Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 020 (Circumcision is Spiritually Unprofitable)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

d) Sunnat ruhiy hosilsizlik (Rimliklarga 2:25-29)


RIMLIKLARGA 2:25-29
25 Sunnat masalasiga kelaylik. Agar sen Ilohiy qonunga rioya qilsang sunnatning foydasi bor. Lekin Qonunni buz-sang, sening sunnating sunnatsizlik kabidir. 26 Shuningdek, agar sunnat qilinmaganlar Ilohiy Qonunga amal qilsalar, ularning sunnatsizligi sunnat bo'lgan kabi qabulga o'tmaydimi? 27 Odatan sunnat bo'lmagan holda Ilohiy Qonunga amal qilgan kimdir sunnat hamda Qonun egasi bo'lgan sen, qonun buzarni ayiblamaydimi? 28 Zotan, zohiran yahudiy asil yahudiy emas va zohiran, jismangina qilingan sunnat asil sunnat emas. 29 Faqat botinan yahudiy asil yahudiydir. Shuningdek, asil sunnat - dil sunnatidir. Bu esa Qonun bitigidan qat'iy nazar, Xudo Ruhi ta'sirida sodir bo'ladigan sunnatdir. Bunday sunnatni qabul qilgan kishi odamlarning emas, Xudoning mahtoviga sazavor bo'ladi.

Pavlus xalqlarning ustozlari va Qonunning odamlaridek asl Yahudiylarning imonlilarining mag'rurliklarini buzib tashlaganida, ruhida ulardan ba'zilari shunday deb aytyotganini eshitdi: “Ha! Biz nohaqmiz, chunki Xudodan boshqa hech kim komil emas. Lekin bizda sunnatning va'dasi bor, chunki Olijanob Xudo otamiz Ibrohim va uning hamma urug'-aymog'lari bilan Qonunning bu belgisi orqali O'zi aralashgan. Shunday qilib biz solihligimiz tufayli emas, balki U bizni tanlagani uchun Xudoga tegishlimiz.

(25 oyat) Keyin Muso Qonunining diniy ta'limotlarida mutahasis bo'lgan Pavlus Ibrohim bilan ahd Qonunni bekor qilmasligini aytib, ularning yolg'on fikrlariga javob berdi, chunki Qonun ahdga bog'liq bo'lganidek, ahd ham Qonunga bog'liqdir, Xudo Ibrohimga ochiq aytganidek: “Men Qodir Tangriman, Mening oldimda pokdil bo'lib yurgin.” (Ibtido 17:1) Bu oyat Ibrohim birinchi va'daga ishonmaganida Xudoning rahbarligisiz Isroil qulidan Ismoil birinchi tug'ilganda ahd tasdig'i uchun bu holat edi.

Shunday qilib Pavlus Rimda asl Yahudiy Masihiylariga Qonunsiz ahd yo'qligini va sunnat buyrug'larning nazoratisiz qimmatsizligini isbotladi. Asosan Pavlus sunnatda Xudo gunohkorni tubdan oqlashini va keyin imonli va uning nasli Xudoga itoat qilishini yaxshi belgisi ekanligini ko'rdi.

Biroq, bu asos faqat ahdning qatnashuvi Xudoning irodasini bajarishda qo'llaniladi. Imonli buyrug'larni buzib, Xudoga qarshi gunoh qilganda, u sunnat qilinganidan qat'iy nazar, u sunnatsizdek, Xudodan uzoq va Unga begonadek hisoblanilgan.

(26 oyat) Lekin agar G'ayriyahudiylar Muqaddas Ruhning kuchida Qonunni o'rganib uni bajargan bo'lsalar, keyin tanaviy sunnatsiz deb hisoblangan kishi Qonunga ko'ra Xudo tomonidan sunnat qilinganidek hisoblandilar va abadiyligdan tanlangan bo'lar edi, chunki ahd va tanlanish faqat qayta tug'ilish va saylovni keltirib chiqarishdir. Kimki eski ahdning devorlarisiz o'zining aloqasida ahloqiy maqsadiga yetsa, bu kishi ahdga kiritilgandek hisoblaniladi.

(27 oyat) Yahudiy uchun Qonunning jinoyatchisi bo'lish Xudoning ko'z o'ngida sunnatsiz bo'lishdir. Agar G'ayriyahudiy Qonunnning talablariga bo'ysunmasa haqiqiy Yahudiy emas, balki tanaviy sunnat qilinmagan bu kishi itoat yo'li bilan hech narsa emas balki tanaviy malakasi bo'lgan Yahudiy ustidan bo'lgan hukmda o'tiradi; chunki sunnatning belgisi insonni saqlab qolmaydi, balki insonning muqaddas ishi va aloqasi uni Xudo bilan bo'lganligini va Xudoning kuchi uning kuchsizligida ishlashini isbotlaydi.

(28 oyat) Pavlus Yahudiy urf-odatida maqsad qilgandan keyin, u eslash kerak bo'lgan va bu kunlarni bilish uchun kerak bo'lgan “Yahudiy” ismning tarifi bilan keldi. Na Yahudiy naslidan tug'ilgan va na Yunoncha gapiradigan va ilmoqli burni bo'lgan Yahudiy na Qonunga ishonadigan, sunnat bo'ladigan yoki Shanba kunlari ibodat qiladigan Xudoning ko'z o'ngida Yahudiy emas. Xudoga maqbul keladigan Yahudiy sevgi, kamtarlik, muqaddaslik va komillik orqali Xudo bilan aloqasini isbotlaydi. Bu ruhiy tasvirga ko'ra, Iso faqat to'liq Yahudiydir. Chunki U o'jar Yahudiylarga qarshi edi, ular Isoni ikkiyuzlamachiliklarida xochga mixladilar; va Uning kamtar ruhi tufahli, Ibrohimning xalqi bugungacha Isoning xalqini hali ham hukm qiladilar. Pavlus yozgandek “Yahudiy” ma'nosining tasviri bizning fikrlarimizning o'zgarishini talab qiladi.

(29 oyat) sunnat Xudo xalqqa yoki imonliga tegishli degan isbot emas, hatto Muqaddas Kitobda yuz marta yozilgan bo'lsa ham, chunki Xudo ahdida dangasa sheriklarni xohlamaydi, balki Muqaddas Ruhi bilan to'lgan yangi yuraklar bilan sevilganlarni xohlaydi. Faqat qayta tug'ilganlar Xudoning ko'z o'ngida ahdning sherigi bo'lib hisoblaniladi va U ruhining hosillarini olib keladigan hammani ko'paygan marhamatlar bilan duo qiladi. Biroq, o'zini Yahudiy yoki Masihiy va Masihning sevgisining Ruhiga qarshi bo'lganlar pok ishonchlaridan qat'iy nazar Xudo orqali qabul qilinmaydilar, balki ular Xudoning dushmanlari va U ularning Hukmdori deb hisoblaniladi.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen sunnatning belgisi orqali yaqin do'sting Ibrohim va uning bolalari bilan o'tmishda ahd tuzgansan. Biz ham Sendan minnatdormiz chunki Sen O'zingni yangi ahdingda bizni qabul qilding. Agar biz muqaddasligingda to'liq yurmagan bo'lsak yoki o'zimizni yuraklarimiz sunnatsiz va qayta tug'ilmagandek tutgan bo'lsak, bizlarni kechir. Bizlarni hamma o'zga ruhlardan poklab, biz har vaqtda Masihga ergashishimiz uchun Uning sevgisini va kamtarligini bizga bergin. Omin.

SAVOL 24: Eski va Yangi Ahdlardagi sunnatning ma'nosi nima?

Mana, sen sarkash va tavba qilmovchi qalbing tufayli Xu-doning odil hukmi amalga oshajak qahr-g'azab kunigacha o'zinga -o'zing g'azab to'plab yuribsan-ku. Xudo har kimning qilmishiga yarasha taqdirlaydi
(Rimliklarga 2:5-6)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)