Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 047 (The Truth of Christ Guarantees our Fellowship with God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
E - IMONIMIZ ABADIY DAVOM ETADI (Rimliklarga 8:28-39)

2. Masihning haqiqati barcha qiyinchiliklarga qaramasdan Xudo bilan birligimizni kafolatlaydi (Rimliklarga 8:31-39)


RIMLIKLARGA 8:31-32
31 Endi bunga nima deymiz? Agar Xudo biz tomon bo'lsa kim bizga qarshi chiqar ekan? 32 Xudo O'z O'g'lini ayamay, balki hammamiz uchun Uni fido qilgan bo'lsa, U bilan birga hamma narsani ham bizga bermasmikan?

Pavlus tanlovimizga ishonch hosil qilishimiz uchun najodimiz va nasibamiz uchun Xudoning fikrlarini bizga aniqlab bergandan keyin, u Xudo haqiqiy tarixiy hodisalarda dunyoning najodini o'rnatganini bilishimiz uchun qutqarish haqiqatlarining qatorini taqdim qildi.

Pavlus yuragida haq edi va Xudo uning dushmani emas balki nima bo'lganda ham, har doim unda yashovchi sodiq do'sti ekanini fikrida qulamaslik bilan ishondi. Ayniqsa, u Qudratli, osmonni va yerning Yaratguvchi bizning Otamizdir. Havoriy Xudoning sevgisida davom etdi va hayotining butun kunlari to'liq imon bilan Qudratlini ulug'ladi. U hamma narsani Otasining sevgisining rahbarligidek va u uchun Najodkorini ilohiy g'amho'rdek hisobladi.

Pavlus gunohning toglarini siljita oladigan va gunohlardan mil-lionlab o'lik odamlarni tiriltira oladigan bu to'liq ishonchga qanday qilib ega bo'ldi? Masihning xochi unga Xudoning sevgisining isboti bo'ldi. U xochga Mixlanganda Muqaddas Xudoning mehri bizga to'kilib sochilganini bildi, chunki Unga ishongan kishi halok bo'lmasligini yovuzliklarimiz uchun to'lovdek qilib yagona O'g'lini berdi.

Xudo biz itoatsiz va gunohkor bo'lgan bizlarga O'g'lining kelishida O'zining yuragini, samosini va ulug'vorligini berdi. Xudo bizga Masihda hadya qilgan osmondagi inoyatdan boshqa marhamat yo'q, chunki U bizga Isoda hamma narsani berdi. Endi sajdangiz qayerda? Nimaga siz hamma narsani Unga bermayapsiz?

RIMLIKLARGA 8:33-34
33 Xudo tanlagan kishilarni kim ayibdor qilar ekan? Xudon-ing O'zi ularni oqlagan-ku. 34 Bizni kim mahkum qilar ekan? O'lgan ham tirilgan ham Iso Masih Xudoning o'ng tomonida turib, biz uchun shafoat qilmoqda-ku.

Siz najod va va'dalar faqat azizlarga va yetuk imonlilarga tegishli ekanini o'ylashingiz mumkin, vaholanki siz o'zingiz faqat o'quvchi, omadsiz , tebranadigan va nopoksizlar. Sizdagi Xudoning hukmini tinglang. U sizning yaxshiligingiz yoki omadliligingiz tufayli emas, balki xochga Mixlanganga ishonganingiz uchun, U bilan birlashganingiz va najod kuchini faqat Undan kutganingiz uchun sizni solih qilib oqladi.

Siz Xudoning irodasi orqali jimligingiz boshqarilganiga sizni o'ylashga majbur qilgan iblisning kinoyasini ozgina eshitgan bo'lishingiz mumkin. Muqaddas Ruh “Yo'q” deb aytadi. U sizga Xudoning kengashida dalda beradi, ko'zingiz oldida xochga mixlangan Masihni tasvir etadi va siz yarashuv ta'sir etganiga va Xudo buni qabul qilganiga ishonch hosil qilishingiz uchun o'limdan tirilgani haqida sizga eslatadi. O'lim ustidan g'alaba qozongan bu G'olib osmonga ko'tarildi. U inoyat taxti oldida siz uchun shafoat qiladi va qoni orqali solihlikning huquqida sizni sherik qiladi. Shunday qilib, sizda Xudo bilan Oqlovchi bor. Aziz birodar, siz yolg'iz emassiz, chunki Xudoning mehri siz bilandir va buning maqsadi sizni yo'q qilish emas balki sizni qutqarishdir. Masih najodingizning garovidir.

Siz o'limdan qo'rqishingiz mumkin. Biroq, Iso o'limni yenganini va haqiqatdan tirilib, ko'z oldingizda Xudoning hayotini ko'rsatganini eslang. Agar siz yangilangan bo'lsangiz, Uning abadiy hayoti sizda yashaydi. Bu tugamaydi, chunki Xudoning sevgisi hech qachon tugamas. O'lim sizni Muqaddas Uch Birlikdan ajrata olmaydi.

RIMLIKLARGA 8:35-37
35 Xudoning sevgisidan bizni kim judo qilar ekan: qayg'umi, siqilishmi, quvg'inmi, ochlikmi, yalang'ochlikmi, havf-hatarmi yoki qilichmi? 36 Mana, Zaburda yozilganidek: “Sen tufayli bizni har kun o'ldirmoqdalar, qurbonlik qo'ylar deb hisoblaydilar”. 37 Ammo bizni Sevganning soyasida bularning hammasi ustidan ulkan g'alaba qozonamiz.

Pavlus boshidan o'tkazgan har hil muammolarning yutuqlarini bizga tasvirlab berganda, u hayoliy shoir emas edi. U bizga biz Masih uchun azoblanishimiz kerakligiga dalolat beradi, chunki siz Isoning hayotidan ko'rishingiz mumkin bo'lgandek, Ota, Og'il va Muqaddas Ruhdagi imon bizning havfsizligimizga va sog'lig'imizga kafolot bermaydi. U Muqaddas Ruhdan tug'ilgan va dunyoning ruhi bilan egallanganlar orqali xochga mixlangan. Pavlus qashshoqlikni va boylikni, kasallikni va kuchsizlikni, hatarni va quvg'inni, havfli birodarlarni va cho'kish havfini boshidan kechirdi.

Hamma narsa unga muhim emas edi, chunki u umidsizligimizning vasvasalariga qaraganda buyukroq deb hisoblagan Masihning sevgisini va ilohiyligini bilar edi. Shuning uchun, imoningiz o'limingizning soatidagi bilan birga hatto eng yomon muammolarda ham zafarli bo'lib ko'rinadi, chunki Muqaddas Ruh siz o'zgarguningizgacha imoningizni o'stiradi va siz qiyinchiliklarda yuvoshlikni, ishonchni va ulug'lashni o'rganishingiz uchun Xudoning maktabiga kirasiz. Keyin siz Masihga ergashib, Xudoning Qo'zisi bo'lasiz. Siz hamma narsani shikoyatsiz olib yurasiz va takabburligingiz va mag'rurligingiz uchun o'lasiz. Siz qo'shnilaringizning zararli guvohliklarini muhim deb hisoblamaysiz, balki quvonasiz, kutasiz va Rabbingizning kuchida sabr bo'ladi.

Barcha vasvasalar va qiyinchiliklar bizni Isodan ajrata olmaydi, chunki qiyinchiliklar bizni so'zga diqqat qilishga o'rgatadi. Keyin biz Otaga bizni boshlagan Rabbimiz Isoni qumsaymiz. U bizni tushunadi va bizni tashlab ketmaydi, balki biz Uning buyuk sevgisini ko'rishimiz uchun va minnatdorchilik bilan va mehr bilan Uni ehtiromlashimiz uchun bizni kuchli qilib, biz bilan birga bo'ladi. Masihning sevgisi bizni ulug' g'alabaga boshlaydi va biz hursandchilik bilan qiyinchiliklar o'rtasida ko'z yoshlari bilan xizmat qilamiz.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen mening Otamsan va O'g'ling bugun va oxirgi hukmda mening vosetachim, va Muqaddas Ruh menda yashab, meni yupatadi. Men sevga sajda qilaman; sevgi bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh. Men o'lmasligimga ishonaman, chunki Sen meni o'rab olasan, meni saqlaysan, meni himoya qilib yangilaysan. Ey Xudoyim, hech qanday gunoh dunyodagi barcha azizlarning sevgisi bilan birga meni Sendan va sevgimdan ajratmasligi uchun meni hamma vasvasalardan saqlagin. Omin.

SAVOL 51: Masihiylar qanday qilib muammolarni yengib o'tadi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 07:00 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)