Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 032 (The Grace of Christ)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
C - OQLANISH BU XUDO VA INSONLAR BILAN YANGI ALOQANI ANGLATADI (Rimliklarga 5:1-21)

3. Masihning inoyati o'limni, gunohni va Qonunni yengdi (Rimliklarga 5:12-21)


RIMLIKLARGA 5:12-14
12 Bitta odam dastidan dunyoda gunoh paydo bo'ldi, gu-nohdan esa o'lim paydo bo'ldi va butun insonlarga o'tdi. Ma'lumki, hamma gunoh qilgan. 13 Ilohiy Qonun mavjud bo'lmasdan burun ham dunyoda gunoh bor edi, lekin Qonun yo'qligida, gunohning hisobi tutilmaydi. 14 Shunga qaramay, Odam atodan Muso payg'ambarga qadar yashaganlarning hammasi Odam atoga o'xshab jinoyat qilmagan bo'lsalar-da, o'lim ularning hammasiga ham hokimlik qildi. Odam ato kelajak Zodning timsoli edi.

Pavlus gunohlarimiz harobligimiz uchun sababligini ko'rsatib, o'limning sirini bizga aniqlab beradi. Bizning birinchi ota-onamiz o'zlarining Xudoga qarshi g'alayonlarini boshladilar va ular buzuqliklariga barcha mavjudotlarni tortib, o'lim hukmini o'rdilar, chunki biz bir hil qabiladanmiz. Shu vaqtgacha o'lim hamma mavjudodlar ustidan hokim bo'lib kelyapdi, hatto huquqshunoslar va eski ahdning xudojoylari ustidan ham, chunki gunoh ko'rinarli ravishda paydo bo'ldi va o'limning hukmi hatto qonun ko'rinishida ham qonun bo'ldi.

Biz hammamiz o'lamiz, chunki gunohkormiz. Bizning insoniy dunyomizda abadiy hayot yo'z. Biz o'lishni bora-bora boshlaymiz, chunki biz o'zimizda o'limning urug'larini olib yuramiz. Biroq, biz Najodkorni qabul qilishimiz uchun va Masihiy imonimiz orqali yangi hayotga kirishimiz uchun Xudo tavba qilish uchun bizga vaqt beradi.

RIMLIKLARGA 5:15-17
15 Lekin bular birday emas, Xudoning ehsoni Odam atoning gunohiga o'xshamaydi. Garchi bir kishining gunohi tufayli ko'plab kishilar o'lgan bo'lsalar ham, Xudoning inoyati bundan kattaroqdir, chunonchi bitta Odam, ya'ni Iso Masihning inoyati bilan berilgan boy ehson ko'pdan-ko'p kishilarga tegdi. 16 Xudoning ehsoni bilan Odam atoning gunohi orasidagi farq shundan iboratki, bir gunohning oqibati o'limga hukm etish bilan tugasa, ehsonning natijasi esa kop insonning gunohlaridan forig' bo'lishiga olib keladi. 17 To'g'ri, bir kishining gunohi tufayli, shu yagona odamning dastidan o'lim hokimlik qila boshladi. Ammo yana to'grisi, yagona bir Odam, ya'ni Iso Masih soyasida odamlar endi Xudoning cheksiz inoyatiga erishib, oqlanadilar va hayotda hukm suradilar.

Pavlus bizga gunohning sirini va birinchi Odam ato orqali o'limni va Pavlus birinchi otamiz deb nomlagan “kelishi kerak bo'lgan Masihning turi ikkinchi Odam ato orqali hayotni va solihlikni tushuntiradi.

Pavlus Odam orqali ko'plarga gunoh va o'limdek tarqashini aytmadi, shuning uchun Xudoning inoyati va abadiy hayotning sovg'asi Iso kishi orqali ko'plarga tarqashini aytdi; chunki Masih Odam atodan ko'ra buyukroqdir va undan boshqacha. Rabbimiz bizga faqat samoviy sovg'alar va inoyatlardan ozginasini bermaydi balki mo'l-ko'l qilib beradi. Uning inoyati ko'plarda ko'paymoqda. Bu o'limga o'xshab o'lik yoki falaj emas, balki bu jonlangan, hosildor, o'sadigan va kuchli hayotni beradi.

Gunohga qarshi bo'lgan Xudoning hukmi birinchi inson bilan boshlanib, tezda hukm hammaga o'tdi. Bu bir gunohkor bilan boshlanmagan oqlanish bilan bir hil emas, balki hamma gunohkorlar bilan bir hildir, chunki Iso hammalarini oqladi. Unga ishongan kishi oqlanadi.

Bizning birinchi ota-onamizning gunohi tufayli o'lim barcha insoniyat ustidan o'lik shoh bo'lganda, Iso hamma imonlilarga abadiy hayot oqadigan yaxshi va yengillik chashmasini O'zining buyuk inoyati bilan ochdi. Biroq, Xudoning hayoti o'limdek imonlilarning yuraklari ustidan majburan hokimlik qilmagan, balki poklanganlar Najodkorlari va Rabbiylari bo'lgan Masih bilan abadiy hukm suradi. Haqiqatdan ham, Masihning buyukligini barcha hurmatlarda Odam ato bilan solishtirib bo'lmaydi, chunki Xudoning inoyati va hayoti o'limdan va hukmdan ko'p farqlidir.

RIMLIKLARGA 5:18-21
18 Shunga ko'ra, bitta gunohkorning ishi barcha odamzodni o'limga mahkum etgan bo'lsa, endi esa bitta Solihning ishi odamlarni oqlaydi va abadiy hayotga noil etadi. 19 Bir odamning itoatsizligi tufayli ko'p odamlar gunohkor bo'lgan bo'lsa, endi esa bir Kishining itoatkorligi tufayli ko'p odamlar solih deb qabulga o'tadilar. 20 Shu orada Ilohiy Qonun paydo bo'lgan, natijada jinoyat ko'paygan edi. Ammo gunoh ko'paygan sari Xudo inoyati ham shunchalik orta bordi. 21 Xullasi kalom, ilgari gunoh o'lim sari hoqonlik qilgan bo'lsa, endi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi Xudo inoyati gunohkorni oqlab, abadiy hayot sari hukm surmoqda.

Pavlus Odam va Masih o'rtasidagi qonuniy solishtiruviga qaytadi. Biroq, bu yo'lda birinchi shaxslarni emas ularning ishlarini va ta'sirlarini solishtiradi. Bir jinoyat hukm orqali barcha insonlar ustidan hukm qilindi, biroq abadiy hayotdagi bir solih harakat orqali haqiqat va oqlanish barcha insonlarga taqdim etildi. Jannatning taklifi qanday buyuk! Ha, bir insonning itoatsizligi orqali biz gunohning mahbuslari qilindik; lekin birinchi itoatkorlik orqali biz ozod bo'lib, solih bo'ldik.

Oxiri, Pavlus solihligi bilan Masihni va gunohi bilan Odamni o'rtasidagi solishtiruvida qonun muamosiga kiradi. Qonun dunyoning najodi uchun yordamdek hisoblanmagan chunki u aftidan jinoyatni ko'rsatish uchun va inson itoatkorligini bajarish uchun uni gijgijlash uchun najod tarixiga kelgan.

Qonun insoning bag'ritoshligini va gunohining ko'payishini kuchaytirgan. Biroq, Masih barcha inoyatning manbasiga bizni yaqinroq olib kelib, dunyoning hamma dashlariga inoyat daryolari oqishi uchun kuchning to'liqligini va daomiylik solihlikni taqdim etadi. Pavlus quvonib hursandchilikdan baqirdi, “Agar gunoh o'lim orqali o'tmishda barcha inson ustidan hukmronlik qilgan bo'lsa, hozir esa yovuz hokimlik hukm suradi, chunki inoyat Isoning xochi orqali tasdiqlangan Xudoning solihligiga barpo qilinadigan asrimiz ustidan malikani to'ldiradi.”

Har bir insonda tashakkurlik, yengillik va ulug'lash uchun sabab bor, chunki Masihning o'limi va tirilishi biz uchun gunoh va o'limning kuchi yenganidagi yangi tarixiy vaqtni ochdi. Biz abadiy hayot va uning hosillari orqali inoyatning rivojlarini ko'ramiz va Xudoning kuchining to'liqligi Masihga ishonganlarda xushxabar orqali ishlaydi.

IBODAT: Rabbiy Iso, Senga sajda qilamiz, chunki Sen gunoh, o'lim va Shayton ustidan G'olibsan. Sen bizni inoyat asriga olib kelding va hayotingning yoqimli narsalarida bizni sherik qilding. Imonimizni kuchaytirgin va biz yengilgan o'tmish kuchlariga qaytmasligimiz uchun tushunchamizni yoritgin. Haqiqatdan ham inoyatingni isbotidek Ruhingning hamma hosillarini bizga olib kel va inoyatinga bizlarni o'rnashtir, bu o'limga qaraganda kuchliroqdir. Senga rahmat aytamiz chunki Sen bizlarni to'liqliging bilan marhamatlading va Sen bizlarni qudratli sodiqliging bilan saqlaysan. Omin.

SAVOL 36: Pavlus Odam ato va Iso o'rtasidagi solishtiruvi orqali bizga nimani ko'rsatishni xohladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:17 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)