Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 055 (The Aggravation of the Offense of the Israelite People)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
4. Xudoning solihligi Qonunni bajarish uchun harakat qilish orqali emas balki faqat imon orqali qo'lga kiritiladi (Rimliklarga 9:30 - 10:21)

b) Isroil xalqining gunohining keskinligi chunki Xudo ularga boshqa xalqqa qaraganda mehribonroq edi (Rimliklarga10:4-8)


RIMLIKLARGA 10:4-8
4 Masih esa-Qununning oxiridir. Masihga e'tiqod qilgan har bir gunohkorni Xudo oqlaydi. 5 Ilohiy Qonunga rioya qilish bilan o'zini oqlamoqchi bo'lganlar haqida Muso payg'ambar bunday yozgan: “Qonunni bajo keltirgan odam shu bilan yashayveradi”. 6 Imonga tayangan solihlik esa bunday so'zlayapdi: “Yuragingda: Osmonga kim chiqadi? - dema (go'yo Masihni yerga tushurish uchun). 7 Yoki: Yerning qa'riga kim tushadi? - dema” (go'yo Masihni tiriltirish uchun). 8 Oyat nima deydi, eshit: “Kalom senga yaqindir, sening og'zingu dilingdadir”. Mana bu biz targ'ib qilib yur-gan imon kalomi.

Pavlus qonunning asosiy maqsadi Iso Masih ekaniga dalolat beradi, chunki U yo'l, haqiqat va hayotdir. U siz hech kim Otaning oldiga borolmaydi (Yuhanno 14:6).

Masih qonunning hamma talablarini uning ikir-chikirlari bilan to'liqligicha bajardi va ergashish uchun bir misol bo'ldi. Shuning uchun biz o'zimizni Unga solishtirganimizda, biz o'zimizni buzuq ekanligimizni topamiz. Bu Yahudiylar va Masihiylar haqidadir, chunki hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir, chunki hammaga sevgi va haqiqat yetishmayapdi (Levitlar 18:5; Rimliklarga 3:23).

Iso xuddi shu vaqtda o'limi orqali dunyoni Muqaddas Xudo bilan yarashtirdi (2 Korinfliklar 5:18-21). Masih eski qonunni to'liq bajardi va shuning uchun biz Unda inoyat qonunini qidiradigan yangi qonunimizdir. Uning o'limi bizning yangi huquqimizni bajardi, biz abadiy hayotni qabul qilishimiz uchun inoyat orqali erkin oqlanishga ega bo'lamiz. Shunday qilib, Masih bizning solihligimizdir (Ishaya 45:24; Yeremiya 23:6; 33:16), va Uning oldiga kelgan kishi hukm qilinmas.

Xudo Musoning qonunida shunday deydi: Mening amrlarimni bajargan kishi yashaydi. Biroq faqat Isodan boshqa hech kim Xudoning hamma amrlarini bajarmadi. Shuning uchun, hech kim yaxshi ishlari orqali abadiy yashamaydi. Bu nima uchun Yahudiylar ibodatlari orqali, xizmatlari orqali, ro'zalari va Xudoning g'azabidan ularni saqlab qolish uchun va'da qilingan Masihning kelishini kutishlar orqali harakatlaridir. Bir tomondan, ular O'zi xohlab kelgan haqiqiy Masih haqida eshitishni va Unga yaqinlashishni xohlashmaydi.

Imon solihligiga yangi Masih osmondan kelishi shart emas, yoki unga yangi Masih o'limdan tirilishi kerak emas, chunki Masih bizga keldi (Luqo 2:11), va o'limdan tirildi (Matto 28:5-6), va hayot so'zi ko'plarga yetib bordi. Voizlik qilinadigan xushxabar Masihning hokimyatining to'liqligidir. Buni eshitib bunga ishongan kishi yuragidan xushxabar inoyatini qabul qiladi va buni talaffuz qilgan kishi og'zida buni topadi. Biz bilganimizga ko'ra boyrog'miz va shuning uchun boshqalarga bu ruhiy oziqda ulushni berishimiz kerak, chunki ular o'zlarini buyuk va kuchli deb o'ylashadi, lekin haqiqatdan ham ular gunohlarda tanaviy va o'likdirlar.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen biz uchun dunyoning gunohini olib, kechirish uchun va qonuningni bajarish uchun yagona O'g'lingni jo'natding. Uning umumiy qonun o'limini to'lovi bizni ayiblay olmaydi. Iso qonun asrini tomomlab, bizni inoyat asriga olib keldi. Omin.

SAVOLLAR:
65. Masih qonunning oxiridir degan Pavlusning shiorining ma'nosi nima?
66. Yahudiylar Masihlarining kelishiga nima uchun ko'z tikadilar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 06:58 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)