Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 042 (In Christ, Man is Delivered)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

6. Inson Masihda gunohdan, o'limdan va hukmdan ozod bo'ladi (Rimliklarga 8:1-11)


RIMLIKLARGA 8:3-8
3 Inson tabiati ojizligi tufayli Ilohiy Qonun o'zi ham ojiz bo'lib qoldi. Qonun ulgura olmagan ishni esa Xudo qildi: U O'z O'g'lini gunohkor insonga o'xshatib olamga yubordi va Uni gunoh uchun qurbonlikka bag'ishladi, shu yo'sin inson ta-biatidagi gunohni mahkum qildi. 4 Xudo buni Ilohiy Qonun talablari tabiat amri bilan emas, Ruh amri bilan yashayotgan bizlarda bajo bo'lsin deb qildi. 5 Bashariy tabiat amri bilan yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ilohiy Ruh amri bilan yashaydiganlar ilohiy fikr qiladilar. 6 Bashariy tabiatning murod-maqsadi – o'limdir. Ilohiy Ruhning murod-maqsadi – hayot va tinchlikdir. 7 Bashariy tabiatning murod-maqsadi Xudoga dushmanlikdir; chunki bunday tabiat Xudoning Qonuniga itoat qilmaydi hamda qila olmaydi. 8 O'z tabiati amri bilan yashaydigan odamlar Xudoga manzur bo'la olmaydilar.

Masih yangi ahdni o'rgatdi, chunki eski ahd tanadagi gunoh va hirslarni yengishga qobilyatsiz edi. Xudoning O'g'lining mujassamligi yangi ahdning boshlanishi bo'lgan, va kuchsiz inson badani ustidan bo'lgan ilohiy g'alabaning birinchi bosqichi bo'lgan, chunki iblis Unga qarshi shikoyat qilolmasligi uchun, Masih tanasini Unda yashagan Muqaddas Ruh orqali to'liq boshqarib turgan. Masihning pok hayoti hukm, bog'lanish va gunohning hukmi edi.

Masih har vaqt muqaddas yashagan, chunki samoviy Otasining Ruhi otabobolaridan meros qolgan o'lik gunohni tanasida yaratdi. Shuning uchun, ayibsiz yashadi va sevgisida va mehrida U Qonunning barcha talablarini uchratdi. Uning hayotini avji, U gunohlarimizni tanasida olib yurganda edi va U o'limi orqali bizni Xudoning solihligi bilan o'rab oldi. Biz bu ilohiy oqlanishni nazariy, an'anaviy imon bilan tushunmaymiz, lekin bu amaliy hayotda sodir bo'ladi, chunki Xudoning solihligi haqiqatda barpo bo'lgan qonuniy sevgisidir. Bu buyuk sevgi imonlilar shunday deb aytishlari uchun yuraklariga tushgan: “Masih bizning ichimizda yashaydi. U bizni Qonunni bajarish uchun yetaklaydi, yo'naltiradi va boshqaradi.” Masihiy tanasining buzuq hirslari bilan tanasiga ko'ra harakat qilolmaydi, balki u minnatdorchilikda, hursandchilikda va ozodlikda Ruhga va Uning rejalariga ko'ra harakat qiloladi.

Bu qoidali savollarni sizga murojat qilinadi: Siz Muqaddas Ruhning kishisimisiz? Sizda Masih yashaydimi? Dunyoning Qutqaruvchisi yuragingizda joylashganmi? Siz Isoning hayotining yangiligida yurishingiz uchun sizni xochda o'limi orqali oqlaganmi? Imon na taxmin, va na hayoldir. Bu ruhiy kuch va oqlangan tanadagi Xudoning huzuridir.

Ruhiy unson o'zining qiziqishlari bilan bilinib turadi. U kechirimga va tinchlikka qiziqadi. Siz tinchlik o'rnatuvchimisiz? Ko'plar yangilanishi uchun va Xudoning bolalari bo'lishlari uchun va uning ruhiy hayoti tanaviy bo'lganlarda sezilishi uchun va ular ruhiy qiziqishda boshlashlari uchun hamma insonlarning orasida Xudo bilan yarashishni yoyishni qidirasizmi?

Biroq, Xudoning Ruhisiz yashaydigan kishi Muqaddas Uch Birlikka qarshi fikrda va harakatda tanaviy, kuchsiz, murakkab va gunohkor bo'lib qoladi va u tanaviy xohishlariga va hirslariga sajda qiladi. Shunday odam o'limni, Xudoning g'azabini va oxirida solih hukmni o'zlashtiradi. Tanaviy inson umuman Xudoning qonuniga bo'ysunishni xohlamaydi, lekin u g'azabli istagi bilan Unga qarshi g'alayon qiladi.

Agar u tavba qilib, Masihga ishonmasa, u na Xudoni qoniqtiradi va na Uni sevadi. Yuragida Muqaddas Ruh yashamaydigan kishi yo'qolgan. U harobalikdan harobalikka qulaydi. Boshqa so'zlarda, sevgi Ruhidan bebahra bo'lgan har bir kishi Masihniki emas, balki iblisning qulidir.

Bir tomondan, ruhiy inson maqsadlidir. U unga berilgan Xudoning tinchligini kuzatib turadi, dushmanlarini sevadi, Xudoning kuchi va himoyasi uchun har kuni yalinadi va barcha halok bo'lmasdan, abadiy hayotga ega bo'lishi uchun hayotning va tinchlikning man'basi bo'lgan Isoga har bir kishini tortish uchun butun yuragi bilan xohlaydi. Siz Xudoning Ruhiga to'lganmisiz, va takabburliksiz sevgisini tushunib, U orqali harakatlanganmisiz?

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, sevgi Xudosi, miyyalarimiz layoqatsizdir va biz o'zimiz Ruhingni va sevgingni tushuna olmaymiz. Sen O'zingning mo'l-ko'l inoyatingda biz Seni Ota va Muqaddas Ruh bilan ulug'lashimiz uchun va irodangni hursandchilik bilan bajarishimiz uchun bizni tinchliging va hislatlaring bilan to'ldirding. Biz Ruhing kuchida Senga ergashishimiz uchun bizni tinchligingda saqla. Hamma saqlanib, o'zgarib va muqaddaslanishi uchun Senga bo'ysunish uchun tanaviy bo'lganlarni chaqirishimiz uchun bizga donolik va xohish ber. Omin.

SAVOL 46: Ruhiy insonning qiziqishi nima? Tanaviy bo'lganlarning merosi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:36 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)