Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 023 (The Revelation of the Righteousness of God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)

1. Tanrı’nın Doğruluğunun Mesih’in Ölümündeki Kefaretle Açıklanması (Rimliklarga 3:21-26)


RIMLIKLARGA 3:21-24
21 Endi esa, Qonunga a'loqasiz ravishda Xudo talab qilgan solihlikka erishish yo'li aniq-ravshan ko'rinmoqda, bunga Tavrot va payg'ambarlar ham guvohlik beradilar: 22 Xudo talab qilgan solihlik-Iso Masihga ishonishdan iboratdir. Shu imonga ega bo'lgan hammani Xudo oqlaydi. Chunki odamlar orasida hech bir farq yo'q. 23 Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir. 24 Lekin Xudo inoyati bilan, Iso Masihning qoni evaziga gunohkorlar tekin oqlanadilar.

Siz gunohkormisiz? Bu savol faqat o'tgan hatti-harakatlaridan azob tortgan gunohkorlarga murojat qilinadi, chunki ular qonlari yovuz ekanini va ularning ishlari yomon ekanini bilishgan.

Keling, dunyoning Xudoning hukmining o'rtasida sizga gapiradigan Xushxabarni tinglang.

Pavlus muqaddas va gunohkor, tanlangan va yo'qolgan, madanyatli va oddiy, qari va yosh, tabiatan nomda va ilohiy qonunda hamma insonlarga ular kalta fikrlar bilan gunohkor ekanliklarini isbotlab berdi.

Hamma insonlarga o'xshab, Xudoning ulug'vorligida nuqsonli ekaningizni bilgan sizlar baxtlisiz. Yaratilishda bizga bergan Xudoning suratini yo'qotdik. Siz buzuqligingiz uchun yig'laysizmi?

Bizga qarshi bo'lgan Xudoning muqaddas qonunining ayiblashiga Uning javobi nima? Yovuz gunohkorlarning olomoniga qarshi ilohiy hukm nima? Menga va sizga qarshi bo'lgan Xudoning odil hukmi nima?

Osmondagi qudratli so'zlar tirik va o'liklarning dunyolarining jimlik va qo'rquvining o'rtasidagi dunyoga tushdi: Hamma oqlandi! Bizning fikrimiz ko'tarilib shunday deydi: “Bu mumkin emas!” va iblis “Yo'q!” deb baqiradi. Lekin Xudoning Ruhi sizni yupatadi va dunyoning gunohini olgan Xudoning qurbonlik Qo'zisini ko'rsatadi. Xudo hamma gunohkorlarning o'rniga O'g'lini jazoladi. Muqaddas Xudo buzuqlarni oqlash uchun muqaddas O'g'lini barbod qildi. Siz Xudoning shohligiga erkin kirishingiz uchun Masih tanaviy azoblanishlari orqali sizning ruhiy qarzlaringizni to'ladi. Siz ozodsiz, qutqarildingiz. Na gunohda, na Shaytonda va na o'limda sizning ustingizdan kuch bor. Siz begunohsiz va Xudo orqali abadiy qabul qilindingiz.

Siz bunga ishonasizmi va siz najod xushxabarini ishonch bilan qabul qilasizmi? Agar siz oynaga qarasangiz, siz o'zingizni oldingidek ko'rasiz, lekin nimadir yangi ekanini payqaysiz. Siz minnatdorchilik belgilarini va ko'zlaringizdagi yiltirayotgan hursandchilikni ko'rasiz, chunki Xudo sizni sevadi va O'g'lining o'limi orqali gunohlaringizdan sizni oqlagan. Siz bu haqiqatni qabul qilasiz yoki rad etasiz. Butun dunyoning oqlanishi bajarildi va Masih yana xochda o'lishi kerak emas. Ishonadigan kishi saqlanib qoladi va najodga ishonishni davom ettirgan kishi hukm qilinmaydi. Imoningiz sizni saqlab qoldi.

Hamma yovuz edi va o'limga va harobalikka hukm qilingan, lekin Xudo abadiy xizmati uchun yashashga imkoniyatni berib, ularning hammasini oqladi. Bu umumiy inoyat dunyoning hamma dinlarida topilmaydi. Bu faqat Xushxabarda topiladi. Xudoning sevgisi barcha insoniyatni saqlab qoldi; huquqshunostlar va yo'qolganlar, yetuk odamlar va imonsizlar, falsafachilar va oddiy odamlar, qari va bolalar saqlanib qoldi. Xudo ularning hammasini oqladi. Siz Uning inoyatiga qachongacha jim bo'lasiz? Keling, do'stlaringizni chaqirib, ularda Xushxabarda buyurilganidek ozod bo'lish uchun huquqlari borligini va ularning qamoq eshiklari keng ochiq ekanligini ularga ayting. Shoshiling va Xudoning yangi ozodligini ularga ko'rsating.

Aziz birodar, siz shaxsan Masihni va Uning najodini qabul qildingizmi? Siz Uni mehribon Najodkoringizdek bilasizmi? Keling endi men sizni tabriklab, Isoning azoblari va o'limi uchun Unga rahmat aytishingiz kerakligiga taklif beray, chunki faqat U sizni saqlab qoldi, pokladi va oqladi. Shunday qilib, imoningiz bilan Uni hurmatlang va to'xtovsiz Unga tashakkur bildiring. Sizning qolgan hayotingiz Uning ulug'vor inoyati uchun minnatdorchilik bilan to'liq bo'lsiz.

IBODAT: Ey suyukli Rabbiy Iso Masih, biz Seni sevib, shukurlar aytamiz, chunki Sen xochda biz uchun o'lding. Ey mehribon Ota, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen Isoning o'limi orqali barcha gunohlarimizni kechirding. Ey Muqaddas Ruh, Sendan minnatdormiz, chunki Sen erkin bilimning inoyatini bizga berding, to'liq oqlanishda bizni o'rnashtirding va aniq bo'lgan kechirimni bizga tasdiqlading. Ey Muqaddas Uch Birlik, biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen hayotimizning ma'nosini berding. Biz Senga abadiy shukur aytishimizga bizni o'rgat va bizning a'loqamiz buyuk inoyating uchun minnatdorchilikni ko'rsatishi uchun hayotimizni muqaddaslagin. Omin.

SAVOL 27: Bizning imon orqali oqlanishimizdagi asosiy fikrlar qaysilar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 02:41 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)