Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 057 (Is Israel Responsible for their Unbelief?)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
4. Xudoning solihligi Qonunni bajarish uchun harakat qilish orqali emas balki faqat imon orqali qo'lga kiritiladi (Rimliklarga 9:30 - 10:21)

d) Isroil xalqi imonsizliklari uchun javobgarmilar? (Rimliklarga 10:16-21)


RIMLIKLARGA 10:16-21
16 Holbuki, xushxabar keltiruvchilarga hamma quloq solmadi. Xuddi Isha'yo payg'ambar aytganidek: “Yo Rabbiy! Bizning xabarimizga kim ishondi?” 17 Shunday qilib, imon – eshitishdan, eshitish esa – Masih kalomini va'z etishdan hosil bo'ladi. 18 Ammo men shunday so'rayman: Ular eshitmadimi? - Albatta, eshitdilar, mana Zaburda qanday yozilgan: “Ularning ohangi butun dunyoga yoyildi, so'zlari esa yerning to'rt tarafiga yetib bordi”. 19 Yana so'rayman: Isroil bilmas edimi? - Avvalo Muso payg'ambar orqali Xudo shunday degan: “Men sizda xalqim bo'lmaganlar ustidan rashq uyg'oturman, fahmsiz bir qavm ila g'azabingizni qo'zg'aturman.” 20 Isha'yo payg'ambar esa Xudo kalomini jasurona gapirib degan: “Meni izlamaganlarga O'zimni toptirdim, Meni so'ramaganlarga O'zimni zohir etdim”. 21 Lekin Isroil haqida Xudo shunday degan: “Men bo'ysunmas va qaysar bir xalqqa kun bo'yi qo'llarimni cho'zib turdim”.

Pavlus Rimdagi jamoatga Masihni kutgan Yahudiylarning ko'plari na Uni taniganliklarini, na Undagi g'alaba xushxabarini bilganliklarini balki har doim Xudoning so'ziga qarshi bo'lganliklarini o'zining keskin bayoni bilan dalolat qiladi. Bu (Ishayo 53:1) “Bizning xabarimizga kim ham ishondi?” deb aytgan 2700 yil oldin xalqi uchun ibodatlarida achinib azob chekkan payg'ambar Ishayo vaqtida yuzaga kelgan.

Yahudiylarning ko'pi bu xushxabarni eshitgan. Lekin ular na tushundilar, va na bunga ishondilar. Ulardan ba'zilari ularga taqdim etilgan bu inoyatni sezdilar, biroq ular bunga bo'ysunishni istamadilar. Ular saqlaydigan Xudolarini sevishdan ko'ra bag'ritosh xalqini va ishonmaydigan muhitlarini yaxshiroq sevdilar va ular mehribon Yaratguvchidan qo'rqishdan ko'ra insonlardan qo'rqdilar. Pavlus bu tebranishga imon voizlik qilishdan keladi degan o'zining sobiq nutqining jamlanishi bilan javob berdi. Bu qanday qilib sizga xushxabar yetib borish, madhiya orqalimi, yoki Kalom oyatlari orqalimi bu muhim emas, balki Xudo sizning ustingizdan o'tib ketayotgan havfda bo'lganingizdek siz Unga buni darhol ochishingiz uchun U yuragingizning eshigida taqillatishi muhimdir.

Boshqalarga xushxabarni olib keladiganlar oddiy odamlarga tushunarli bo'lmagan oliy nafis ifodalarda buni keltirmaslik kerak balki tinglovchilar tushunadigan oddiy so'zlar bilan keltirish kerak. So'zlovchi tinglovchilarning tilida Xudoning so'zini keltirish kerak. U buning qoniqishini qisman emas, balki to'liq keltirishi kerak. Voizlik qiladigan har bir kishi shaxsiy tarzda va do'stona gapirish uchun, nutqida amaliy misollarni berish uchun o'zini o'rgatish kerak. Ibodat Xudoning so'zi va irodasining tarqashi bilan birga borishi kerak; va so'zlovchi Xudoga minnatdorchilik bildirib va hamdu-sano bilan shahodatini kiyintirib, aytayotgan har bir so'ziga ishonishi kerak.

Voizlik bu nazariy ta'lim emas, balki Xudo orqali kuchga ega bo'lganlarga Uning buyrug'i va topshirig'ida tashkil bo'lgan Undan bo'lgan chaqiruvdir. Shuning uchun, Rabbiyga bo'lgan bizning imonimiz xushxabarga ishonishimizdan ko'ra muhimroqdir chunki Rabbiy bizga Uning so'zini eshitadiganlarga olib kelishimiz uchun bizga berdi; bu orqali ularni ogohlantirish, ularni boshqarish, ularni chaqirish, ularni ruhlantirish va ularni qimirlatish. So'zlovchi Masihning o'rniga gapirmasligi kerak balki Uning sodiq elchisi bo'lishi kerak, havoriy Pavlus aytganidek: “Shunday qilib, biz Masih uchun elchilik qilyapmiz, Xudo biz orqali insonlarga murojat etyapdi. Biz Masih nomidan yolvoryapmiz: Xudo bilan yarashinglar!” (2 Korinfliklarga 5:20).

Pavlus ajablanadi: Balki Yahudiylarning ko'plari Masihning najodi haqida eshitishmagan. Balki hech kim aniq faqat Najodkor haqida ularga aytmagandir. Biz Zabur 19:5 da havoriyning savoliga javob topamiz, Xudoning so'zi solihlikning quyoshiga o'xshaydi. Uning ko'tarilishi osmonning bir chekkasidan, uning aylanasi boshqa chekkasigachadir; va uning issig'idan hech narsa yashirinmaydi. Bu dunyoni quyosh yoritganidek, xushxabar ham dunyoni yoritadi. Iso vaqtida xalq Uning mo'jizalarini ko'rishga va so'zlarini eshitishga yugurdi. Bugun biz eshitishni istagan kishi eshitishini va qidiradigan kishi topishini aytamiz. Kim xushxabarni eshitishni istasa radio va televizor ko'rsatuvlari yordam beradi.

Bugun inson ajablanadi: Nimani tanlayin: pulnimi, yoki Ruhnimi? Pulnimi, yoki Xudonimi? Obro'ni qidiraymi, kuchnimi, jinsiy aloqanimi va vaqtixushliknimi? Yoki men Xudoning so'zini eshitib, bunga itoat qilishni istaymanmi? Odamlar hayotning hamma hududlarida o'zini qondirishga bo'ysunadilar. Endi kim Yaratguvchisini eshitib, Unga xizmat qilishni xohlaydi? Pavlus ajablanishda davom etadi:

Balki Yoqubning bolalari ularga aytilgan narsani tushunmagandirlar! Balki xushxabar ularga to'liq olib kelinmagandir! Lekin Xudo bu savolga Muso shunday deb aytganda u orqali javob bergan: “Lekin Men xalq bo'lmaganlar orqali rashkini keltirish uchun ularning jig'iga tegaman; Men ahmoq bir xalq orqali ularni g'azablanish uchun harakat qildiraman” (Iklamchi Qonunlar 32:21).

Musoga bo'lgan bayonida, Rabbiy xalqqa aytishga maqsad qildi: “Sizlar Mening so'zimni eshitishga tayyor emassizlar, Men O'zimni ochib, tanlanmagan va o'qimishsiz xalqqa sevgimni beraman. Men mag'rur va nodon xalq bo'lgan sizning o'rningizga Men bilan tanlanmagan xalq marhamat topishini ko'rganingizda sizni xasadgo'y va qahrli qilaman. Men ularni Meni sevishga va ulug'lashga boshlayman.”

Xudo Masihdan 600 yil oldin O'zining payg'ambari Ishayoga e'lon qilgan: “Meni so'ramaganlar, Meni qidirishdi; Meni qidirmaganlar, Meni topishdi” (Ishayo 65:1; Rimliklarga 9:30).

Endilikda, biz Xudo inonmaydiganlar Uning borligini bilishlari uchun ularning yo'llarida qarshi turishini ko'ramiz. Xudo tushlar, hodisalar va kasalliklar orqali U uchun g'amho'rlik qilmaydiganlar bilan gaplashadi. Biz bu ilmiy dunyoda Yaratguvching borligini qabul qilishdan boshqa bu olamning rivojiga javob topmaydigan ko'p ilmdonlarni ko'ramiz, holbuki xuddi shu vaqtda Xudoning xalqi o'zlarining Rabbiylarini pisand qilmay, Undan burilib ketadilar. Xudoda boshqa xalqni O'zining xalqi qilish uchun minglab yo'llar bor. Bu dalil Pavlus o'zining xizmat safarlari davomida achinish bilan ham va hursandchilik bilan ham boshidan o'tkazgan sir edi (Havoriylar 28:24-31).

Xudo Ishayoga ham e'lon qilgan: “Men o'zlarining fikrlariga ko'ra yaxshi bo'lmagan yo'lda yurgan g'alayonchi xalqqa butun kun qo'limni uzatdim; Mening yuzimga doimiy ravishda g'azablanish uchun Mening jig'imga tegadigan xalqqa” (Ish 65:2-3). Xudo e'loni orqali bizga ona bolasi vayrongarchilikka yiqilmasligi uchun unga qo'llarini cho'zganidek, Xudo ham itoatsiz xalqiga qo'llarini cho'zganini aytishni xohlaydi. Shuningdek, Xudo xalqini qutqarishni istadi, lekin ular Uni eshitishga tayyor emasliklarini ko'rdi. Ular Uning so'ziga bo'ysunmasdan, Unga qarshi qo'zg'alon qildilar.

O'zlarining g'alayonlarida turib olib, loqaydlarcha yashadilar, Uni qoldiradiganlardan yuz o'girmaydigan Xudoning sevgisi qanday ajoyib. Biroq, oxirida Hukmdor tanlangan xalqning ko'piga qarshi hukmini chiqaradi. Ular Xudoga bo'ysunmaydilar va Xudo ularni qutqarishini xohlamaydilar. Ular chuqur haqida ogohlantirilib, qoqilib, uning ichiga tushib ketadigan ko'r kishiga o'xshaydilar. Shuning uchun, Xudo Isroil xalqiga ular uchun sevgisidan qat'iy nazar, ularning yomon holatlari uchun ularning o'zi javobgar ekanini e'lon qilgan.

IBODAT: Ey Iso Masihning Otasi, bolasi qulab tishmasligi uchun, unga qo'lini cho'zadigan onadek, bizga qo'lingni cho'zadigan Otamizsan. Biz sevging uchun Senga sajda qilib, Yoqubning bolalari Isoning so'zini eshitishlari uchun va bunga minnatdorchilik va hursandchilik bilan bo'ysunishlari uchun ularning quloqlarini ochib yuborishingni so'raymiz. Omin.

SAVOLLAR:
69. Bugun har bir kishi agar istasa, qanday qilib xushxabarni eshita oladi, tu-shuna oladi va qabul qila oladi?
70. Nima uchun Xudo tanlangan xalqining butun xalqlardan yangi odamlarni yaratdi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:06 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)