Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 036 (Freedom from the Law)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

2. Qonundan bo'lgan ozodlik gunohdan ozodligimizni osonlashtiradi (Rimliklarga 6:15-23)


RIMLIKLARGA 6:15-22
15 Xo'sh, buyog'i endi nima bo'ladi? Qonun emas, inoyat panohida bo'lganimiz uchun, gunoh qilaveraylikmi? - Aslo! 16 Bilmaysizlarmi? Siz o'zlaringizni itoatkor qul qilib, kimning izmiga topshirsangizlar, u kishining quli bo'lasizlar. Siz yo o'limga olib boruvchi gunohga, yoki solihlikka olib boruvchi itoatkorlikka qul bo'lasizlar. 17 Lekin Xudoga shukurki, ilgari gunohga qul bo'lganingiz holda, endi o'zingiz qabul qilgan ta'limotning mohiyatiga sidqi dildan berilgansizlar. 18 Gunoh qilishdan ozod bo'lib solihlikka o'zingiz o'zingizni qul qilib qo'ygansizlar. 19 Bandaligingiz tufayli insonlarcha fikr yuritib, gapiryapman. Siz bir vaqtlar ifloslik va yovuzlik qilish uchun a'zoyi badaningizni qonunsizlikka qul qilib topshirgansizlar. Endi esa a'zoyi badaningizni solihlikka qul qilib topshiringlar va muqaddas yashanglar. 20 Gunohning quli ekaningizda, solihlik talablaridan ozod edingizlar. 21 Hozir o'zingiz uyalayotgan qilmishlardan o'sha vaqtda qanday naf bor edi? U qilmishlarning oqibati o'limdir. 22 Hozir esa gunoh qilishdan ozod bo'lib, Xudoning qullari bo'lgansizlar. Bundan naf – muqaddaslikdir va buning natijasi esa abadiy hayotdir.

Yahudiylarning ayyorona savollari Pavlusning miyyasida yana bir bor qaytarildi: biz Qonun ostida emasmiz, balki inoyat orqali qutqarilganmiz deb gunoh qilaveraylikmi?

Pavlus bu shaytoncha savolni butunlay rad etdi, chunki bu Muqaddas Ruh orqali emas, balki dinlar orqali kelib chiqqan edi. Pavlus imonlilarga ular sevgisi uchun Masihning qo'liga o'zlarini aniq qo'yganlariga va shuning uchun o'zlarida Xudoning solihligi va hayotini olib, ular gunohning kuchidan va qonunning shikoyatlaridan ozod bo'lganliklariga dalolat keltirdi. Xudodan qo'rqmasdan insonning ozodligiga da'vo qiladigan kishi yolg'onchidir. Doktor. Luter insonni eshakka solishtirgan, va bayonida bu odam boshlig'siz yasholmasligini, chunki kimdir unga minishi kerakligni aytgan.

Siz Xudo orqali yoki iblis orqali minilasiz. Xudo sizning Xudongiz bo'lganida, siz Uni hursandchilik bilan olib yurasiz va to'xtovsiz Unga xizmat qilasiz, keyin umidsizlik, gunoh va o'limning kuchi sizda nihoyasiga yetadi. Buning o'rniga umid, tinchlik va haqiqiy ruhiy ozodlik boshlanadi. Masih sizni befarq bo'lish uchun yoki zavqlanish uchun emas balki Xudoga xizmat qilish uchun va solihlik ruhining rahbarligida boshqalarga rahbarlik qilish uchun qutqardi. Muqaddas Ruhning Rahbarligiga bo'ysunish orqali, vijdoningiz holos bo'ladi. Masihning Ruhidagi bu birliksiz, siz umidsizlikda va horlikda qolasiz.

Masihning O'zi Unda jabr borligini, hatto Uning O'zi ozod ekanligini va barhayot Xudo ekanligiga dalolat keltirgan. Biroq, U hursandchilik bilan Otasining jabriga bo'ysungan va hatto o'limga, xochning o'limiga itoat etgan. Ilohiy sevgi Isoni dunyoning gunohini olish uchun xizmatkor qilgan. Shunday qilib, nima uchun siz Unga ergashmaysiz? Siz do'stlaringizning gunohini olib yurasizmi va ularning besaranjomligidan azob tortasizmi? Hafa bo'lmang, lekin yuragingizni ularning najodiga va ruhiy qutilishiga qo'ying. Xudoning sevgisi barchaning qutqarilishi tomon sizni qistaydi.

Masih bilan hayot sizni ko'plarga xizmat qilish uchun boshlaydi, U taxminan yoki his-tuyg'u bilan emas, balki maqsad, qurbonlik va butun kuchingiz bilan sizni boshlaydi. Siz o'tmishda yolg'on xarakatlarda vaqtingizni, pulingizni va in'omlaringizni o'tkazganingizdek, endi qobilyatlaringizning barchasini Masihning xizmatiga va boshqalarning najodiga qo'ying. Yig'layotganlarga dalda bering, kasallarning oldiga boring, och qolganlarga yordam bering, kuchsizlar bilan o'rganing va xushxabar bilan solihlikni qidiradiganlarni ruhlantiring.

Imonlilarda gavdalangan Masihning sevgisi bizning nohaq dunyomizdagi sabrli umiddir. Siz Masihning xizmatkori va O'g'lining sevgisining xizmatkori bo'ldingizmi? Agar shunday bo'lsa, siz tavbangiz bilan o'lim orqali o'tib, Masih bilan xochga mixlanib, Muqaddas Ruhga to'lgan, Masihning abadiy hayotida o'rnashgansiz, va gunohda sizning ustingizdan kuch-qudrat yo'q. Sizda Masih yashayotganlar bilan buyuk umid bor.

RIMLIKLARGA 6:23
23 Gunohning evazi – o'lim, Xudoning in'omi esa Rabbimiz Iso masih qiyofasidagi abadiy hayotdir.

Bu oltin oyat butun xushxabarni jamlaydi, va bizga tabiatdan bo'lgan insonning hosillarini va Iso Masih beradigan buyuk narsalarni aniq aytib beradi.

1. Biz gunoh qilganimiz uchun o'lamiz. O'lim biz gunohkor bo'lganimiz uchun kerakdir. Chunki hamma gunohkor va hamma o'ladi. Bu hayotning natijasidir.
2. Lekin Masihga ishongan kishi, Xudoning sovg'asini oladi. Bu sovg'a kumush, oltin, yoki boshqa qimmat-baho narsa emas, yoki butun dunyoning unsurlari orasida buni topib bo'lmaydi. Balki bu to'gri Xudoning yuragidan keladi va haqiqatdan ham yuraklarda yashaydi. U O'g'li bilan xochga mixlanganlar abadiy saltanatida qatnashishlari uchun, ularga hayotini beradi. U Rabbiylar Rabbiysi bo'lgani uchun shunday emas, va U Otasi va Muqaddas Ruh bilan hukm suradi; abadiylikdan abadiylikka bir Xudodir.

IBODAT: Ey Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, Senga sajda qilamiz, chunki Sen biz abadiy halok bo'lmasligimiz uchun balki buyuk inoyating tufayli Senda yashashimiz uchun, bizlarni gunohlarimizdan va jinoyatlarimizdan yiroq qilding, bizni o'lim bog'liqligidan ozod qilib, Masihning hududlariga olib borib, bizni Muqaddas Ruhingning hayoti bilan to'ldirding. Omin.

SAVOL 40: Masihning sevgisi, o'lim va gunohga bog'liqlikning o'rtasidagi farq nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:15 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)