Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 035 (The Believer Considers Himself Dead to Sin)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

1. Imonli o'zini gunoh uchun o'lik deb hisoblaydi (Rimliklarga 6:1-14)


RIMLIKLARGA 6:12-14
12 Shunday qilib, endi gunoh sizlarning foniy badanlaringizga hokimlik qilmasin, siz badanlaringiz ihtiyoriga bo'sunib ketmanglar. 13 A'zoyi badaningizni yomonlik quroli qilib gunohning izmiga topshirmanglar. Aksincha, o'lib tirilganlar kabi o'zingizni ya'ni butun a'zoyi badaningizni solihlik quroli qilib Xudoning izmiga topshiringlar. 14 Gunoh sizlarga hukmron bo'lmasin, chunki sizlar endi Qonun emas, inoyat panohidasizlar.

Gunoh kuchidan qutqarilgan va Masih bilan birlikda bo'lgan kishi, gunohdan nafratlanadi, unda jirkanchlikni his qiladi va gunohga berilishni istamaydi. Shahvoniy hirs-havaslar kuchli, lekin Masih uchun sevgi bundan kuchliroqdir. Xushxabarda mustahkam turadigan kishi va ibodatda davom etadigan kishi, tanasining va qalbining hamma xohishlariga qarshi turishga kuchni topadi va bunga erishadi. U kishi o'ziga xizmat qilmaydi yoki yolg'on ta'limotga ergashmaydi, balki barcha yovuz xarakatlardan bosh tortadi. Endi u vasvasaning chaqiruvini eshitmaydi, chunki u tanasidagi o'limning maqsadlariga qaraganda kuch-qudrati kuchliroq bo'lgan zafar qozongan Iso bilan birlikda davom etadi. Muqaddas Ruh dunyoning barcha falsafachilardan ko'ra sizga donoroq bilimlarni beradi.

Barcha yovuz hatti-xarakatlardan, kitoblardan, kinolardan va yomon odamlardan bosh torting. Ular sizni Masih bilan birligingizdan ajratmasin. Gunohingizning kuchiga ishonmang, balki Masihga va Uning najodining kuchiga ishoning.

Siz Xudoniki bo'ldingiz. Siz Uning Ruhidan nafas olasiz va abadiy haqiqatni tatib ko'rdingiz. Shunday qilib, siz qanday Xudosiz yo'llaringiz haqida o'ylay olasiz? Rabbingizga o'zingizni olib keling, xuddi askarni muqaddas urushga olib kelgandek, va vaqtingizni, kuchingizni va pulingizni Unga bag'ishlang. Sizning qurbonligingiz burch emas, balki imtiyoz, minnatdorchilik va rohatdir. Rabbiy sizni qayerda xizmat qilishingizni istashini Undan so'rang, chunki hosil haqiqatdan ko'p, lekin yumushchilar oz. Shuning uchun, hosilning Rabbiysiga yumushchilarni hosiliga jo'natishi uchun ibodat qiling. Ammo, Xudoyingizga shoshilib va qaysarlik bilan xizmat qilmang, balki Uning rahbarligiga o'zingizni topshiring. U gunohda o'lgan odamlarni, ular Uning abadiy hayotida yashashlari uchun siz orqali ularni tiriltirishni istaydi. Shuning uchun, solihlik qurolidek barcha mol-mulkingizni va tanangizni Xudoga bering.

Rahmat aytishni unutmang, chunki siz gunohda o'lik edingiz, lekin endi esa Masihda hayotsiz. Xudo ko'plarning najodi uchun asbobdek in'omlaringizdan foydalanishi uchun, Unga ularni bering. Muqaddas Xudo Masih uchun sizni taqdirlaydi va kuchsizligingizda solihligining kuchini ulug'lashingiz uchun sizni jo'natadi. Ikkilanmang! Havoriy Pavlus Masihning xizmatkori deb o'zini nomladi. Shunday qilib, siz har doim Xudoning xizmati uchun hayotingizni berib, haqiqatdan Unga qachon ergashasiz?

Pavlusga o'xshab, Xudoning sevgisining birligida xizmat qiladiganlar, har kuni Muqaddas Ruhning kuchiga ega bo'ladilar va ilk o'zgarish yuraklarida sodir bo'lganini tushunadilar. Gunoh endi yuragingizning taxtida kulib o'tirmaydi, balki Masihning O'zi yuragingizni egallab olgan va sizda yashashi orqali yangi asr hayotimizda boshlanadi.

Xudoning amrlariga bo'ysunishimiz, ilojsiz vazifa emas, balki biz hursandchilik bilan ularga bo'ysunishni istaymiz va yumshoq Ruhning kuchi bilan ruhlanganmiz. Har bir Masihiy inoyat ruhi bilan mukofotlangan. O'lim va buzuqlik unda hukm surmaydi. Faqat miyyalarimizda va yuraklarimizda hukm suradigan kishi bu buyuk inoyati bilan Masihdir.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, har ertalab va har kechda biz Seni ulug'laymiz chunki Sen abadiy hayotda bizni sherik qilish uchun o'ladigan tanamizga O'zingni bog'lading. Sen yuraklarimizda va fikrlarimizda hukm surasan. Biz hamma imonlilar bilan Sening sevgingning xizmatkorlari deb hisoblanishimiz uchun barcha fikrlarimiz, kuchlarimiz va mablag'larimiz bilan Seni va samoviy Otangni ulug'lashimiz uchun dono harakatga bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 39: Biz qanday qilib solihlik qurollaridek tanamizning qismlarini va o'zimizni Xudoga olib kelamiz?

Shuning uchun ham Xudo bilan insonlar oldida doim vijdonimni sof saqlashga tirishaman.
+(Havoriylar 24:16)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:57 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)