Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 051 (God Remains Righteous; The promises of God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
3. Xudo hatto Isroil xalqining ko'pi Unga qarshi bo'lgan bo'lsa ham solihligicha qoladi (Rimliklarga 9:6-29)

a) Xudoning va'dalari Ibrohimning tabiatan bo'lgan bolalari haqida qayg'urmaydi (Rimliklarga 9:6-13)


RIMLIKLARGA 9:6-13
6 Xudoning kalomi o'z kuchini yo'qotdi, demoqchi emasman. Ammo Isroildan bo'lganlarning hammasi Xudo xalqi emasdirlar. 7 Ibrohim zurriyotidan bo'lganlarning hammasi Ibrohim bolalari emasdirlar, balki Xudo Ibrohimga aytganidek: “Sening zurriyoting Ishoq orqali ko'payadi”. 8 Demak, Xudoning farzandlari tabiatan tug'ilgan bolalar emas, faqat ilohiy va'da bo'yicha tug'ilganlar haqiqiy zurriyot hisoblanadilar. 9 Xudoning Ibrohimga bergan va'dasi ana shunday edi: “Kelgusi yil shu vaqtda Men kelaman va Soroning bir o'g'li bo'ladi”. 10 Bunga o'xshab, Rivqo bibi ham egiz o'g'illariga homilador bo'lgan edi. Ular bitta otadan, ya'ni ulug' otamiz Ishoqdan edilar. 11-12 Bu bolalar hanuz tug'ilmagan va yaxshi yoki yomon biron ish qilmagan vaqtda, Xudo Rivqoga: “Kattasi kichigiga qul bo'ladi”, - degan edi. Demak, Xudo birovni tanlaganda, uni O'zi bilganidek, savob ishlaridan qat'i nazar yorlaqaydi va da'vat etadi. 13 Xudo Tavrotda aytganidek: “Men Yoqubni sevdim, lekin Esovdan nafratlandim”.

Qonun mutaxassisi bo'lgan Pavlus Yahudiylarga ham Rimdagi asl Yahudiylarning Masihiylariga g'alati bo'lgan bu haqiqatni ochib berishni xohladi. Pavlus Xudoning so'zi bu o'zgacha rivojni aniqlab beroladigan va bu sirga to'g'ri javobni bera oladigan bu faqat haqiqat ekanini ularga yozdi. Bu javobda ikta jihat bor:

Birinchisi: Ibrohimning hamma bolalari va'dalaring bolalari emas. Xudo Ismoilni Masihning avlodlaridan biri qilib tanlamadi. Ismoil va uning barcha avlodlari diniy nasli tashqarisida qolishgan va Yoqubning bolalarining tanlovini tashqida qolishgan. Biz bu rivojdan insonning tabii bolasi o'zining ruhiy kelajagini rejalashtirolmasligini o'rganamiz. Hamma ham Masihiy oilada tug'ilib tezda haqiqiy Masihiy bo'lib qolmaydi, balki shaxsan Xudoga qaytib kelishi kerak. Xudoda nabiralar emas, balki bolalar bor.

Bu haqiqat bizga barcha tanlangan Yahudiylar Xudoning bolalari emasligini, balki faqat Masihning xushxabariga ochiq bo'lishni xohlaganlar Uning bolalari ekanini ochib beradi. Ibrohimning asranib olish huquqi ularga ko'rsatiladi, lekin buning hosili odamlarning xohishiga bog'liq.

Ikkinchisi: Biz Muqaddas Kitobda Ishoqning hotini Rebekaga u egiz o'g'illarini tug'ishidan oldin katta o'g'il kichigiga xizmat qili-shini o'qiymiz (Ibtido 25:23). Ularning ikkovi ham bitta otaning o'g'illari bo'lgan. Lekin Xudo nasl-nasablar ularning har birida har hil o'sishini oldindan bilar edi.

Biroq, Xudo kichigi bo'lgan Yoqubni tanlab, akasi Ishoqni rad etdi. Hatto Yoqub tanaviy Ishoqdan yaxshiroq bo'lmasa ham, u Ishoqdan ko'ra ta'sirliroq ishonish uchun qobilyatidan quvonib samimiy tavba qildi. Kalom Ishoqda shunday hislatlarni eslatmaydi. Bu hodisa bizga insonning qaroriga ko'ra tanlovi Xudoning donoligiga va irodasiga bog'liqligini tushuntiradi.

Hech kim Xudoni uni rad etishi uchun ayiblamaydi, chunki biz o'zimizning sirlarimizni yoki tanamizdagi merosni bilmaymiz. Xudoning O'zi muqaddas va tanlovda ayibsizdir.

Ba'zi teologiklar Xudoning tanlovida insonning borlig'i bilan va harakatlari bilan bajarishga hech narsa yo'qligini balki bu faqat Yaratguvchining tanlovlariga bog'liq ekanini ko'rishadi; va bu kishi Xudoning maqsad va rejalarini tushuna olmaydi. Bu fikrga hamma ham qo'shilmaydi, chunki Xudoyimiz faqat muqaddas emas, balki sevguchi va mehribon Otadir.

Iso bu xizmati mobaynida keskin so'zlarni aytdi: “Mening qo'ylarim tovushimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. Men ularga abadiy hayot bag'ishlayman” (Yuhanno 10:27-28). Hamma ham Uning tovushini eshitmaydi va Uning tovushini eshitganlarning hammasi ham Unga javob bermaydilar yoki Uning buyrug'lariga ko'ra harakat qilmaydilar. Biz bir urug'dan, bir xalqdan va hatto bir oiladan xushxabarni eshitib bunga tushunmaydigan odamlarni topamiz, holbuki boshqalar buning hursandchiligi va tinchligi bilan to'lishadi.

IBODAT: Ey osmondagi Otamiz, Sendan minnatdormiz chunki Sen Ishoq va Yoqubni tanlading va haqiqatdan ham hatto ular muqaddas bo'lishmagan bo'lsalar ham ularni O'g'ling Isoning ota-bobolari qilding. Biz Sening noming bilan kelayotgan qiyinchiliklarni o'zimizdagi yovuzlik bilan birga ularni yengib chiqishimiz uchun imonimizni kuchli qilib, biz boshqalarga ko'ra o'zimizni yax-shiroq hurmat qilmasligimiz uchun, bizni kamtarlikka va o'zimizdan kechishga boshla. Omin.

SAVOLLAR:
57. Ishoqning urug'idan bo'lgan uning tanlovining ma'nosi nima va Yoqubning o'g'illaridan uning tanlovining ma'nosi nima?
58. Xudoning tanlovining siri nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:41 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)