Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 056 (The Absolute Necessity of the Testimony of the Gospel)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
4. Xudoning solihligi Qonunni bajarish uchun harakat qilish orqali emas balki faqat imon orqali qo'lga kiritiladi (Rimliklarga 9:30 - 10:21)

c) Yoqubning bolalari orasida xushxabar shahodatining to'liq zaruriyati (Rimliklarga 10:9-15)


RIMLIKLARGA 10:9-15
9 Agar sen Isoni Rabbim deb, og'zing bilan ochiq iqror et-sang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan inonsang, na-jod topasan. 10 Chunki oqlanish uchun yurak bilan e'tiqod qilmoq, qutilish uchun og'iz bilan iqror bo'lmoq lozimdir. 11 Tavrotda yozilganiday: “Unga e'tiqod qilgan hech kimsa uyatga qolmas”. 12 Bu masalada yahudiy bilan g'ayridiy orasida farq yo'qdir. Xuddi o'sha Rab-hammaning Rabbidir. Ismini chaqirganlarning hammasi uchun U ehsonga boydir. 13 Chunki “Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najod topur”. 14 Ammo ular inonmasdan turib, Uni qanday chaqiradilar? U haqda eshitmagan holda, Unga qanday inonadilar? Targ'ib qiluvchi bo'lmasa, qanday eshitadilar? 15 Yuborilmasdan turib, Kalomni qanday targ'ib qiladilar? - Tavrotda yozilganidek: “Naqadar go'zaldir ezgulik mujdasin, tinchlik xushxabarin keltirgan oyoqlar!”

Havoriy Pavlus Rimdagi asl Yahudiylarning Masihiy jamoati bilan ruhiy urushni davom ettirishni boshladi. Pavlus ularga voizlikda qadamlar va har hil qismlar borligini tushuntirdi. Haqiqiy imon yurakdan boshlanadi, chunki inson yuragida ishonadi. Bu imon imonli butunlay va yaqin ishonadigan Iso bilan birlashib Unga bog'langan.

Imonga qo'shimcha ravishda, aytilgan guvohlik bo'lishi kerak, chunki bu haqiqat zulmatni olib tashlash kerak. Imon va guvohlik birga bog'lanadi. Guvohlik bir tomondan tinglovchilar tushunishi uchun imon haqida gapiradi, bir tomondan bu guvohning o'zi imoni haqida ko'proq aniqligiga erishishi mumkin.

Pavlusning o'zi va Masih hadya qilgan boshqa guvohlar bo'lgan imon kafolotida ba'zi asoslar va ta'limotlar bor:

1. Iso Rabbiydir. U olamning egasidir va butun hokimyat Unga berilgan. Dovud shunday deb aniq dalolat bergan: Xudovand mening Rabbimga aytdi: “Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib turgin!” (Zabur 110:1). Havoriy Yuhanno Xudoning Qo'zisi taxtda o'tirganini atroflicha tasvirlab bergan (Vahiy 5:1-14); va Pavlus xochga mixlanib, o'limdan Tirilganning ulug'vorligida Isoning ismiga har bir tizza tiz cho'kishi kerakligi va osmonu yerda va yer ostida va har bir til Iso Masihni Ota Xudoning ulug'vorligiga Iso Masihni Rabbiy ekanini tan olishiga dalolat bergan (Filippiliklarga 2:5-11).

“Iso Rabbiydir” degan qisqa bayon Masihiy imonning ustunidir. Bu Iso Masih Muqaddas Uch Birlikning birligidagi haqiqiy Xudoligini anglatadi. U samoviy Otasi bilan to'liq birlikda yashab hukm suradi.

2. Bu Masihning shon-shuhrati xochga mixlanib o'lgan va Uni o'limdan hayotga tiriltirgan muqaddas Xudo ekani bu dalilda tashkil etiladi. Masihning tirilishi Masihiy imonning ikkinchi ustunidir; chunki agar Inson O'g'li haqiqatdan ham tirilmaganda, Uning tanasi butunlay chirib ketardi. Lekin U qabirdan tirildi va U ruhiy tanasi bilan devorlar va qoyalar orqali yurdi. Iso tirikdir, holbuki barcha boshqa dinlarni tashkil qiluvchilar chirigan tanalari bilan o'likdirlar. Masihning tirilishi muqaddasligining, g'alabasining, kuchining va to'liq najodining isbotidir.

3. Yuragida bu dalillarga ishonib, bunga ishonch hosil qilganiga dalolat beradigan kishi saqlanib qoladi. Bu ishonch Iso G'olib ekanligiga jasurlik va hursandchilik bilan guvohlik berish uchun imonlilarni boshlaydi. Bu kishi o'zining guvohligida Masihning hayotini, Ruhini va tinchligini qatnashtiradi. Masihda tashkil bo'lgan va Unga suyanadigan kishi hech qachon qulamas.

5. Pavlus bu ishonch o'sishida, Rabbiy Iso Masihga ishonadigan kishi muqaddas Xudo orqali oqlanib, hamma gunohlaridan ozod bo'lib, oxirgi hukmda ozod bo'lib va Xudoning ruhiy oilasiga a'zodek qabul qilinib, Masihning ruhiy tanasiga ulanishini aytadi. Qisqacha aytganda, imonli mustahkam va abadiy Iso bilan o'zini bog'laydi. To'liq oqlanish va najod oqlangan gunohkor Xudoga maqbul bo'lishi uchun, imonining shahodati orqali qo'lga kiritiladi. Bu shahodat najod uchun sabab emas, chunki aslan oqlanishni faqat imon orqali qo'lga kiritiladi. Biroq, bu shahodat imonlining najodi amaliy va ko'rinarli yetuk bo'lishi uchun, unga berilgan shunday oqlanishni tushunib rivojlantiradi. Oqlanish va najod Masihdan keladi va imonlining shahodati orqali saqlab qoladigan Rabbiysiga erishadi.

5. Yangi Ahd va oqlanishdagi imonning bu ko'rsatishidan keyin faqat bunga imon orqali erishildi, Pavlus bir zarbani maqsad qiladi: Agar Yahudiy va Masihiy Masihga ishonib, Uning inoyati orqali yangilangan bo'lsa, ularning o'rtalarida farq yo'qdir. Ular uchun faqat bir Rabbiy, bir Najodkor va bir Qutqaruvchi bor. Yahudiylarni Ibrohim yoki Muso saqlab qolmadi, balki faqat Iso saqlab qoldi. Masihning najodi, kuchi, hayoti va sevgisi bir tarzda Yahusiylarga ham Masihiylarga ham tegishlidir. Dunyoning gunohini olgan Xudoning yumshoq Qo'zisidan boshqa har bitta kishi uchun to'lovdek o'zini bergan va xochga mixlangan boshqa zod yo'q.

6. Pavlus Iso boy va Uning ruhiy boyliklarida Undan so'raganlarning hammasini sherik qilishini aniq ifodalab beradi (Rimliklarga 10:12-13). U bokira Maryamga yoki azizlarga egilmasdan, tirik Iso Masih oldida yuragini berib, Unga ibodat qiladigan har bir kishiga Muqaddas Ruhini, ilohiy kuchini va abadiy sevgisini beradi. Najod uchun, poklanish va qutqarilish uchun o'tinib so'ramasangiz, siz bilan hech narsa yuz bermaydi. Inoyat barchaga mavjuddir, lekin biz buni qidirishimiz kerak (Yuel 3:5). Biz o'tinib so'rash bilan bizda “Aziz, Ota” deb chaqiryotgan Muqaddas Ruhning ovozini eshitamiz (Rimliklarga 8:15-16).

RIMLIKLARGA 10:15-16
15 Yuborilmasdan turib, Kalomni qanday targ'ib qiladilar? - Tavrotda yozilganidek: “Naqadar go'zaldir ezgulik mujdasin, tinchlik xushxabarin keltirgan oyoqlar!” 16 Holbuki, Xushxabar keltiruvchilarga hamma quloq solmadi. Xuddi Isha'yo payg'ambar aytganidek: “Yo Rabbiy! Bizning xabarimizga kim ishondi?”

Bu Ruh bizga Xudoning Qo'zisiga gunohlarimizni tan olishni va Uning o'limi uchun, tirilishi va kelayotgan Xudoning g'azabidan bizni saqlash uchun tayyorgarligi uchun Unga rahmat aytishni o'rgatadi.

Bizda ibodat qiladigan ruh takabbur bo'lmasligi kerak. Masihga ishonadigan kishi faqat o'zi uchun ibodat qilmaydi, balki yupatyotgan Ruh uning oldiga qo'ygan hamma uchun ibodat qiladi. Masihiylikning boshida Yoqubning bolalari G'ayriyahudiylarning orasida yo'ldan adashib ketayotganlar uchun bu tarzda ibodat qilganlar; biz ham xuddi shu tarzda bugunlik kunda Yahudiylar va Musulmonlar uchun ibodat qilishimiz kerak. Bu Ruhning maqsadi Xudoning Qo'zisidan qo'zg'alyotgan voizlik harakatidir (Havoriylar 1:8; Vahiy 5:6).

7. Havoriy Pavlus Rimdagi Yoqubning bolalari haqida Masihga ishonuvchilarga qanday qilib amalda xushxabarni voizlik qilishni, qanday qilib bir tanlangan xalq bo'lishdan tuyg'ularini yengib chiqishni va qanday qilib Muqaddas Ruh ehtiyotkorlik bilan ishlash uchun ularni yetaklayotganini ularga tushuntirdi.

Imonsizlar Isoga inonmasalar Rabbiy ularni qanday qilib chaqiradi? Agar ular Iso haqida batafsil eshitmagan bo'lsalar, ular qanday qilib Unga ishonadilar? Ular sodiq voizhonsiz qanday qilib Uni eshitishadi? Agar ular Masih tomonidan jo'natilmagan bo'lsalar qanday qilib voizhon voizlik qiladi? Faqat imonsizlar ayibdor emas, balki o'zlari buni boshlaridan kechirmagan, ularga najod haqiqati haqida aytmaganlar ham ayibdordirlar. Pavlus Ishayoga Rabbiyning so'zini zikr etganidek ho'rsinadi: “Tog'lar uzra qanday chiroyli xushxabar olib keladigan, tinchlikni e'lon qiladigan, yaxshi narsalarning hursandchilik xabarini olib keladigan va najodni e'lon qiladigan oyoqlar” (Ishayo 52:7).

Pavlusga ko'ra bu xushxabar, Iso yashashi va hukm surishi va Uning najodi tarqalishini tan olishni o'z ishiga oladi. Iso Masihdagi Xudoning shohligi imonlining hursandchiligi uchun sababdir. Shuningdek bugun Masih hukm surib, g'alaba qozonishiga hursandchilik bilan kim ishonyapdi? Biz hammamiz imonimizda dangasa bo'lib charchadikmi? Bugun “Sening shohliging kelsin” va deydi: “Ha Rabbiy, shohliging mamlakatimga kelsin” degan bu ibodatning javobiga kim ishonadi?

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen Isoni sa-moga ko'tarib, Uni rabbiylar Rabbiysi va shohlar Shohi qilding. Ko'plab tin-glovchilarning yuragiga abadiy hayotning uchquni kirishi uchun Uning o'limdan tirilganini va U Sen bilan o'tirganini donolik bilan tan olishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOLLAR:
67. Imon va guvohlikning o'rtasidagi a'loqa nima?
68. Havoriy Pavlusga ko'ra imon va guvohlik qanday qilib amaliy rivojni yara-tadi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:03 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)