Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 025 (We are Justified by Faith in Christ)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)

2. Biz Masihdagi imon orqali oqlanamiz (Rimliklarga 3:27-31)


RIMLIKLARGA 3:27-28
27 Endi maqtanishga arzigulik narsamiz qoldimi? - Bitdi. Qaysi qonunga ko'ra bitdi? Tavrot amrlarini bajo keltirishni talab qiluvchi qonunga ko'rami? - Yo'q, imonni talab qiluvchi qonunga ko'ra. 28 Biz qanoat hosil qildikki, Xudo Tavrot amrlarini bajo keltiruvchi emas balki imon keltiruvchi kishini oqlaydi.

Dunyoning oqlanishi va bizning Xudo bilan yarashishimiz xochda bajo bo'ldi. Biroq, inson faqat imon orqali oqlanadi. Havoriy siz tirik imoningiz orqali oqlanasizlar deb dalolat keltiradigan 21 dan 31 gacha oyatda “imon” so'zini o'n marta o'qiymiz.

Bu qoida barcha din va falsafalarning imonlaridagi to'liq o'zga-rishni anglatadi, chunki Xudo hamma insonlarni jazolamasdan ularning gunohlarini kechirdi. Shunday qilib, tirishqoqlik, mukofot, savob ishlar va qonun nazorati haqidagi dunyoning qoidalari parchalanib ketadi, chunki Xudo bizni tekinga qutqarib, inoyat asriga bizni olib keldi va bizni Qonun la'natligidan ozod qildi. Agar siz Masihning solihligini va qonini sodiqlik va minnatdorchilik bilan qabul qilmasangiz, siz hayr-sadaqa berishingizdan qat'iy nazar va ro'za tutishingizdan qat'iy nazar gunohkorligingizcha qolasiz. Siz muqaddas oqlanishda hech qanday rol o'ynamaysiz. Bu sizga Xudodan bo'lgan sovg'adek keladi. Xudo sizni solihligingiz yoki to'griligingiz uchun to'liq oqlamadi, balki Masihning qoni vij-doningizni tozalagani uchun oqlandingiz. Qanday ajoyib inoyat!

Sizning bu inoyatni qabul qilishingiz, bu uchun minnatdorchiligingiz va buni Beruvchi bilan birligingiz imonni anglatadi. Xochga Mixlangan biz jinoyatchi bo'lganlarga Xudoning sovg'asidir. Unda Yaratguvchi sizning oldingizga keladi va oqlangan gunohkor bo'lgan sizga O'zini taqdim qilib, sizni tozalaydi. Shunday qilib, Uning kuchli solihligi sizda kuchga kirishi uchun sodiqlik bilan va ibodat bilan Masihga ishonishda davom eting. Uning sevgisining e'tirofida o'zingizni Unga topshiring.

Imon gunohkorni oqlaydi. Bu insonning qobilyatlarining fikrini o'zgartirib, bu o'zlik solihlikni, o'zlik qutqarilishni va mag'rurlikning hamma turiga yakun yasaydi, chunki Masihda biz ahmoq ekanimizni, yovuz, buzuq va ayanchli ekanimizni bilamiz. Mehribon Xudoning qo'lidan boshqa najod yo'q. Siz merosingiz orqali yoki yuzaki ta'lim orqali yoki chegaralangan millatchilik orqali o'smaysizlar, chunki siz merosingiz, diplomingiz yoki qobilyatlaringiz orqali emas, balki Masihga bo'lgan imoningiz orqali saqlanib qolgansizlar. Shunday qilib, Xudoning O'g'liga o'zingizni topshiring va yangi ahdiga kiring, chunki Usiz hayotingiz gunohda o'likligicha qoladi, lekin Unda siz haqiqatdan oqlanasiz va solihligingiz abadiy davom etadi. Masihning qonini qabul qilishdan va unda davom etishdan boshqa Xudoga manzur keladigan yo'l yo'qdir. Xudo solihligini sizga qo'yadi, shuning uchun Unga ishoning, chunki Masihning inoyatlarining hamma kuchlari va haq-huquqlarida sizni faqat imon sherik qiladi.

RIMLIKLARGA 3:29-31
29 Yoki nahot Xudo boshqa xalqlarning ham Xudosi bo'lmay, faqat yahudiylarning Xudosimi? Albatta, barcha xalqlarning ham Xudosidir. 30 Sunnat ahlini imon asosida oqlaydigan Xudo yagona bo'lib, sunnat ahli bo'lmaganlarni ham xuddi shu imon orqali oqlaydi. 31 Demak, biz bu imon tufayli Ilohiy Qonunni bekor qilyapmizmi? - Aslo! Aksincha, Qonunni tasdiqlayapmiz.

Pavlus Rimdagi jamoatga bu tushunarli maktubni yozdi. Pavlus kuch bilan va qisqacha oqlanishni tasvirlab berganda, u ruhida e'tirozlarni eshitdi:

Yunonlar dedi: “Agar Masihning o'limi kechirimda solihligini ko'rsatgan bo'lsa e'tibor qilinmagan gunohlar qonunning xalqi orqali berilgan bo'lar edi, keyin xoch faqat ularga tegishli va biz bundan benasibmiz.”

Pavlus ularga shunday javob berdi: “Lekin Xudo hamma insonlarning gunohlarini kechirdi. Yahudiylar uchun bitta xudo va boshqalar uchun boshqa xudo yo'q, chunki Xudo bittadir va U xochdagi Isoning o'limi orqali sunnatlilarni va sunnatsizlarni ham imonlari orqali oqladi.”

Keyin ba'zi Yahudiylar baqirishdi: “Bu mumkin emas! Chunki boshqa xalqlar Xudoga qarshi kufr bo'lgan sunnatsiz yoki qonunsiz oqlanadilar. Pavlus, sen Xudoning vahiysini teskari burib tashlayapsan.”

Pavlus aqidaparastlarga javob berdi: “Qonun vahiysini o'zgartirmaymiz. Biz zidma-zidlikda xoch haqidagi xushxabarimiz orqali isbotlaymiz va qonun Xudoning qurbonligiga kirish ekanini aniqlab beramiz. Xoch bizdagi qonunning barcha talablarini o'chiradi.

Biz Xudoning solihligini va buning buyukligini hamma imonlilar ham bilmasligini aqidaparastlar va oddiy odamlar bilan Pavlusning kurashidan bilib olamiz, chunki ular hamma insonlar imon orqali oqlanishlari haqidagi xushxabardan qo'rqishadi. Qonunda, irqchilikda yoki ba'zi insoniy majburyatlarida emas balki faqat imonimizda topiladigan Masihiy ozodlikka ozchilik keladi. Bizning imonimiz Masihga bag'ishlanishimizni va abadiylikdan bizni sevgan Xudoga bo'lgan ishonchimizni anglatadi.

IBODAT: Ey Ota, Senga shukur aytamiz, chunki Sen bizni o'zlik solihligimizdan bizni qutqarding va bizni Masihning kuchi bilan oqlading. Biz o'zimizga qaraganimizda gunohkormiz, lekin biz xochga mixlangan O'g'ilga qaraganimizda bizga beriladigan solihligimizni topamiz. Biz o'zimizni oqlash uchun insoniy ishlarni qidirmasdan, balki biz uchun O'g'lingning ishlari bilan qoniqishimiz uchun yolg'on sajdamizdan bizni ozod qil. Abadiy biz Senga o'zimizni topshiradigan iqrorda to'liq oqlanishimiz uchun Senga rahmat aytamiz. Omin.

SAVOL 29: Nima uchun biz savob ishlarimiz orqali emas, faqat imon orqali oqlanamiz?

Inson qonun ishlaridan imon orqali oqlanadi.
(Rimliklarga 3:28)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 02:51 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)