Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 033 (The Believer Considers Himself Dead to Sin)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

1. Imonli o'zini gunoh uchun o'lik deb hisoblaydi (Rimliklarga 6:1-14)


RIMLIKLARGA 6:1-4
1 Xosh, nima deylik? Inoyat ko'paysin deb gunoh qilishni davom ettiraveraylikmi? 2 Aslo! Biz gunoh qarshisida o'lganmiz. Endi gunoh qilib qanday yashayveramiz? 3 Unutmangizki, biz Iso Masihni tan olib suvda imon keltirganimizda, hammamiz ham Uning o'limini tan olib imon keltirdik. 4 Biz suvga cho'mib, Masih bilan birga o'ldik va ko'mildik. Shuningdek, Masih Otasining ulug'vor qudrati bilan tirilganiga o'xshab, biz ham yangi hayotda yurishimiz lozim.

1-5 boblarda, havoriy Pavlus bizga Masihga ishongan kishi qonuniy oqlanishini va Xudoning hukmidan va g'azabidan qutqarilishini ko'rsatadi. U Rimliklarga bu oqlanish dunyo uchun Xudo va sevgi bilan tinchlik holatida bizni qutqarishini tushuntiradi.

Bu boshlang'ich ko'rinishdan keyin, havoriy muhim savolga javob beradi, bu erkin solihlikning dushmanlari orqali so'ralgan kufrlik edi: Inoyat ko'payaversin va Xudoning sadoqati ko'rinaversin deb gunoh qilishda davom etaveraylikmi?

Pavlus bu yovuz savolga javobida agar imonli keyingi qisimni o'qib, buni hayotida tadbiq etmasa, hech qanday imonli shifo topolmaydigan hayotimizdagi gunoh ustidan oxirgi g'alabaga yetaklaydigan yo'lni ochadi bizning munozaramiz mavhum dars emas, balki muqaddaslikda yashashga boshlashdir.

Havoriy demadi, “bilgan gunohlaringa qarshi kurash va ularni eng” chunki u hech kim o'z kuchi bilan gunohini yenga olmasligini bilar edi. U o'zingizga qarshi kurashish uchun sizni chaqirmaydi, balki u eski o'zligingiz uchun va buzuq ishlaringiz uchun boshqa yechim yo'qligiga balki o'lishga yechim borligiga guvoh bo'lish uchun sizni chaqiradi.

Biz qanday qilib, o'zimizdagi gunohning kuchi uchun o'lamiz? Pavlus oddiy qilib javob beradi: yovuzlikni yo'q qilish uchun bu osson bo'lganidek “Biz o'lganmiz”. U o'tgan zamonda bu o'limni ifodalaydi, o'limning harakati tugaganidek. Bu tirishqoqligimizga bog'liq emas, yoki biz bu uchun endi kurashmaymiz. U bizga suvga cho'mish, gunohkor insonni ko'milishini va takabburlikning o'limini anglatadi. Masihiycha cho'mish faqat tashqi marosim emas; faqat yuzaki poklanish, yoki faqat tanalarga bo'lgan suvning talabi emas. Bu hukm, o'lim va ko'milishdir. Siz suvga cho'mishingiz bilan xohishingiz va cho'mishingiz orqali ijro etadigan o'limga sizni Rabbiy hukm qilganiga dalolat berasiz. Eski insonni unutish tanada amaliy ko'rsatish emas, balki Masihning o'limini qabul qilib, ruhda ko'rsatishdir. Bizning cho'mishimiz sevgi ahdida Masih bilan oxirgi birligimizni va Unga bo'lgan sevgimizning ochilishini va Uning sodiq misolida davomiylikni anglatadi.

Masih gunohlarimizni olganida, U bilan mag'rurligimiz uchun o'lganmiz. Shuning uchun, xoch buzuq insondagi tig'ni anglatadi. Ishonadigan va o'zidan kechadigan kishi hamma inson har kuni harobalikka loyiq ekanini tan olib, xochni ko'tarib yuradi. Bizning o'limimiz ruhiy urush orqali sodir bo'lmaydi. Bu o'tmishda sodir bo'lgan, Masih “Amalga oshdi” deb la'natlangan yog'ochda sodir bo'lgan. Agar siz ishonsangiz, siz saqlanib qolib, gunoh kuchidan qutqarilasiz.

Masih o'ldi va U faqat bizni o'limi va ko'milishi bilan birlashtirish uchun ko'milmadi, balki bizni tirilishiga tortib, abadiy hayotni bizga berib, o'limdan tirildi. O'zimizdan kechishdan tashqari, biz Masihning hayotining kuchida U bilan birlashdik ham. Shuning uchun, imonimiz, faqat bilimni va e'tiqodni anglatmaydi, balki Masih bizda tug'ilgani kabi, bu bizdagi o'sish kuchidir. U o'sadi, ishlaydi, zafar qozonadi va tanamizdagi yovuzlikni yengadi. Biz g'alabaga erishmaymiz, balki bu bizda zafar qozonadigan Udir.

O'limdan tirilish buyuk va Rabbimiz Iso Masihning Otasining ulug'vor zafaridir. Iso tirilishi orqali O'zining abadiy ulug'vorligini va O'g'lining tirilishini qabul qilish orqali, o'lim ustidan g'alabasi va muqaddas hayotining vahiysi orqali mustahkam solihligini e'lon qildi. Xudoning kuchi Masihning tirilishida ishladi va bu ilohiy hayotning yangilanishi imon orqali Masihga bog'langan imonlilarda ishlaydi. Masihiylik qo'rquv yoki o'limning e'tiqodi emas. Bu umidni, hayotni va kuch-qudratning e'tiqodidir.

Biz Masihga sajda qilishimiz orqali, U bizdan uzoqda yashamasligini, yulduzlardan tepada emasligini yoki biz haqimizda kamdan-kam o'ylamasligini tan olamiz. Buning o'rniga biz U biz bilan buzilmaydigan rishta bilan bog'langanini va O'zining kuchining to'liqligida bizda yashashligini, har kuni biz bilan qolishligini va bizni muqaddas aloqaga boshlashligini tan olamiz. Shunday qilib, suvga cho'mishingiz Masih bilan, o'lim bilan va hayot bilan birdir, va imoningiz yangi ahddir. Masihga o'zini qo'shadigan kishi, u Masih bilan xochda o'lganligini va Unda yangi hayot uchun tirilganligini tan oladi.

IBODAT: Ey Rabbiy Masih, Sen o'limimni xochda tamomlab, mening hayotimni tirilishingda e'lon qilding. Men Senga ishongan, imonda Sen bilan o'lgan va Ruhda Sen bilan tirilganlar bilan Senga sajda qilaman. Bizga hayot berib, O'g'lingning tirilishi orqali ulug'vorligingning vahiysi uchun Senga tashakkur aytib, ulug'vorlikning Otasi bo'lgan Senga sajda qilaman. Inoyatida davom etish uchun va poklikda, sabrda, haqiqatlikda, sevgida va sabr-toqatda, hayoting barcha imonlilarda namoyon bo'lishi uchun buyrug'lariga ko'ra yurishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 37: Suvga cho'mishning ma'nosi nima?

Tavba qilinglar va gunohlaringiz kechirilishi uchun
har biringiz Iso Masihning nomidan
suvga cho'mib imon keltiringlar.
Shunday qilib Muqaddas Ruhning in'omini olasizlar.

(Havoriylar 2:38)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:22 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)