Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 013 (The Wrath of God against the Nations)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)

1. Xalqlarga qarshi bo'lgan Xudoning g'azabi oshkor qilinadi (Rimliklarga 1:18-32)


Rimliklarga 1:26:28
26 Shu sababdan Xudo ularni behayo ehtiroslarga topshirdi. Ularning xotinlari tabiy aloqani g'ayritabiy aloqa bilan almashtirdilar. 27 Shunga o'xshab, erkaklar ham ayol bilan tabii aloqani tashlab, bir-biriga shahvoniy munosabatni qizitdilar. Erkak bilan erkak sharmandagarchilik qilib, buzuqliklariga yarasha jazoni o'zlaridan oldilar. 28 Xudoni tan olishni lozim ko'rmaganliklari uchun, Xudo ularni buzuq fikrga, lozim bo'lmagan ishlarni qilishga giriftor qildi.

Pavlus birinchi bobda uch marta “Xudo ulardan voz kechdi” degan daxshatli iborani yozgan. Bu ibora tugashni, g'azabni va hukmning birinchi darajasini anglatadi. Xudo yovuz kuchga tark etgan kishilarning holiga voy, chunki ular Qudratlining himoyasidan va asrashidan bebaxra bo'lganlar.

Bu Xudodan ajralish xudosizlik fikrlarda va shahvoniy hirslar extiroslarni qutirishida o'zini ko'rsatadi.Ular faqat jinsiy xohishlarini qondirishni o'ylab, issiqdagi hayvonga o'xshab yuguradilar. Qayerda Muqaddas Ruh insonning yuragida yashamasa, U uning tanasiga va vijdoniga hokimlik qilmaydi, inson hatto yaxshi ishlarning va odob-ahloqning niqobi bilan berkingan bo'lsa ham zinokorlikka qaytadi.

Asosan bugun erkak va ayol o'rtasida tenglik davrida ba'zi ayollar erkaksiz xohishlarini qondirish uchun haq-huquq bo'lishiga da'vo qilishadi. Ayniqsa, ba'zi tashkilotlar odamlarning ko'payishiga yakun qo'yish uchun bachchabozlikka targ'ib qilishadi. Biroq, Pavlus nooddiy yo'llarda hirsga berilganlarning hammasini Xudoning g'azabi ostida o'zlik yolg'oniga berilganlardek hisoblaydi.

Ularda fikrlarida yolg'on murakkablik bilan birga buyuk zarar ham bor. Ular endi oddiy odamlar emas, balki ular orzu qilib, nima istasalar shuni qiladilar; chunki kimki gunohga berilsa gunohning qulidir. Xudoning buyrug'ida qolmaydiganlarga qul bo'ladigan ko'p kuchlar, gunoh majburyatlari va aloqalar bor.

Madanyatning yomonlashishi uchun sabab chuqurdir. Yovuzlikning mohiyati jinsiy ahloqsizlik emas, balki onglarida Xudoni saqlashni istamaydigan buzuqdirlar. Chunki ular Xudodan ko'ra o'zlarini va dunyoni sevadilar, ular nopoklikdan zinokorlikka qulaganlar. Masih orqali saqlanib qolgan odamlarning guvohliklarini o'zigan kishi bu odamlar Xudodan uzoqda ekanliklarini tezda bilib oladilar. Ishonchsizliklari tufayli, bu odamlar jinsiy ahloqsizlik va nopoklikning barcha shakillariga qul bo'lganlar. Lekin Masih ularni topganida, U ularga kechirim, poklik, o'zgarish, yupanch, kuch, umid va hursandchilik berdi.

Lekin, Xudodan uzoqlashgan kishi va tavba va qutqarilish uchun Muqaddas Ruhning xohishiga qarshi chiqqan kishi kalta fahmdir. Xudoning qo'li bilan insonning ustidan yozilgan “Kalta” so'zidan ko'ra unsonning ustidan talaffuz qilinadigan og'irroq so'z yo'qdir; chunki u shunday holat ostida Xudoga qaytolmaydi, chunki shunday qaytish qayta tug'ilishni talab qiladi. Yunoncha “tavba” so'zi ongni o'zgarishini anglatadi. Xudo insonlarni qabul qilib yangilashi uchun ilgarigi fikrlashni va aloqaning o'zgarishini talab qiladigan insonlarning yuragida tubdan o'zgarishni kutadi.

Endi, sizning yuragingizchi? Sizning miyyangiz Xudoning Ruhiga, Uning najodiga va pokligiga ochiqmi? Agar siz hali ham Xudodan uzoqda farqsizlik bilan yashayotgan bo'lsangiz, “Bugun” deguncha Unga qayting. Rabbingizdan vijdoningizni poklash uchun va yuragingizni o'zgartirishi uchun so'rang. O'tgan nopokligingiz qolishiga yo'l qo'ymang. Rabbingiz Shifokoringizdir. Agar siz U sizni chin qalbingizdan hirslaringizdan ozod qilishini xohlasangiz, faqat U sizning barcha majburyatlaringizdan ozod qila oladi. Siz hech qachon o'zingizni o'zingiz qutqara olmaysiz. Sizda faqat sizni saqlashga tayyor bo'lgan Rabbiyning najodini xohlash, qaror qilish, so'rash va qabul qilish bor.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, Sen meni bilasan, va mening barcha fikrlarim Senga yashirin emas. Sen mening o'tmishimni va men gunoh qilgan har bir kishini bilasan. Mening hirslarimni kechir va vijdonimni poklagin. Men Seni sevishim uchun so'zinga meni yaqinlashtirgin. Men endi gunoh qilishni ista-mayman. Men Sening qo'lingda ozodligimni qabul qilishim uchun menda kuchli iroda yaratgin. Meni kalta fahmligimdan va buzuq tanamdan saqlagin. Sen mening Jismim va Najodkorimsan. Men Senga ishonaman. Omin.

SAVOL 17: Pavlus Xudoning g'azabining ko'rinishini qanday tasvirladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)