Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 052 (God Selects whom He has Mercy on)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
3. Xudo hatto Isroil xalqining ko'pi Unga qarshi bo'lgan bo'lsa ham solihligicha qoladi (Rimliklarga 9:6-29)

b) Xudo istaganiga marhamat etadi va istaganini diydasini qotiradi (Rimliklarga 9:14-18)


RIMLIKLARGA 9:14-18
14 Bunga nima deymiz? Xudo nohaqmi? - Aslo! 15 Mana, Xudo Musoga nima degan: “Marhamat etganimga marhamat etaman, rahm aylaganimga rahm aylayman”. 16 Shunday qilib, tanlanish insonning orzu yoki tashabbusiga emas, balki Xudoning marhamatiga bog'liqdir. 17 Tavrotda Xudo Fr'avinga aytganidek: “Qudratimni sen orqali namoyon qilay, deb ismim butun yer yuzida ma'lum bo'lgay, deb Men seni yuksaltirdim”. 18 Demak Xudo istaganiga marhamat etadi va istaganining diydasini qotiradi.

Ibtido 33:19 da biz Musoga bo'lgan Xudoning vahiysidan Xudoda aniq bir insonga mehr ko'rsatishi uchun va bu inson gunohkor bo'ladimi yo'qmi, mehrida davom etishi uchun huquq borligini topamiz. Shuning uchun, Xudoning tanlovi insonning ishlariga bog'liq emas, balki faqat Qudratlining mehribonchiligiga bog'liqdir; va insonning najodi Xudoning chegaralanmagan inoyati tufayli xizmatsiz oqlanishini anglatadi.

Biz Chiqish 9:16 da muqaddas Xudo Misrning ruhlariga to'lgan vosetachi Fravinga aytgan xuddi shu tushunchani o'qiymiz: “Lekin haqiqatdan ham bu maqsad uchun Men kuchimni senda ko'rsatishim uchun va ismim butun yer yuziga e'lon etilishi uchun seni ko'tardim”. Bu ilohiy e'lon yozish uchun Pavlusni ruhlantirdi: “Demak, Xudo istaganiga marhamat etadi va istaganining diydasini qotiradi” (Rimliklarga 9:18).

Bu Xudoning muqaddasligi tufayli to'g'ridir. Biroq, Xudo hukmdor emas, balki U hamma insonlar saqlanib qolishini va haqiqatni tushunchasiga kelishini istaydi (Rimliklarga 11:31; 1Timotiy 2:4; 2 Butrus 3:9). Agar kimdir Xudoga qarshi bo'lgan ruhlarga yuragini ochgan bo'lsa, yoki Isoga qarshi bo'lgan fikrlarga to'lgan oiladan, qabiladan, xalqdan chiqqan bo'lsa, Xudo ochiqchasiga buyrug'lariga qarshi chiqish uchun zararli boshqaruvchiga ruhsat beradi, lekin Xudo shunday buyuk bosh tortuvchiga hurmat bilan abadiy kuchini isbot qiloladi ham.

Pavlusning maktubining boyagi oyatlariga javobda, ba'zilar Islom Xudo istagan kishini adashtiradi va istagan kishisini boshqaradi, chunki Xudoda muqaddasligiga ko'ra barcha insonlarni adashtirishga huquqi bor, holbuki hech kim solih emas degan fikrni tahmin qilib aytadi. Biroq, Xudo boshqa dinlar aytganidek bu tarzda harakat qilmaydi, chunki U hammaga mehribondir va Masihni qabul qiladigan kishi tanlovida qatnashadi, chunki Masih hech qachon gunoh qilmagan yagona Xudodir.

Lekin yolg'onchilarning otasi bo'lgan iblisga o'zini bog'laydigan va Xudodan ko'ra ko'proq buni sevadigan kishi ajablanmasligi kerak agar Muqaddas Xudo to'liq qulash uchun unga ruhsat bersa va Iso xushxabarchi Yuhanno (8:43-45) ga ko'ra xushxabarida aytganidek Xudoning kalomini tushunmasa. Xudo bu qaror qilishda erkin, lekin inson samimiy tavba qilganiga yoki qilmaganiga bo'g'liq bo'lib, bu javobgarlikda qatnashadi.

Biz kitobxonga buni ochib berish uchun Pavlus bu fikrlarni G'ayriyahudiylarga emas, balki Rimdagi Yahudiylarga yuraklarining qotib qolganini yengib chiqishlari uchun jo'natganini ko'rsatamiz. Pavlus agar ular Masihning xushxabaridagi Uning boshqaruviga yuraklarini ochmagan bo'lsalar, hatto U ularni tanlagan bo'lsa ham, ularni Xudo adashrishini ularga ochib berdi. Bu Pavlusning maktubi har bir kishiga falsafani taqdim etmaydi, balki bu bizga qanday qilib Yahudiylarning qotib qolgan yuraklarini davolashni ko'rsatadi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen Iso Ma-sihning tanlovida gunohkor bo'lgan bizlarni tanlab, hatto biz tanlovinga loyiq bo'lmasak ham bolalaring bo'lish huquqini bizga berding. Biz Senga hamdu-sano aytamiz va to'xtovsiz mehring uchun Seni ulug'laymiz va qunohlarimizdan qat'iy nazar bizni rad etmasdan va yuraklarimizni tosh qilmasdan balki o'taketgan muqaddas Sevging bilan O'zinga bizlarni tortganing uchun butun yuragimiz bilan Senga rahmat aytamiz. Omin.

SAVOLLAR:
59. Nima uchun hech kim Xudo tomonidan tanlanishga loyiq emas? Bizning ijobiy tanlovimiz uchun sabab nima?
60. Xudo nima uchun Fravinning yuragini qotirib qo'ydi? Odamlarning, qabila-larning va xalqlarning diydasi qotib qolishi qanday yuzaga keladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:44 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)