Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 029 (The Faith of Abraham is our Example)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)
3. Ibrohim va Dovud imon orqali oqlanishning misoli (Rimliklarga 4:1-24)

d) Ibrohimning jasoratli imoni bizning misolimiz (Rimliklarga 4:19-22)


RIMLIKLARGA 4:19-22
19 U yuz yoshga yaqinlashganda, o'zining badani majolsiz-lashganini va Soro bibining pushtidan qolganini bila turib, imonda zayiflashmadi. 20 Xudoning va'dasidan esa imonsizlik qilib shubhalanmadi, balki Xudoga hamd sano aytib imonda mahkam turdi. 21 Xudo bergan va'dasini bajo keltirishga qodir, deb Ibrohim qat'iy ishonar edi. 22 Ana shu ishonchi tufayli u Xudo oldida oqlandi.

Ibrohim ko'p xalqlarning otasi bo'lish uchun tanlanganini Xudoning so'zi oldindan aytganini eshitdi. Vahiyning bu so'zi bolasi bo'lmagan Ibrohimni hayratlantirib qo'ygan bo'lsa kerak, lekin u buni imon orqali qabul qildi. U Xudo barcha insoniy umid yo'qolganda umid berishiga ishondi. Ibrohim Isroil qulidan ismoil tug'ilganida, imon kurashida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Endi uning qarib qolgan hotiniga bola tug'ish mumkin emasdek tuyulganda, u tabiat qonunlariga qaramasdan, tabiat qonunlarini o'zgartira oladigan tabiatning Yaratguvchisiga qaradi. Ibrohim hotini Soradan tug'ilish u uchun mumkin emas bo'lgan fikr bilan o'zini aldamadi. Balki u imonini mustahkamlab, Xudoning ishiga ishonib, uning abadiy haqiqatiga suyanib va hatto insoniy fikr va'dani bajarishga yo'l topmagan bo'lsa ham, ulug' Xudo yolg'on gapirmasligiga va va'dasini bajarishiga ishonar edi.

Bu imon kurashidagi Xudoning sodiqligini mahkam tutish Ibro-himni solihdek oqladi (Ibtido 15:1-6; 17:1-8)

Masih sizni bugun Ibrohimning imonini bo'lishishga chaqiradi. Biz o'zimizga qaraganimizda va jamoatimizga chuqur kirganimizda, biz jamiyatimiz ruhan charchaganligini, kuchsiz va o'lik ekanini topamiz. Biroq, Masih mening imonim bilan birga imoningiz orqali millonlab odamlarga abadiy hayot berishni xohlaydi. Xudo sevgisi osmondagi yulduzlardek ko'payib, tus olishi uchun guvohliklarimizni duo qilishni xohlaydi. Siz imoningizning so'zi orqali ruhiy bolalaringiz bo'lishi uchun Isoning chaqiruviga va va'daga ishonasizmi?

Agar siz samimiy tavba qilmasangiz, cho'lda yotgan toshlardan Xudo Ibrohimning bolalarini ko'kka ko'tara oladimi? deb suvga Cho'mdiruvchi Yahyo aytganidek, tosh yuraklardan O'zining ruhiy bolalarini ko'tara olishiga, iliq jamoatingizni yashnatishga va qobilyatsizligingiz ustidan g'alaba qozonishga Xudo qodirligiga ishonasizmi? Xudoni ehtiromlaysizmi? Siz iliq jamoatingiz va kasal ishlaringiz haqida umidsiz bo'lishni o'rniga, ulug'vor Rabbingizga suyanib, Unga ishonasizmi? U ko'plarga hayotining kuchini olib kelish uchun sizni ishlatishga qodir. Ishoning, Ibrohimning Xudosi, Pavlusning Rabbiysi kecha, bugun va abadiy bir hildir. U imoningizni kutadi, chunki bu dunyoni yengan g'alabadir.

Uxlamang! Hatto kamtar Ishoq bo'lgan Ibrohimdagi bir kichik hosil oxiri o'rilgunicha, Ibrohimning hayotida sodir bo'lganidek, yillar va o'n yillardan beri imoningizning kurashi oxirlagan bo'lsa ham, umidingizni yo'qotmang. Ibrohimning kurashlaridan tashqari, Xudo uni ruhda kuchaytirdi va uni payg'ambarlarning otasi qildi. Sizning Rabbingiz tirik va U imoningiz orqali sizni oqlanishingizni istaydi. Shunday qilib, yuragingizni ko'tarib, osilgan qo'llaringizni va kuchsiz tizzalaringizni mustaxkamlang, chunki Rabbiy tirikdir va U sizning ruhiy jangingizda oldingizda yuradi.

RIMLIKLARGA 4:23-25
23 Bu so'z esa faqat Ibrohimgagina hos emas, 24 balki biz uchun ham aytilgan. Xudo Rabbimiz Isoni tiriltirganiga ishonsak, biz ham oqlanamiz. 25 Rabbimiz Iso bizning gu-nohlarimiz uchun o'limga topshirildi va oqlanishimiz uchun tirilib keldi.

Imonimizning bilimi Ibrohimga bo'lgan va'hiyga ko'ra hurmat bilan to'la ishonchga o'sdi. Bugunlik kunda Xudo, O'zini faqat qudratlidek, buyukdek va yashiringandek ko'rsatmaydi, balki biz sevgisida ota Xudoni bilishimiz uchun O'g'li Isoni bizga jo'natdi. Imkonsiz bo'lib tuyilgan narsa va yagona Xudoning O'g'li gunohlarimizni yuvish uchun o'ldi. Muqaddas Xudo gunohkorlarni jinoyatlari tufayli nobud qilmasdan, balki biz yovuzlar saqlanib qolishimiz uchun O'zini nobud qildi. Bu mehr-shafvqatli, sevadigan, O'zini qurbon qiladigan, beruvchi va sabrli Xudo bizning Xudoyimizdir.

Masih o'limdan tirilganda, Uning qurbonligining zafari ko'rindi. Uning Otasi xochga mixlangan Qo'ziga hamma g'azabini soch-ganda, Uni yolg'iz qoldirmadi, balki U begunoh O'g'ilni ko'tarib, Uning yagona qurbonligi ilohiy irodasi bilan kelishuvda ekanini aniq isbotlab berdi. Shunday qilib, Masihning tirilishi bizning oqlanishimizning haqiqatini isbotlaydi. Bu Masih ko'milishidan oldin osmonga ko'tarilishi mumkin emas va U Xudoning yaqin sherigi bo'ldi. Yo'q! Xudo va dunyo o'rtasidagi yarashuv xochda bajarilganini ko'rishimiz uchun, Xudo Masihni o'limdan tiriltirdi.

Bugun, bizning yagona homiymiz Xudoning o'ng tomonida o'ti-ribdi. U Muqaddas Xudo va bizning o'rtamizda vosetachi bo'ladi va biz to'xtamasdan imonimizda davom etib, U orqali Xudoga keladiganlarni saqlab qolishga qodir ekaniga va ular uchun homiylik qilishga abadiy yashashiga ishonishimiz uchun qurbonligining natijalarini bajaradi.

Shunday qilib, hamma muammolardagi qo'rquvlardagi va havf-hatarlardagi imoningiz qani? Bugun Xudoning shohligi kelishi haqidagi va millionlab odamlarda ikkinchi tug'ilsh haqidagi umidingiz qani? Masih bizni Xudo bilan yarashtirdi va bugun U homiyligi bilan oqlanganimizni isbot qilish uchun yashaydi. Sizning imoningiz bolasiz va o'lik yuraklarga hayot suvining chashmasi oqib chiqishiga ishoning. Ikkilanmasdan ishoning chunki Masih haqiqatdan ham yashaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy Xudo, Sen yashaysan va Sen dunyoga voizlik qilish uchun bizni yubording. Xizmatkoring Ibrohim va Sora qari yoshlarida hamma odamlar u orqali baraka topishlari uchun, mehringdan bola tug'ilishiga ishondilar. Bizning kichik imonimizni yengib, kuchsizligimizda Sening kuching barkamol bo'lishi uchun vasvasalarimizga qarshi Senga ishonishimiz uchun imonimizni mustaxkamlagin. Senga rahmat chunki Sen shu kunlarda millionlab odamlar qayta tug'ilishini bizga tasdiqlading, chunki Sen abadiy yashab, hukm surasan. Omin.

SAVOL 33: Biz Ibrohimdagi imon kurashidan nimani o'rganamiz?

Rabbimiz Iso Masihga bo'lgan imonimizni inobatga olib,
Xudo bizni oqladi,
va biz bilan sluh tuzdi.

(Rimliklarga 5:1)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:05 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)