Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 041 (In Christ, Man is Delivered)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

6. Inson Masihda gunohdan, o'limdan va hukmdan ozod bo'ladi (Rimliklarga 8:1-11)


RIMLIKLARGA 8:2
2 Iso Masih ummatiga hayot beruvchi Ruhning Qonuni meni gunoh va o'limni hosil qiluvchi Qonundan ozod qildi.

Imonimiz hayotning to'liqligidir, chunki agar imonlilar yuraklarini Masihga ochsalar, Muqaddas Ruh ularning yuraklariga tushadi. Bu hayot-berish, jonlanish Ruhi xochga Mixlanganga suyanadiganlarda ishlaydigan Xudoning ijodkor kuchidir.

Yaratilishning boshida, ilohiy Ruh hali shaklsiz bo'lgan olamning ustidan suzib yurar edi. Bugun, bu inoyatli Ruh millionlab odamlarda umidning hayotini yaratadi. Imonlilardek bo'lgan bizlar o'zimizdan yashamaymiz, balki Uning extiyotkorligidan, sababidan va sabr-toqatidan yashaymiz. Masihning Ruhining ishiga rozi bo'ladigan va yuragini ochadigan kishi Xudoning kuchi bilan to'ladi. Siz o'zingizning xohishingiz, fikrlaringiz yoki kuchingiz bilan saqlanib qolmaysiz yoki muqaddaslanmaysiz, balki faqat Xudoning Muqaddas Ruhi orqali saqlanasiz. U sizning imoningizning yaratguvchisidir, sevgingizning muallifidir, rohatingizning chashmasidir va mexribonchiligingizning man'basidir. U bizda ishlaydigan, mehribonchilik ishlarini qilishga bizni boshlaydigan, bizda sodiqlik bilan davom etadigan va bizni sevgida barkamollikka yetaklaydigan Xudodir.

Ilohiy Ruhning bu hayoti o'zgarmasdir, u har vaqtda yo'nalishini o'zgartiradigan lekin bu odatiy, va qonuniy esadigan shamolga o'xshaydi, havoriy buni “hayot Ruhining qonuni” deb ataydi. Boshqa so'zlarda, Ruhning qonuni Masihga ishonganlardagi Isoning hayotidir. Muqaddas Xudo yangi ahdiga ishonganlar bilan O'zini bog'ladi va vaqtlarning tugashidan qat'iy nazar davom etadigan haqiqatni o'limi orqali o'rnatdi, chunki Uning sodiqligi abadiydir.

Otaning va O'g'ilning yuragidan chiqadigan Ruh sizning ibodatlaringiz, ro'zalaringiz, va solihligingiziz uchun sizga kelmaydi, balki xochda siz uchun bajargan Masihning solihligi tufayli keladi. Xudo haqiqatda sizda abadiy hayotni joylashtirdi. Uning kuchi portlash bilan yoki majburiy yo'lda suzmaydi, balki muqaddas mehrda va yoqimli tarzda suzadi. Bu na yig'ilar va na hayqiriqlar balki sevgi va Masih gunohkorlarni sevganidek kamtar harakatlardir, chunki U sizda yashaydi va siz Unda yashaysiz. Shuning uchun sizda yashash uchun birorta begona ruhga ruhsat bermang.

Sizga berilgan bu ruhiy hayot o'zingizning bisotingizdek Masihdan tashqari sizda emas. Balki, bu doimiylik aloqa orqali va siz Masihning ruhiy badanining a'zosi bo'lishingiz uchun Najodkoringiz bilan yaqin birlikdir.

Masihiylar yomonlik qilishga qulashga majburliklari noto'g'ridir. Bu bayon Masihga haqoratni va xochiga qarshi kufrlikni anglatadi. Biz Masihning O'zi boshidan kechirgani kabi, ilgarigiga qaraganda ko'proq vasvasaga qarshi bo'lishimiz mumkin. Biz bir necha gunohlarga qulashimiz va behafsalalik bilan gunoh qilishimiz ham mumkin. Lekin asosan, Masih bizni gunohning kuchidan qutqardi va oxir-oqibatda, o'lim hayotimizning to'lovlari emas.

Ayniqsa, qonun biz uchun do'zaxni anglatmaydi, yoki u bizni ko'proq ayiblarga boshlamaydi, biroq biz unda zavqlanishimiz uchun qonun yuragimizda yashaydi. Shuning uchun, biz gunohning qullari emasmiz, balki Xudoning sevgisining bolalarimiz. Biz umidsiz bo'lganlardek o'lmaymiz balki Masih nihoyasiz yashagandek, biz ham abadiy hayot Ruhining qonuniga ko'ra yashaymiz. Siz haq-huquqlaringizda turishingiz uchun, gunoh qonunidan ozod bo'lishingiz uchun, gunohni yengishingiz uchun va Xudoning boshqaradigan Ruhi orqali Uning kuchida va qonunida yashashingiz uchun ma'nolar bilan talab havoriylik so'zlariga chuqurroq kiring.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Senga rahmat chunki Sen biz Otamizning sevgisini ulug'lashimiz uchun va Ruhingning qonunida yurishimiz uchun bizni o'limdan hayotga olib kelding. Sevging bizda gavdalanishi uchun va biz xara-katlarimizda Seni ulug'lashimiz uchun va atrofimizdagi odamlar o'limni emas balki hayotni hidlashlari uchun bizni O'zingda joylagin. Omin.

SAVOL 45: Havoriy birga solishtirgan ikki qonunlar qaysilar va ularning ma'nolari nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:33 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)