Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 054 (The Jews Neglect the Righteousness of God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
4. Xudoning solihligi Qonunni bajarish uchun harakat qilish orqali emas balki faqat imon orqali qo'lga kiritiladi (Rimliklarga 9:30 - 10:21)

a) Yahudiylar imon orqali qo'lga kiritiladigan Xudoning solihligini hor qiladilar va ular Qonunning ishlariga yopishib oladilar (Rimliklarga 9:30 - 10:3)


RIMLIKLARGA 9:30 – 10:3
30 Endi bunga nima deymiz? Bir yoqdan solihlik payidan bo'lmagan majusiylarni Xudo O'zi oqladi, ular Masihga ishonib, solih deb qabulga o'tdilar. 31 Ikkinchi yoqdan Isroil xalqi o'zimizni oqlaylik, deb Ilohiy Qonunga qattiq rioya qil-ishga unnab, Qonunni o'rinlatmay, ayibdor bo'lib qoldi. 32 Nima uchun? Chunki ular imonga tayangan solihlikni izlamay, balki Qonun amrlarini bajarish bilan savob qozonmoqchi bo'ldilar va to'siq toshiga qoqinib, munkib ketdilar. 33 Xuddi Tavrotda yozilganidek: “Mana, Men Sionda bir to'siq toshini, odamlar qoqinib ketguvsi toshni qo'yurman. Unga e'tiqod etgan kishi uyatga qolmas”. 1 Ey birodarlar yuragim orzu-armoni va Xudodan yolvorgan tavalloyim-isroilliklarning qutilishidir. 2 Ularning Xudo yo'lida g'ayratlari borligiga guvohdirman. Biroq bu g'ayrat haqiqiy tushunchaga asoslangan emas. 3 Xudoning O'zi odamlarni oqlab solih deyishini ular anglamasdan, o'z solihliklarini o'rnatishga intildilar, yakka O'zi odamlarni oqlab solih degan Xudoga iltijo qilmadilar.

Havoriy Pavlus Rimdagi jamoat a'zolarini ular Xudoning solihligi faqat Masihga bo'lgan imonlari orqali qo'lga kiritilishini tushunishlari uchun ularni oxirgi qarorlaridan qaytarishga harakat qildi, holbuki solihlik harobalikka diniy mutahassislarni boshlaydigan ishlarda barpo qilindi. Uning savoli keskin edi. Havoriy Pavlus birinchi jamoatning kengashi oldida va asosan qonunga ko'ra solihlikni tutganlar oldida, ulardan hech biri Xudoning hamma amrlarini bajarmaganligini va hech qaysisi ishlari orqali saqlanmasligini balki faqat Masihda bo'lgan Xudoning inoyati orqali saqlanib qolishlarini (Havoriylar 15:6-11) ularning oldida tan oldi. Masihning inoyatidan nafratlanadigan kishi qorong'ulikda yurib, to'satdan yo'lida katta toshga qoqilib, yiqilib nobud bo'ladigan kishiga o'xshaydi (Ishaya 8:14; 28:16).

Hatto u Yahudiylarni Xudo bilan yarashtirgan bo'lsa ham, ularning ko'plari uchun Masih ularning hukmi uchun sabab bo'ldi, chunki ular Uning yagona inoyatini rad etishdi. Biroq, Najodkorlarini tanigan va Unga ishongan kishilar saqlanib qoldilar.

Pavlus ko'plab Yahudiylar qonunni bajarishda tirishqoq eknaliklarini va har bir harakatni amrlarga itoat qilish uchun qilganliklarini tan oladi. Pavlus ularning tirishqoqliklari uchun ularni sevgan va u ularning hayotlarining imkoniyatlarini ushlashlariga va ularga berilgan buyuk sovg'ani qabul qilishlariga umid qilgan. Shuning uchun, Pavlus Xudoga ibodat qilib, ularning ko'plari uchun tayyorlangan najodga boshqarilishlarini o'tinib so'radi.

Biroq, Pavlus Yahudiylar qonunlarini tutgan Rim Imperiyasida iqtisodiy markazlarning ko'pida bo'ldi. Ular o'zlarini tanlangan xalqdek hisobladilar va boshqa xalqlarga axlatdek qaradilar. Ular Masihdagi Xudoning yangi solihligini tushunmasdan, gunohsizliklarini isbotlash uchun 613 amrlarga bo'ysunish uchun ro'za, ibodat, qurbonliklar, hissalar va ziyoratlar orqali harakat qildilar. Bu qanday yolg'on fikr! Ular o'zlariga qanday azoblanish holatini olib keldilar!

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilamiz, chunki biz imonlilar nopok G'ayriyahudiylardanmiz lekin biz inoyatingning to'liqligidan bir marhamatni boshqasidan keyin oldik va bizga O'zingning solihligingni buyuk sovg'adek bizga taqdim etding. Shuning uchun, biz insoniy ishlarimiz bizni oqlaydi deb o'ylaydigan boshqa dinlarning izdoshlariga xuddi shu marhamatlarni taqdim etish uchun Senga ibodat qilamiz. Iltimos ularning mag'rurliklarini buzib yubor va ular suyukli bolalar kabi Senga ishonishlari uchun ularga yordam ber.

SAVOLLAR:
63. Nima uchun turli hil xalqning millionlab imonlilari Xudoning solihligini qo'lga kiritib, bunda o'rnashdilar?
64. Nima uchun boshqa dinlarning dindor xalqi Xudoning solihligini qo'lga ki-ritish uchun qonunlariga bo'ysunishga harakat qiladilar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:51 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)