Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 015 (He who Judges Others Condemns Himself)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

a) Boshqalarni hukm qilgan kishi o'zini hukm qiladi (Rimliklarga 2:1-11)


RIMLIKLARGA 2:1-2
1 Shuning uchun bilki, ey hukm qiluvchi kishi, sen kim bo'liahingdan qat'iy nazar, uzuring qabul qilinmaydi. Sen boshqa odamni hukm etish barobarida o'zingni ham mah-kum etasan. Chunki, ey hukmlovchi o'zing ham shu ishlarni qilyapsan-ku! 2 Bunday ishlar qilib yurganlarni Xudo mahkum qilishda haqli ekanini bilamiz.

Gunohning toji ikkiyuzlamachilikdir. Odamlar hatto Xudoning muqaddasligi bilan aloqada vijdonlarining guvohligidan bilishsa ham, ular solih, dono va dindor bo'lishga ayyorlik qilishadi, ular juda yovuzdirlar. Bu ikkiyuzlamachilikning tepasida, ular nafrat bilan do'stlarini hukm qilishadi va ular nafrat bilan ular haqida gapirishadi, xuddi ular o'zlari muqaddaslikning kamolotidek va do'stlari hech kim emasdek.

Lekin Pavlus sizning takabburligingizni buzib tashlaydi. U sizning yolg'on niqobingizni olib tashlab, sizda hukm tovushi yo'qligini sizga ko'rsatadi. Siz birorta nohaq kishini bilasizmi? Siz unga qaraganda ko'proq nohaqsiz. Siz qotilni ko'rganmisiz? Siz unga qaraganda nafratingizda ko'proq qotilsiz. O'zingiz haqingizdagi fikrlaringiz noto'g'ri. Xudoning Ruhi sizni hukm qiladi. U boshqa gunohkorlarga qaraganda o'zini yaxshiroq hisoblaydigan lekin haqiqiy dindorlikdan hech narsa bilamydigan dindorlarning yolg'on mutaxasislarini birinchi hukm qiladi. Isoni olomon xochga mixlamadi balki o'zlarining dindorlik ko'rsatmalarida tovusdek gerdayib, manmansiragan mag'rur dindor ikkiyuzlamachi mutaxassislar xochga mixlashdi, holbuki ularning ichlari har bir nopoklikning to'liq qabridir.

Xudo faqat ishlaringiz tufayli sizni hukm qilmaydi, balki maqsadlaringiz, fikrlaringiz va istaklaringiz tufayli ham sizni hukm qiladi. Sizning orzularingiz bolaligingizdan beri yovuzdir. Siz maqsadingizda xudbinsiz. Siz Xudoga itoatsizdirsiz, rejasiga qarshi turasiz, qonunlariga qarshi gunoh qilasiz va do'stingizdan nafratlanasiz. Siz ruhingizda zinokorsiz va Yaratguvchingizdan ajralgansiz. Sizning yovuz fikrlaringiz yuragingizdan chiqadi. Biroq, Qiyomat Kunida siz yozilgan so'zlaringizni eshitasiz va ishlaringizni suratlarini, ifloslangan maqsadlaringizni ko'rasiz, va daxshatdan titrab, jim bo'lasiz.

Siz gunohkorsiz. Siz yuragingizning tubida buzilgansiz. Yovuzligingizni tan oling va boshqa gunohkordan nafratlanmang. Sizning qo'shningiz juda yovuz bo'lishi mumkin. Lekin uning yovuzligiga qarshi sizning kuchingiz begunohligingizning isboti emas. Siz gunohingiz uchun o'lasiz, chunki siz Xudoning oldida o'zingiz uchun javobgarsiz. Shuning uchun, Xudoning pok muqaddasligida jinoyatingizni biling.

Siz bu og'ir so'zlarni qabul qilmasligingiz mumkin, yoki siz faqat Rabbingizning oldida tavba qilishda yuragingizdan chiqib yoki takabburligingizda sinmasdan ularni o'ylashingiz mumkin. Ehtiyot bo'ling holatingizning nodonligi sizni Ilohiy Hukmdan saqlab qolmaydi. Abadiy haqiqat sizni ayiblab hukm qiladi. Dunyodagi barcha muhim dinlar Qiyomat Kuni haqida nimanidir bilishadi. Ulardan ba'zilari buni Tirilish Kuni yoki dunyoning oxirgi kuni deb atashadi. Faqat imonsizlar tirik Xudoning oldida turishni rad etishadi.

Bu soatda sizning barcha sirlaringiz, fikrlaringiz, so'zlaringiz, va tubanligingiz hammaning oldida oshkor bo'ladi va siz har bir gapirgan so'zlaringiz uchun, har bir siz isrof etgan tiyiningiz uchun va har bir Xudoni ulug'lamagan minutingiz uchun hisobini berasiz; chunki siz Xudoning sovg'alarining tashkilotchisisiz va U siz bilan joylashtirgan har bir narsa uchun siz bilan hisoblarni qo'yadi. Xudoning ulug'vorligining nurlari shifoxonada bilingan boshqa asboblar va barcha rentgen nurlariga qaraganda chuqurroqva aniqroq yuragingizga va o'tmishingizga kirib boradi.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen abadiy va solihsan, va men gunohkor va ayibdorman. Mening dindorliklarimni kechir va Sening nuringda hamma iflos-liklar ketishi uchun yuragimni ochgin. Men Sening oldingda hamma gunohlarimni tan olaman va men hech kimni rad etmay, hukm qilmay va nafratlanmasdan balki sevgida va sezgida o'sishim uchun sevgi Ruhingni berishingni so'rayman. Men barcha gunohkorlarning boshlig'iman. Ey Xudoyim, mehr-shavqatingga ko'ra menga rahm qil va men yurakdan kamtar bo'lishim uchun mag'rurliklarimning oxirgi qoldiqlarini buzib tashla. Omin.

SAVOL 19: Inson boshqani hukm qilganda qanday qilib o'zini hukm qiladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)