiloladi. U kesilgan shohlarga hayot beroladi va shuning uchun Yahudiylardan ba'zilari Najodkorlari Isoga bo'lgan ishonchda qaytishadi.

Biz gunohkor bo'lganimizda Xudo bizdan nafratlanmasdan, Masihning qoni bilan bizni tavba qilishimizda pokladi va bizni Muqaddas Ruhi orqali olib keldi. Bu tarzda Ismoilning qabilasi bilan, Yoqubning bolalari va Ibrohimning hamma bolalari haqiqatni qidirsalar, Xudo ularni qutqarishni xohlaydi. Iso ularning har birida ko'p hosillar olib kelish uchun ularni ulaydi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen biz ah-loqsiz bo'lgan insonlarni poklab, inoyating bilan bizni muqaddaslading va bizni Masihning ruhiy tanasiga ulading. Sen bizga tekin hadya etgan bu sovg'a qanday buyuk! Biz o'zimiz uchun yashamasdan yoki mag'rur bo'lmasdan, balki ahloqsizlarning ko'plari Sening yaxshi hayotinga kirishlari uchun ularni ha-rakatga keltirishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOLLAR:
75. Masihning ruhiy tanasiga ulanish orqali degan so'zning ma'nosi nima?
76. Agar ulanyotganlarga zarar yetgan bo'lsa, kim havf-xatarda bo'lar edi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:28 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)