Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 030 (Peace, Hope, and Love Dwell in the Believer)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
C - OQLANISH BU XUDO VA INSONLAR BILAN YANGI ALOQANI ANGLATADI (Rimliklarga 5:1-21)

1. Imonlida tinchlik, umid va sevgi yashaydi (Rimliklarga 5:1-5)


RIMLIKLARGA 5:1-2
1 Rabbimiz Iso Masihga bo'lgan imonimizni inobatga olib, Xudo bizni oqladi va biz bilan sulh tuzdi. 2 Rabbimiz Iso Masih O'zi Xudoning inoyat eshigini bizga ochib berdi. Biz imonimiz tufayli bu inoyatga erishib, mahkam turamiz va Xudoning ulug'vorligiga erishmoq umidi bilan fahrlanib yuramiz.

Tabiatdan tug'ilgan inson Xudo bilan baxsda yashaydi. Hamma insonlar Muqaddas Xudoga qarshi ketadi, chunki bizning gunohimiz Xudoga qarshi ketishdek hisoblaniladi. Shuning uchun, Xudoning g'azabi hamma xudosiz va solihsiz kishilarga qarshi ochildi.

Endi Masih xochda o'lib, insonlarni Xudolari bilan yarashtirdi, va biz tinchlik asriga kirdik, O'g'il ajratish gunohini olib tashladi, va Xudoning saqlaydigan inoyati barcha insonlarga ko'rindi. Najodkor Masih orqali Xudoga ishonganlardagi marhamatlar, yengilliklar va osoyishtaliklar qanday buyuk! Yovuz ishlar qiladiganlar uchun tinchlik yo'q va xochga Mixlanganga ishonmagan qalblar uchun hordiq yo'q.

Yilda bir marotaba isroil bolalarining hamma gunohi uchun tavba qilish uchun Muqaddaslar Muqaddasi kirish uchun eski ahdda faqat oliy ruhoniyga berilgan yangi ahddagi har bir imonli buyuk imtiyozni olish uchun Masih bizni oqlab pokladi. Biroq, Masihning o'limi vaqtida, Muqaddaslar Muqaddasining oldidagi parda ikkiga bo'linib ketdi, shuning uchun bizda Muqaddas Xudoning huzurida turishga haqqimiz bor. U hammani ishonch bilan Uning oldiga kelishiga va har bir inson U qo'rqinchli emaligini, barbod qiluvchi emasligini va bizdan yiroqda emas balki U sevgi va mehrga boy bo'lgan Ota va Najodkor ekanligiga kelish uchun taklif qiladi. Xudo xoch qurbonining inoyati qalblari uchun hordiqni qidiryotgan barchaga kelishi uchun, ibodatlarimizni kutadi, iltijolarimizga javob beradi va O'g'lining xushxabarini tarqatishimiz uchun bizni ishlatadi.

Masih o'limdan tirilganda, U shogirdlariga shunday deb, ko'p marta ular bilan salomlashgan: “Sizlarga tinchlik bo'lsin”, bu ikta narsani anglatadi:

1. Isoning azoblari uchun Xudo sizning gunohingizdan o'tdi.
2. O'rningizdan turib, xushxabarni yoyish uchun boring, chunki Iso sizga buyrug' bergan: Ota Meni yuborgandek, Men ham sizni yuboraman”. Isoga ishongan kishi, tinchlik bilan boshqariladi, faqat o'zi uchun emas, balki Masih orqali muqaddaslangan kishi tinchlik o'rnatuvchi ham bo'ladi va Xudoning bolalari deyiladi.

Oqlanishdan boshlangan yurak tinchligiga, bizning Muqaddas Xudoning taxti oldidagi qabulimizga va inoyatni yoyish uchun buyrug'imizga qo'shimcha ravishda, Pavlus bizda hamma tu-shunchalardan yaxshiroq bo'lgan umid borligini bizga tasdiqlab beradi: Xudo bizni O'z suratida yaratdi, lekin biz gunohimiz tufayli bizga berilgan ulug'vorlikni yo'qotdik. Endi umid bizda Muqaddas Ruh orqali yashaydi va Xudo O'zida bor bo'lgan va O'g'lida porlab turadigan xuddi shu ulug'vorlikni bizga qaytarib beradi. Siz Xudoning ulug'vorligidan fahrlanasizmi? Siz oldingizga qo'yilgan umidni mahkam tutasizmi? Bizning kelajagimiz oddiy fikr, hayol va xohish emas; balki bizga ochib beriladigan ulug'likning kafoloti bo'lgan bizdagi Muqaddas Ruhning kuchi orqali sezildi.

RIMLIKLARGA 5:3-5
3 Buning ustiga, qayg'ular bilan ham fahirlanmoqdamiz, chunki qayg'u sabr-qanoatni hosil qilishini bilamiz. Sabr-qanoat esa tajribakorlikni, tajribakorlik esa umidni hosil qi-ladi. 5 Umidimiz bo'lsa, bizni uyatga qoldirmaydi. Chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali yuraklarimiz Xudo sev-gisiga to'lib-toshadi.

Biz osmonda emas, balki yerda yashaymiz. Iso har hil azob va quvg'inlardan o'tganiga o'xshab, biz ham imonda o'sish va ruhiy hosillar bilan, insonlarning hujumlaridan, kasalliklardan va iblisning ko'rsatmalaridan o'tamiz. Biroq, Pavlus bu haqiqatlar haqida ko'z yoshlari va nola bilan buni yozmadi, balki dedi: biz azoblarimizda ham ulug'laymiz, chunki ular Masihga ergashishimizning ko'rsatmasidir. Biz Uning azoblarida Unga ergashganimizda, biz Uning ulug'ligiga ham ergashamiz. Shunday qilib, har bir narsani nolimasdan qilinglar, chunki Rabbingiz tirik va Uning ruhsatisiz hech narsa bo'lmaydi.

Dunyoviy og'riliklarni olib yurish bizni takabburliklarimizni va nozikligimizning o'limini rad etishga, maqsadlarimizning pokligiga va Isoning rahbarligiga bo'lgan bizning itoatkorligimizga bizni boshlaydi. Bizda o'zishga qaraganda sabr bor va biz Iso va Uning aralashuvi tomon umidda kengayamiz. Biz azob tortish maktabida Xudo muvaffaqiyatsizlardan qatiy nazar zafar qozonishini Ibro-himdek ishonch hosil qilib, qobilyatsizliklarimizdan qanday qilib ketishni o'rganamiz.

Bu ruhiy kurashda bizda Ibrohimning tajribalaridan olish uchun huquq bor chunki inoyat asrida Xudoning sevgisi bizga beriladigan haqiqiy Xudo, Muqaddas Ruh orqali hayotimiz va yuragimizning markaziga tushgan. 5 bobning 5 oyati biz buni qiyinchilik bilan talaffuz etishimiz uchun juda buyuk va chiroylidir. Bu oyatni yodlang, chunki bu Muqaddas Kitobning xazinasidir. Insoniy sevgi yoki mehr yuraklarimizga tushmagan, balki Xudoning O'zi bo'lgan Xudoning kuchli, abadiy va ifloslanmagan sevgisi tushgan.

Bu yaxshiliklarimiz tufayli yuraklarimizda yashamadi, balki quyildi, chunki Masihning qoni bizni tozaladi. Bu nima uchun Muqaddas Ruh Xudoning ma'badiga o'lik tanalarimizni qaytarib, bizda yashashi uchundir. Bu samoviy unsur, Masih Unga ishongan har bir kishiga beradigan Xudoning muqaddas kuchi va mohiyatidir. Xudoning sevgi ruhini qabul qiladigan hammada abadiy hayotning tushunchasi, qayta tug'ilish va yangilanish bo'ladi. Biroq, bizda ilohiy Ruhning yashashi faqat bizning o'zimizni tinchligimizni o'rnatish uchun sodir bo'lmaydi, balki biz hatimizning muammolarini yechishda sust bo'lmasligimiz uchun va amalda dushmanlarimizni sevib, injiq bo'lganlarni hursandchilik bilan olib kelishimiz uchun sabr-toqatimizni ham kuchaytiradi. Masih bizni yetimlardek qoldirmasdan, hammaga ochib beriladigan ulug'vorlikning kafolotini, sevgisini va kuchini bizga berdi.

IBODAT: Ey Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen biz o'lik, bechora qurtlarni rad etmay, balki biz Ruhing kuchida sevishimiz uchun va hayotimiz Sening buyuk mehringning misoli bo'lishiga ishonishimiz uchun o'ladigan tanalarimizga muqaddas sevgingni tushurding. Biz Senga rahmat aytib, ulug'laymiz va yuraklarimizdagi huzuringda quvonamiz. Sevginga ko'ra harakat qilishimizga yordam ber. Omin.

SAVOL 34: Xudoning tinchligi qanday qilib hayotimizda bajo bo'ladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:10 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)