Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 014 (The Wrath of God against the Nations)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)

1. Xalqlarga qarshi bo'lgan Xudoning g'azabi oshkor qilinadi (Rimliklarga 1:18-32)


Rimliklarga 1:29-32
29 Ular har turli haqsizlik, zino, yovuzlik, tamagirlik va gina-qudratga to'lib, hasadgo'ylik, qotillik, janjalkashlik, firibgarlik va badf'ellikka mukassidan ketgandirlar. 30 Ular tili achchiq, tuhmatchi, xudobezor, dilozor, kibrli, mag'rur, badniyat, ota-onaga itoatsiz, 31 andishasiz, bevafo, iltifotsiz, murosasiz va berahmdirlar. 32 Bunday harakat qiluvchilar o'limga sazavor degan Xudoning adolatli hukmini ular bilgan holda, nafaqat bu ishlarni o'zlari qiladilar, balki bu ishlarni qiluvchilarni qo'llab-quvvatlaydilar.

Pavlus biz bu o'lchamlar orqali boshqalarni hukm qilib yoki boshqalarni darajalab, falsafachilardek ijobiy yo'lda terminlar haqida gapirishimiz uchun emas, balki o'zimizdagi gunohning barcha imkoniyatlarini ko'rishimiz va qo'rquv bilan o'zimizni tanishimiz uchun ko'z oldimizda O'nta Amrdek gunohning ro'yhatini qo'yib qo'yadi. Yaratguvchisiz yashaydigan kishi jinoyat va nohaqlik bilan yashaydi chunki yovuz shaytonning ruhi Muqaddas Ruhdan uzoqda bo'lganlarda turli-hil hosillar olib keladi. Inson yo Masihda yashaydi yoki yovuz shaytonda yashaydi. Hech qanday boshqa hudud yo'q.

Rabbiy Iso va Uning havoriysi Pavlus zinokorlikni birinchi gunohdek ajratadi. Zinokorlik pok sevgining zanjirini buzib tashlaydi, boshqa sheriklarning sodiqligiga bo'lgan ishonchni olib tashlaydi va xudosizlikka va ishonchsizlikka eshikni keng ochib beradi. Gunohkor hirs Xudoning kuchida o'zlaridan voz kechmaydiganlarning hammasini boshqaradi; odamlarning ko'plari fikrda, so'zda va hatti-xarakatda zinokordirlar. Ular nopok va buzuqdirlar. Siz o'zingizni bilasizmi? Sizning vijdoningiz aniq sizga gapiradi. Shunday qilib, o'tmishingizdan tonmasdan, qilgan ishingizni tan oling!

Siz Xudosiz inson solih emas balki fosih ekanini bilasizmi? Agar insonning o'zi yovuz va buzuq bo'lsa, nima uchun ma'rifatparvarlar insoniylik, ta'lim va ijtimoiy xizmat haqida gapiradilar? Bizga islohat va taraqqiy ettirish kerak emas, balki yangi ijod va fikr va yuraklarning yangilanishi kerak.

Xudoni bilmagan kishi pulni sevadi va hayotini bu o'lik xudoga quradi. Uning pulga bo'lgan sevgisi pul o'sib borgan sari shuncha ko'p o'sib boradi. Pul uni Masihiylikning umididan mag'rurlikka va hayotning urf-odatiga, shaytonning hukmronligiga va ehtiroslarning nafratiga yetaklaydi.

Mahrum bo'lgan fikr orqali hukmronlik qilinganlarning hammasi yovuzlik, yolg'on, qasos, ikkiyuzlamachilik, aldash, ayyorlik va nayrang bilan to'lganlar. Yovuz inson o'zining qo'shnilari bilan birga dushmanlariga qarshi yomonlikni rejalashtiradi. U ular uchun ta'sir ko'rsatishga bahona qiladi, lekin uning yuragi ilonlarning uyasidir.

Odatda yovuz insonning maqsadi boshqalarga nisbatan ko'ra olmaslik va rashkdir. U kishi boshqalarning hursandchiligida quvonmaydi, chunki u boshqalarga qaraganda ko'proq farovon va omadli bo'lishni xohlaydi. Ayniqsa, u boy bo'lishni, chiroyliroq bo'lishni, epchilroq bo'lishni va boshqalarga qaraganda hurmatliroq bo'lishni istaydi. Ziqnalik va ko'ra olmaslik yovuz hatti-xarakatlarning eng aslidir. Hozir reklamalar har qanday narxda yangi hosillarni olg'a surish uchun odamlarda ko'ra olmaslikning va ochko'zlikning ehtiroslaridan foydalanyapdi.

Shunday zararkunanda ehtiroslar faqat yaxshi narsadan fikrni o'zgartirmaydi, balki qotillika, nafratga, qo'pol tuhmatga eshik ham ochadi. Eslab qoling, Iso bizlarni oddiy rad etish, nafratla-nish yoki boshqalardan nafratlanish haqida fikrlash qotillik bilan teng bo'lgan gunoh ekanini o'rgatgan, chunki bizning maqsadimiz boshqalarni yo'q qilishdir. Biz hammamiz qotillar va Xudoning ko'z oldidagi qotillarning o'g'illarimiz.

Bu barbod qiluvchi ruh biz jamiyatlarimizda va oilalarimizda bo'linganimizda tezda bizning so'zlarimizda va harakatlarimizda namoyon bo'ladi, holbuki Muqaddas Ruh biz tinchlikparvarlar bo'lishimiz uchun baxsda guruhlar o'rtasida tinchlikka va vositaga bizni boshlaydi. Siz itoatsizlikning o'g'illari orasida tartibsizlik va bo'linish uchun sabab bo'lasizmi? Siz olovga yoqilg'i quyasizmi? Yoki siz hatto buni qilish uchun o'zingizni qurbon qilishingizga to'g'ri kelsa ham dushmanlikka yakun qo'yishni afzallikni, kechirimni va yarashishni olib kelasizmi?

Yolg'on bu Rabbimizda umuman topib bo'lmaydigan yovuzlikning hislatidir. Kimki yolg'on orqali rejalarini ijro etsa va oddiy odamlarni mehrli so'zlari bilan ilintirsa yovuz shaytonning o'g'lidir. Ilohiy Ruhning samaralari esa haqiqatgo'ylik, haqgo'ylik va sofdillikdir. Yolg'onchilik va uning shohlari juda yovuzdir. Do'zaxning boshqa mevalari ismlarimizning yuqori cho'qqisi uchun do'stlarimizning bo'xtoni va cho'pchagidir. Bizning og'zimiz zaxar bilan to'lgan va oyoqlarimiz boshqalarni yo'ldan urish uchun birinchidir. Biz yetuklikka o'zimizni olib kelish uchun va o'zimizni saqlab qolish uchun eng yaqin qarindoshimizni rad etishga tayyormiz.

Bu gunohlarga xohlab yoki o'ylamasdan beriladigan barcha odamlar Xudoni yomon ko'radilar, chunki Rabbiysini sevgan kishi odamlarni ham sevadi. Lekin siz beodoblik bilan odamlar bilan gaplashib, ulardan nafratlanib va ularni hukm qilganingizda ahloqsizliklar bilan sizdan gapiryotgan bu ruh, bu sizdir. Siz kimdirdan nafratlanganingizda, Xudodan nafratlanasiz, chunki Xudo sevgidir va sevgida yashaydigan kishi Xudoda yashaydi va kechiradi, duo qiladi va hatto sevgi manbayi bilan birga yoqimsizlarni ham sevadi.

Iblis yuragining tubida mag'rur bo'lganidek, shunga o'xshab, ularning hammasi ham yovuzdir. Ular yuraklarida barcha gunohlarini, yovuzliklarini, va yetishmovchiliklarini biladilar, bu bilim tufayli ular buzulyotgan qalblarini berkitishni qidiradilar. Ular kibrli, va gupirganlar, va ular o'zlarini haqiqatdan mazharalashganda, ular o'zlarini muhim kishi deb o'ylab, tovusdek mag'rur bo'lib gerdayadilar. Masalan ular kambag'allarga battoldirlar. Ular o'zlarining hirslariga xizmat qiladilar va ular yovuzlik va yolg'onchilik bilan to'lganlar. Ular yaxshi, qobilyatli va muhimdek ko'rinadilar, lekin ular yolg'iz bo'lganlarida, ular Xudo ularni “uyatsiz” deb bir so'z bilan hukm qilganini eshitadilar.

Ular boshqalarning kuchsizliklarining ochilishida va ularning mehribonchiliklarining ishida, ular juda ayiblarini ko'tarishadi; va ularning yovuz ruhlari oilalarida itoatsizlik shaklida ko'rinadi. Ular ota-onalarini Xudoning qonuniga ko'ra himoyachilardek hisoblashmaydi, lekin ular xizmat uchun, qurbonlik, sevgi va ish uchun tayyor bo'lmasdan, odobsizlarcha pulga, mustaqillikka va haq-huquqqa da'vo qiladilar. Ular bu tarzda hayot orqali berilgan sevgiga oyoq qo'yadilar va ular o'zlarining ta'limotsiz bo'lgan ota-onalarining nodonligidan nafratlanadilar. Ular gunoh eng yuqori ahmoqlik ekanini bilishmaydi, holbuki Xudodan qo'rqmoqlik donolikning boshidir. Xudoning Ruhiga bo'ysunmaydiganlarning hammasi hech narsani tushunmaydilar, lekin hamma narsani nato'g'ri ko'radilar. Ular o'zlari uchun va butun jamiyat uchun saviyani yo'qotganlar.

Bu holatda ular o'zlarida sodiq bo'lish qobilyatini topmaydilar va shuning uchun ishonchsiz bo'ladilar. Xudoga bag'ishlanmaganlarning hammasi insonlar bilan birga ishlay olmaydilar. Xudoning sodiqligi insonni sodiq qiladi, elkin Rabbiysisiz yashaydigan kishi yo'qolganicha, adashganicha va bechoraligicha qoladi.

Bizning Xudoyimiz sevgi, mehribon va rahimdildir. Barcha yax-shilikning ma'nbasini qoldiradiganlarga afsus, chunki ularning yuraklari toshdek qatib ketadi. Ular o'zlarini sevishadi va boshqalardan nafratlanadilar. O'zingizga qarang! Siz dushmanlaringizni sevasizmi? Kambag'allar uchun rahimni his qilasizmi? Iso tarqalgan odamlari uchun his qilib ularning gunohlaridan azob tortdi. Siz xalqingizni hukm qilasizmi yoki ularni sevasizmi? Siz mehr-shavqatdan yiroqdamisiz yoki Xudoning Ruhi gunohkorni tavba qildirish uchun ruhoniydek Uning oldida turishingiz uchun sizni yangilaydimi?

Bizning gunohlarimiz dengiz bo'yidagi qumdan ko'ra ko'proqdir. Xudoni biling, shunda o'zingizni bilasiz. Kimki Ilohiy man'basining hislatlaridan o'zini ajratsa, o'limga va hukmga loyiq bo'ladi. Barcha inson bolaligidan gunohkordir. Siz bugun gunohlaringiz uchun o'lishingiz kerak. Xudoning muqaddasligi sizning harobaligingizni talab qiladi. Sizda yashash uchun huquq yo'q. Insonlarning barcha haq-huquqlari yolg'ondir. Bizda faqat gunohlarimiz uchun o'lishga huquqimiz bor. Siz insonlar orqali emas, balki Xudo orqali o'limga hukm qilingan kishidek shahringizda kezib yurasiz. Shunday qilib, siz qachon fikringizni o'zgartirasiz va butunlay va samimiy tavba qilasiz?

Agar siz butunlay tavba qilmasangiz, sizning gunohingiz boshqalarning gunohkor harakatlarida ikkinchi qoniqishni qabul qiladigan joyga yetib keladi. Bu gunohning achinarli keskinlashishidir. Sizning yovuzligingiz yetarli emasmi? Jamiyatingizni buzish siz uchun kerakmi? O'zingizga qarang! Siz gunohlaringizdan rohatlanasizmi? Siz boshqalarning tosh yuraklari bilan qondirilasizmi? Siz o'zingiz va xalqingiz uchun samimiy tavbada ko'z yosh to'kmaysizmi? Xudoning Ruhi sizga haqiqiy tavbani olib kelganmi yoki siz hali ham takkabburmisiz?

IBODAT: Xudoyim men gunohkorga rahim qil. Sen mening qonimning har bir tomchisi gunoh ekanini bilasan, va men hujramda yovuz fikrlarning man'ba-siman. Men Sening qahringda o'likman va Sening hukming solihdir. Men bilan sabrli bo'l va odilliginga ko'ra meni yo'q qilib yuborma. Biz birga do'zaxga tushmasligimiz uchun do'stlarim va qo'shnilarim bilan meni o'zgartir. Bizda yangi ijodni boshlashing uchun yurakning o'zgarishini va gunohning bilimini menga va xalqimga ber. Ey Xudo,mehr-shavqatinga ko'ra menga rahm qil; va mendan Muqaddas Ruhingni olib qo'yma. Omin.

SAVOL 18: Bugun dunyomizda sizga eng oddiy tuyilgan gunohlarning ro'yha-tidagi beshta gunoh nima?

Ko'kdan barcha
betavfiq va fosiq insonlarga qarshi
to'kilishga tayyor.
(Rimliklarga 1:18)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)