Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 037 (Deliverance to the Service of Christ)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

3. Qonundan ozod bo'lish bizni Masihning xizmatiga ozod qiladi (Rimliklarga 7:1-6)


RIMLIKLARGA 7:1-6
1 Qonunni biluvchilarga so'zim: Ey birodarlar, odam tirik ekan qonun uning ustidan hokim ekanini nahot bilmasangiz? 2 Masalan, erli hotin eri tirik ekan, qonun bo'yicha unga bog'liqdir. Lekin eri o'lsa hotin boshi bog'liqlik qonunidan ozod bo'ladi. 3 Shuning uchun, eri tirik hotin boshqa erga teksa, u zinokor sanaladi. Ammo eri o'lsa qonundan ozod bo'ladi va boshqa erga tegsa ham, zino qilgan hisoblanmaydi. 4 Shunga o'xshab, sizlar ham, ey birodarlarim, Boshqasiga, ya'ni qayta tirilgan Masihga tegib va Masih badanining bir qismi bo'lib, Ilohiy Qonun oldida o'lgan hisobidasiz. Bu esa Xudo yo'lida samarali bo'lishimiz uchundir. 5 Zero biz irsiy tabiatimiz amri bilan yashagan vaqtlar, Ilohiy Qonun oshkor qilgan gunohkor ehtiroslar a'zoyi badanimizda amal qilar va o'lim uchun zamin hozirlar edi. 6 Endi esa ilgari bizni bog'lab turgan Qonun qarshisida o'lib, Qonundan ozod bo'ldik. Shunday qilib, biz eski harfma-harf yo'l bilan emas, balki yangi Ruh yo'li bilan yurib, Xudoga xizmat qilmoqdamiz.

Pavlus Rimdagi asl Yahudiylarning ishonadigan birodarlari uning ta'limini ruhiy o'limlariga va imonlidek Masihda tirilishlariga hurmat bilan qabul qilishlarini xohlagan edi. Biroq, Pavlus qonun tomon holat haqida aniq javob berishiga to'g'ri keldi, chunki ular bunda Xudoning timsolini, barcha vahiylarning cho'qqisini va Musoga beriladigan ilohiylikning to'liqligini ko'rishgan edi.

Pavlus ularga dedi: Siz Qonunni bilgan va uni sevganlar er-xotindek u orqali bog'langanlar turmush rishtasi bilan bog'langansizlar. Turmush rishtasi turmush o'rtog'ning o'limi orqali buziladigandek, xuddi shunday sizlar qonundan ozod bo'ldingiz, chunki siz Masihning o'limida o'ldingiz. Uning ko'milgan tanasi siznikidek hisoblaniladi, o'limda sizning ustingizdan bo'lgan kuch yo'q.

Biroq, Masih ham o'limdan tirilgan, shuning uchun ozod bo'lgan sizlar hayotning Shaxzodasini tanlang va Xudoning O'g'li bilan yangi ahd tuzing. Eski ahd qonunning oxirgi hukmi uchun o'lim ahdi edi. Endi siz hayot Shaxzodasi bilan birlikka, va sizda ko'rinadigan Ruhining hosiliga kirdingiz; sevgi, quvonch, tinchlik, azoblanish, mehribonlik, yaxshilik, sodiqlik, yumshoqlik, o'zini tiyadigan, va Isoning barcha hislatlari bilan birga; minnatdorchilik, haqiqat, poklik va qanoat hosil qilish.

Xudo hayotingizda O'g'lining hosillarini kutadi, chunki Masih o'ldi, tirildi va ko'plar Uning hosillarining to'liqligini olib kelishi uchun insonlarga ruhini yog'dirdi. Bog'bon mevani kutib qattiq mehnat qilganidek, Xudoda ham sizdagi huquq bor.

Masihdan oldin, inson tanasida hamma hirslar ko'payguncha qonunning quli deb hisoblangan, chunki qonunning qatag'onlari yomonlik qilishga bizni boshlagan. Qonun bizni ko'p o'lim hosillarini olib kelishga boshlagan. U bizni faqat gunohga tortmasdan, balki bizni shavqatsizlarcha hukm ham qiladi.

Biroq, Masih o'limi orqali qonunni to'liq bajarganidek, biz ham Unda qonunning barcha talablari uchun o'lganmiz. Chunki biz xochga Mixlanganga bo'lgan imonimiz orqali o'zimiz uchun o'lganmiz, va biz o'zimizni vahiyning eski hati uchun o'lik va bog'liqsiz deb hisoblaymiz.

O'sha vaqtda, Xudoning Og'li biz qonunning maktubida qoqilmasdan, balki Xudoning Ruhining kuchida Unga xizmat qilishimiz uchun yaxshiroq vahiyda barpo etiladigan yangi ahdga bizni chaqirdi. Hayotimiz taxdid qiladigan qatag'onlar bilan o'ralmagan, balki biz ilohiy tinchlikning kuchida hursandchilik hayot uchun sevgi taklifi orqali jonlandik. Yangi ahdning Ruhi na eski va na horg'in bo'ladi, chunki U Xudoning O'zidir va Uning to'liqligi tugamasdir. Unda chegaralanmagan donolikning qobilyatlari, yaxshilik, mehribonlik va umid bor. Shuning uchun siz ruhiy boylikka va ilohiy kuchga erishishingiz uchun va Masihning yuvoshligida va kamtarligida o'sishingiz uchun, Uning xushxabarida Xudoning Ruhining rahbarligiga to'liq bo'ysuning, chunki siz o'lgansiz va sizda U yashamoqda.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Senga rahmat aytamiz, chunki Sen Masihning hayotida va xochida haqiqatni va sevgini amalga oshirgan Masihning o'limi orqali bizni qonuning bog'liqligidan chaqirib olding. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen bizlarni yangi ahdga tortasan va biz inoyatingning kuchi orqali hosilini olib kelishimiz uchun, yuraklarimizda yupatuvchi Ruhing bilan yashaysan. Omin.

SAVOL 41: Nima uchun barcha imonlilar eski ahdning talablaridan ozod bo'lishadi?

O'zimiz birgina Rabbimiz Isoning inoyati bilan najod topish-ga ishonganimiz kabi,
ular ham xuddi shunga ishonadilar.

(Havoriylar 15:11)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:19 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)