Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 021 (The Privilege of the Jews does not Save them)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

e) Yahudiylarning erkinligi ularni g'azabdan saqlab qolmaydi (Rimliklarga 3:1-8)


RIMLIKLARGA 3:1-5
1 Xo'sh, yahudiylarning qanday ustunligi bor? Yoki sunnatning nima foydasi bor? 2 Yahudiylar har jihatdan buyuk ustunlikka egadirlar. Bu ustunlik eng avval shundan iboratki, Xudoning vahiylari ularga ishonib topshirilgandir. 3 Agar ulardan ba'zilari imonsiz bo'lib chiqqan bo'lsa, nima qipdi? Nahotki bu imonsizlik Xudoning ularga sadoqatini bekor qila oladi? 4 Yo'q, aslo! Har bir inson yolg'onchi bo'lsa ham Xudo haqdir. Zaburda yozilganidek: “Sen so'zingda doim haq bo'lursan. Seni hukm qilsalar-da, O'zingni oqlarsan”. Shunday qilib, agar bizning haqsizligimiz Xudoning odilligigagina yanada ochiqroq ko'rsatsa, nima ham derdik? Insoning fikr yuritib aytayin: bandalari boshiga g'azab yog'dirgani uchun Xudoni nohaq deb bo'ladimi?

Pavlus Rimdagi jamoatga o'zining maktubini yozishidan oldin, u yerda jamoatning a'zolari orasida bir necha savollar bo'lgan edi. Asl G'ayriyahudiylarning imonlilari Yahudiylarni juda erkin va hurmatli deb hisoblashmagan. Shuning uchun, Pavlus maktubida Qonun va sunnat eski ahdning xalqini hukm qiladi deb tasdiqlaganda ular quvonganlar.

Bir tomondan, Qonunga yopishgan asl Yahudiy Masihiylari sovol ostiga imon orqali solihlik mavzusini qo'yishgan. Ular Pavlus ularning Qonun va ahd haqidagi ozodliklarini buzganida uning yoritishlaridan quvonishmagan.

Pavlus xushxabarlash safarlari orqali turli hil munosabatlar haqida bilar edi, va u ularning savollariga Rimliklarga bo'lgan o'zining maktubida oldindan javob bergan edi. Pavlus kimdir unga shunday deb aytganiga taxmin qildi: “Pavlus, sen haqsan, Yahudiylar bizga qaraganda buyukroq emas.” Pavlus kulib unga javob berdi: “Aziz birodarim, sen adashding, chunki Yahudiylarda hali ham buyuk yorliq bor. Bu hammasi tuproq va kul bo'lgan na ularning irqi, na ularning qobilyati, na millatchiligidir. Faqat ularning yutug'i qo'llaridagi omonati Xudoning so'zidir. Bu vahiy abadiy ularning fahri va javobgarligi bo'lib qoladi.

Keyin boshqa e'tirozchi shunday deb aytganiga taxmin qildi: “Lekin ular ahd Qonuniga sodiq va bajaruvchi emaslar.” Shunda Pavlus bu jiddiy talabga sunday deb javob berdi: “Siz insonning gunohi Rabbiyning sodiqligini va va'dalarini bekor qiladi deb o'ylaysizmi?” Xudo na ikkilanadi, na yolg'on gapiradi. Uning so'zi abadiy haqiqatdir va olamning negizidir.

Xudoning inoyati insonning yolg'onchiligining oldida sodiq va abadiylikdir. Agar Xudo xalqning gunohi tufayli eski ahdni bekor qilganida, bizning yangi ahdimizning davomiyligi bo'lmas edi. Haqiqatdan ham, bizga berilgan sovg'alar bilan solishtirilgan yangi ahda aski ahdning xalqiga qaraganda ko'proq gunoh qilamiz. Shuning uchun, biz umidimizni ko'rinadigan muvafaqqiyatsizligimizga, yoki tasavvur etilgan omadimizga emas, balki Xudoning inoyatiga quramiz. Biz hamma kishilardek yolg'onchi bo'lib qabul qilinamiz, va biz faqat Xudo haq va sodiq ekanligiga dalolat keltiramiz. Uning sodiqligi va va'dalari hech qachon tugamas.

RIMLIKLARGA 3:6-8
6 Aslo! Aks holda Xudo dunyoni qanday qilib hukm qila ola-di?! 7 Yana shunday so'rash mumkin: agar mening yolg'onchiligim tufayli Xudoning haqiqati yanada ulug'roq bo'lar ekan, mening ustimdan gunohkor deb hukm chiqari-lish to'g'ri bo'ladimi? 8 Yaxshilikka aylanib qolar, deb yo-monlik qilaveraylik, desakmikin – a? Chindan ham, u shun-day ta'lim beradi, deb ba'zilar bizga tuhmat qilmoqdalar. Bu kishilar odilona jazo oladilar.

Pavlus faqat Xudoning sodiqligiga quriladigan umidimizga diqqat etganda, u ruhida yovuz ovozlar jahl bilan shunday deb baqiryotganini eshitdi: “Xudo qanday qilib agar Uning sodiqligi va inoyati gunohlarimiz orqali ko'rsatilsa solih bo'lib qoladi? Bu insoning buzuqlik va umumiy ayib Uning buyuk sodiqligining ko'rinishiga fursat berganda Xudo uchun bizni gunohimiz va ishonchsizligimiz uchun jazolash nohaqlik emasmi? Endi, keling; Uning ulug'lash uchun gunoh qilaylik!”

Pavlus bu jiddiy talabda jim turmasdan, boshqa e'tirozlar orqali buni chuqurlashtirib aniqlab berdi va u ularni havoriydek emas balki tabiy insondek qo'yganini aniqlab berdi. U shunday dedi: Chindan ham, agar Xudoning sodiqligi bizning nohaqligimiz orqali ko'rinsa, bu Xudo uchun dunyoning Hukmdori bo'lish nohaqlik bo'ladi; va agar bizning yolg'onchiligimiz Uning haqiqatini qo'llab-quvvatlasa, Unda dunyoni hukm qilish uchun haq-huquq yo'q. Keyin, bu aniq biz uchun haqni ulug'lash uchun yaxshi bo'ladi.

Pavlus bu teskari munozaralarda haqiqiy savolga javob bermadi, balki u oldin yovlaridan hamma tortishuvlarni olib tashlash uchun, savol beruvchilardagi yovuz ruhni ta'kidlab, aniqlab berib, rivojlantirdi. Keyin u ikki so'z bilan javobini jamladi: Birinchisi, “Albatta yo'q!” Yunon matinida shunday ma'no beradigan, “Bu fikr menda kelib chiqmagan”. Men yana umuman bunga qo'shilmayman, va Xudo yuragimda shunday kufrni o'ylamasligimga mening guvohimdir. Ikkinchisi, u Xudoning hukmi shakkoklarning ustiga tushadi, va ular Uning g'azabidan qochib qutula olmaydilar, chunki U darhol ularni yo'q qilib yuboradi. Biz bu havoriylik yo'lidan shakkoklikka kirmasligimiz uchun barcha tortishuvlar va savollarni to'xtatish kerak bo'lgan bosqichda ba'zan Masihning dushmanlari bilan yetib kelishimizni topamiz. Keyin bizda munozaraga yakun qo'yish uchun jasurlik bo'lishi kerak va odamlarni Xudoning oldiga va Uning ulug'vor odilligi oldiga qo'yishimiz kerak.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, bizning barcha itoatsiz savollarimiz uchun biz-larni kechir. Sabr-toqating uchun Senga rahmat, chunki Sen nodonligimiz va gunohlarimiz uchun bizni yo'q qilmasdan, balki so'zingni eshitib, Muqaddas Ruhingning rejasiga javob berishimiz uchun bizlarni chaqirasan. Seni sevging rejasiga qarshi bizning hamma teskari savollarimizni bizdan olib tashla va biz-larni irodang bilan birgalikda bizni asragin. Ey Xudo, biz itoatsiz farzandlar bo'lishni istamaymiz. Shuning uchun, bizlarga O'g'lingning kamtarligini o'rgatib, biz insoniy mantiqda boshqalar bilan munozaramizda Sening rahbarligingni qidirmasdan, xizmatimizda qidirishimiz uchun havoriylaringning donoligi bilan bizlarni to'ldir. Omin.

SAVOL 25: Rimliklarga bo'lgan Maktubdagi asl zid bo'lgan savollar qaysilar va ularning javoblari nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:09 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)