Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 018 (The Law, or the Conscience Condemns Man)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

b) Qonun yoki vijdon insonni hukm qiladi (Rimliklarga 2:12-16)


RIMLIKLARGA 2:12-16
12 Ilohiy Qonunni bilmay turib gunoh qilganlar Qonundan tashqari halok bo'ladilar. Ilohiy Qonunni bilaturib gunoh qil-ganlar esa qonuniy ravishda jazolanadilar. 13 Chunki Xudo Qonunni eshitganlarni emas, balki bajo keltirganlarni oqlay-di. 14 Ilohiy Qonuni yo'q xalqlar o'z-o'zlaridan bu Qonunda buyurilganidek qilganlarida ular Ilohiy Qonunga ega bo'lmay turib, o'zlari uchun o'zlari qonundirlar. 15 Bu bilan ular Ilohiy Qonunning talablari o'z yuraklarida yozilganini ko'rsatadilar. Ularning vijdoni hamda biri ikkinchisini goh qoralab, goh oqlovchi fikrlari bunga guvohdir. 16 Men targ'ib etayotgan Injil Xushxabariga ko'ra, Xudo Iso Masih orqali insonlarning sirli ishlarini muhokama etadigan kunda ana shunday bo'ladi.

Rimdagi jamoat ikki guruhga bo'lingan: asl Yahudiylarning Masihiylari, va Yunon va Rim dunyosidan bo'lgan imonlilar. Birinchisida Qonun va va'dalarning bilimi bo'lgan va Eski Ahdga ko'ra ularning urf-odatlarini saqlashgan; G'ayriyahudiylarning Masihiylari hayotlari uchun birorta ilohiy buyrug'ni bilishmagan lekin Masihning Ruhining kuchida yurishgan.

Pavlus asl Yahudiylarning Masihiylariga Xudo O'zining muqaddasligining surati bo'lgan eski Qonunga ko'ra ularni hukm qilishini ta'kidladi. Xudoning so'zini eshitish qutqarmaydi va ruhiy fikrlar va uzun ibodatlar yetarli emas, chunki Xudo yurak va hayotning itoatkorligini talab qiladi. Xudo bizda Uning so'zi gavdalanishini va hayotimiz to'la so'zi orqali o'zgarishini xohlaydi. Yahudiy Qonunga qarshi qilgan har bir gunohi uchun hukm qilinadi, chunki barcha gunohlar Xudoga dushmanlikdek hisoblaniladi.

Pavlus bu haqiqatlarni yozganida, u “Bizda qonun yo'q va biz O'nta Amrlarni bilmaymiz; Xudo qanday qilib Hukm Kunida biz bilan muomila qiladi? Biz hukmdan ozodmiz” deb aytgan asl Yahudiylarning Masihiylarining tortishuvini ruhida eshitdi.

Keyin u ochiqchasiga Xudoning solihligi har narsada o'zgarmasligini, hatto u Qonunni mensimaganlarni va Amrlarni va va'dalarni eshitmaganlarni va Xudoning sevgisini va muqaddasligini bilmaganlarni hukm qilsa ham; chunki Yaratguvchi har bir kishiga noziklikni, ehtiyotkorlikni, tekshirishni, ogohlantirishni, tanbehni va vijdon yaqinlashishini qo'yadi. Bu Ogohlantiruvchi gumonda bo'g'ilgandek ba'zan jimlikni saqlaydi lekin bu sizga gunohlaringizni ko'rsatish uchun yana aniq ko'rsatadi. Va kurash ichingizda boshlanadi.

Bu sizdagi Xudoning suratining qoldig'i har doim ham jim bo'lolmaydi. Sizning vijdoningiz sizni hukm qiladi. Siz Xudoning inoyatidan tashqari hordiq topolmaysiz. Bu nima uchun odamlar hafa va asabiy ko'rinishidir, chunki ular vijdonlari bilan dushmanlikda yashashadi va ayiblarini tan olishmaydi, vijdonlari orqali ishlarini kuzatishadi va ularga yaqinlashishadi. Vijdoningiz uchun va sizda yaratilgan ahloqiy qonun uchun Xudoga rahmat aytasizmi? Vijdoningizni Xushxabarda o'rgating va u sizni aniqlik bilan ogohlantirishi uchun va Xudoning yo'nalishlariga ko'ra sizni boshqarishi uchun Xudoning sevgisining fikrlarida uni o'ldiring, va shunda siz malakali bo'lasiz va har bir yaxshi ish uchun tayyor bo'lasiz. Keyin siz oxirgi hukmga qulamaysiz, chunki siz yuragingizda Xudoning ovozi bilan birgalikda yashadingiz.

Lekin agar siz Masihning so'ziga chuqur kirmasangiz va vijdoningizning shikoyatlaridan o'zingizni ozod qilmasdan o'jarligingizda davom etib, o'zingizni o'zingiz oqlasangiz, shunda vijdoningiz oxirgi kunda sizga qarshi ko'tariladi. Bu Xudoni oqlab sizni hukm qiladi. Sizda g'azabingizga boshqa kalit yo'q lekin siz ga Hukmdoringiz O'zi sizning Najodkoringiz ekanini ko'rsatadigan Xushxabarga qaytaradi. Shunday qilib, tezda Masihga keling va qalbingiz uchun xohishingiz orom topadi.

Siz Xudoning oxirgi hukmi Iso Masihning qo'liga berilishini bil-ganmisiz? Siz bu Humkdorning to'liq ismi faqat “Masih” emas, balki “Iso” ham ekanligini bilganmisiz? Bu ismlarning o'rtasidagi farq, bu “Iso” Uning shaxsiy ismi, va “Masih” Uning ish joyining tarifidir. Iso Xudoning in'omlari va hislatlariga to'lgan, to'liq hokimyati bor bo'lgan va hukm va najod bilan kuchga kirgan Moylangan Masihdir.

Shunday qilib, havoriy Iso haqida Pavlus yetishtirgan Xushxa-barga ko'ra dunyoni butun sirlari bilan birga hukm qilishini aytadi. Bu Hukm Kuni haqida Pavlus Rimliklarga bo'lgan maktubida o'z ichiga olganidek, xushxabarida ochib bergani bilan tanish bo'lish biz uchun kerakdir.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen men o'zim haqimda bilishimdan ko'ra ko'proq meni bilasan. Mening barcha ishlarim Sening oldingda yashirin emas. Men gunohimni tan olib, qo'rqinchli kun kelishi oldidan, men O'g'lingning nuriga ularni olib kelishim uchun yashiringan hamma gunohlarimni menga ochib berishingni so'rayman. Agar men vaqtida vijdonimning ovoziga bo'ysunmagan bo'lsam yoki ovozinga e'tibor bermagan bo'lsam, meni kechir. Sening sevgingning buyrug'larini ijro etish uchun menga kuch va iroda bergin. Omin.

SAVOL 22: Xudo Hukm Kunida G'ayriyahudiylar bilan qanday munosabatda bo'ladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)