Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 049 (Paul’s Anxiety for his Lost People)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)

1. Pavlusning yo'qolgan xalqi uchun bezovtaligi (Rimliklarga 9:1-3)


RIMLIKLARGA 9:1-3
1 Men, Masih haqi, haqiqatni aytyapman, yolg'on gapir-mayapman; Muqaddas Ruhdan yorishgan vijdonim ham bundan dalolat bermoqda: 2 mening yuragimda buyuk g'amim, tinmaydigan dardim bor. 3 O'z qarindoshu qondoshlarim bo'lgan Isroilliklar tufayli men hatto Masihdan mardudu mal'un bo'lmoqchi edim.

Havoriy Pavlus o'zining xalqi Yahudiylarning tosh bag'irlaklarining holati haqida bu o'zgacha so'zlar bilan tushuntirishini boshladi: Masih haqi, haqiqatni aytaman”. U falsafani yoki shaxsiy fikrlarni taqdim qilmaydi, balki u achchiq bilimdan va o'zi orqali yuzaga kelgan emas balki Masihda davom etishi orqali kelib chiqqan azoblaridan gapiradi. U biz bilan o'zining imonlarini bo'lishmaydi, balki Iso u orqali gapiradi, chunki Rabbiy ruhiy boshdir va izdoshlari Uning ruhiy tanasi va Uning harakatlanadigan a'zolaridir.

Pavlus bu maktubning kitobxonlariga o'zining samimiy tan olishi bu so'z orqali haqiqat ekanini tasdiqlaydi, “Men Muqaddas Ruhda guvohligimni keltirib vijdonim bilan yozaman”. Masihim haqiqat Ruhida ishlaydigan Najodkordir. Bu ruh yolg'on gapirishga, yoki fikrni burishga ruhsat bermaydi, balki Masihning izdoshlari qonuniy va yetuk bo'lishimiz uchun haqiqatning guvohlari bo'lish uchun ularni boshlaydi.

Havoriyning vijdoni uning ruhiy hududi bo'ldi. U ehtiroslari bilan yetaklanib, alohida harakat qilmadi, modomiki uning yuragi yangilanib Muqaddas Ruhning yo'nalishiga buruldi. Bu ilohiy Ruh uning vijdon tinchligini va aniq so'zlarini tasdiqladi. Shuning uchun, uning shahodati har bir tuyg'uda haqiqat edi.

Pavlus bu uzun fikridan keyin nimani ochib berdi?

U itoatsiz xalqi uchun juda afsusda ekanini aytdi. Bu havoriy sevimli qarindoshlari va tanishlari uchun juda achinar edi va uning og'riqli tuyg'ulari undan ketmadi.

Bu xalqidagi ruhiy tosh yurakni o'sishiga sabab bo'lgan buyuk achinish Pavlusning yuragida yashab u bilan birga edi. Uning xalqining ko'plari ruhiy ko'r va ularga ochib berilgan ruhiy haqi-qatlarni tushunishga qobilyatsiz ekani uchun uning yuragi qiynaldi. Shuning uchun, havoriy ularni saqlab qolishni xohladi, lekin ular saqlanib qolishni istashmadi, chunki ular o'zlarini solih deb tahmin qilishgan va shuning uchun Pavlus gapirgan najodga muhtoj emasmiz deb o'ylashgan.

Pavlusning achinishi juda uzoqqa ketdi shunda agar bu najodlarining ma'nosi bo'ladigan bo'lsa, xalqining jazosini olish uchun va undan olib tashlanish uchun Pavlus tayyor edi. Xalqi uchun Pavlusning sevgisi juda kuchli bo'lgan, agar bu ular uchun foydali bo'lsa, najodkori Iso orqali rad etilishini xohlar edi.

Pavlus adashgan xalqini o'zining oylasi va qabilasidek ko'rdi. U xalqini ular bitta ajdoddan kelganidek, ularni qarindoshlaridek hisobladi. U Xudoning g'azabidan ularni saqlab qolish uchun hamma narsani berishga va qilishga tayyor bo'lgan.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen Quddus ustidan yig'lading (Luqo 19:41), va itoatsizlikdan va xalqingning tosh yuraklaridan azoblanding, lekin Sen ibodat qilganingda xochda ularning gunohlarini kechirding, “Ota, ularni kechir, chunki ular nima qilyotganini bilmaydilar” (Luqo 23:34). Ey Rabbiy xalqimiz samimiy tavba qilib, Seni tanishlari uchun va Seni qabul qilishlari uchun biz xalqimizni sevishimiz uchun, ularning o'sayotgan imonsizliklaridan azoblanish uchun va Yoqubning o'g'illari uchun birga ular uchun ibodat qilish uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOLLAR:
53. Pavlusning achinishiga sabab nima edi?
54. Pavlus xalqining najodi uchun qurbon bo'lish uchun nimaga tayyor edi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:30 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)