Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 010 (The Wrath of God against the Nations)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)

1. Xalqlarga qarshi bo'lgan Xudoning g'azabi oshkor qilinadi (Rimliklarga 1:18-32)


Rimliklarga 1:18-21
18 Nohaqlik qilib haqiqatni oyoq osti qilayotgan barcha be-tavfiq va fosiq insonlarga ko'kdan Xudoning g'azabi to'ki-lishga tayyor. 19 Xudo haqida nimayiki bilish mumkin bo'lsa, ularga ravshandir; Xudoning O'zi ularga zohir etgan. 20 Uning ko'rinmas hususiyatlari, ya'ni abadiy qudrati va ilohiyoti O'z ijod mahsuliyu borliqni yaratganidan anglashiladi va ochiq ko'rinib turadi. Shunday qilib, ularning o'zlari yo'q. 21 Chunki ular Xudoni idrok etganlari holda, Uni Xudo sifatida ulug'lamadilar va Unga shukrona aytmadilar. Buning o'rniga bema'ni hayollarga berilib, ularning befarosat didu diliga zulmat tushdi.

Pavlus Xushxabarning mavzusi Masihdagi Xudoning solihligini Rim jamoatiga takidlab, ular bilan sevgi, sog'inch va kamtarlik bilan salomlashgandan keyin, u o'zining chuqur qidirishining birinchi qismini boshladi. U Xudo tomon bizning hamma xudosizligimizga qarshi va odamlar tomon yovuzliklarimizga qarshi Xudoning qahri tushayotganini ochib berdi. Bugun biz faqat inoyat asrida yashamaymiz, balki kunlarimizning siri va sababi bo'lgan Xudoning g'azabining asrida ham yashaymiz. Insonlarning razilliklaridagi Xudoning nafrati va ularning gunohlaridagi Uning qasosi bizning kunlarimizning belgisidir. Muqaddas Xudoni bilgan kishi Undan qo'rqadi va Uning g'azabidan titraydi. Muqaddas Xudoning muqaddasligining nurlarining kichigini tanigunicha kech kim o'zini o'zi bilmaydi. Insonning gunohi ilohiylik qudratida namoyon bo'ladi.

Xudo insonni O'z suratida yaratgan, lekin ular yovuzliklari, takabburliklari va nodonliklari bilan Undan mustaqil bo'lishni tanladilar. Biroq, Xudo sabr-toqatida bechoralarni va itoatsizlarni yo'q qilib yubormasdan, Unga minnatdorchilik bilan qaytib kelishlarini va tezda Unga bo'ysunishlarini kutgan edi. Lekin ular Xudodan ko'ra ko'proq o'zlarini sevdilar va ular ruhiy ko'r bo'lib qolgunlaricha Undan uzoqlashdilar. Ular Muqaddas Xudoning ulug'vorligini endi his qilmadilar, balki o'zlari orqali o'zlarini harob qilib, najodga erishishdan boshqalarga halal berib, ularning yolg'onlarini va buzuqliklarini haq yo'ldek ta'kidlab, yovuzlikda davom etdilar.

Inson gunohga qulashidan qat'iy nazar, u tabiatda ajablanishlari orqali Xudoning borligini bila oladi. O'simliklarning tarkibini, atomlarning kuchini va son-sanoqsiz yulduzlarning buyukligini o'rganing, shunda siz Yaratguvchiga sajda qilasiz, chunki U dono, qudratli va barhayotdir. Siz qalbingizning chiroyini, vijdoningizning sezgisini, va ongingizning ijodiyotini tushunasizmi? Siz tanangizning barcha qismlariga qon yurishi uchun kunda yuz ming marotaba uradigan yuragingizning tomirlarini eshita olasizmi? Bu ajoyibotlar o'z-o'zidan emas, balki Yaratguvchining sizga sovg'asidir.

Qaysi birimiz tabiatda Xudoning ulug'vorligini ko'rganimizda qo'rquvdan qaltirab turolamiz? Uning ulug'vorligiga guvohliklar to'xtovsiz gapiradi. Biroq, asrimizning ta'limotli kishisi Xudoning qo'li orqali aniq ravshan yozilgan tabiatning ochiq kitobida o'qish uchun yetarlicha vaqti yo'q.

Yaratguvchini ulug'lamaydigan, Uning ulug'vorligiga bo'ysun-masdan hamma qilgan ishlari uchun Unga rahmat aytmaydigan kishi, ahmoq bo'ladi. U Muqaddas Ruhning donoligini yo'qotadi, ongida ko'r bo'ladi va hayvondek bo'ladi. Shunday qilib, aziz birodar, sevgi va qo'rquv ila Xudoni ulug'lang, chunki U sizni O'z suratida yaratdi va sizga hayot nafasini berdi. Siz Unga tegishlisiz va Usiz yashay olmaysiz.

Xudoga sajda qilmaydigan hamma inson haqiqatdan yo'qolgan, gunohkor va imonsizdir. Ular kuch-qudratlarining markazini yo'qotganlar, vijdonlarini bosdi-bosdi qilganlar va miyyalarini qorong'ulashtirganlar. Ular yolg'onni fikrlarida haqiqatdek hisoblaydilar, Xudoning bilimini egib, zo'ravonlik bilan uni bosdi-bosdi qiladilar. Shuning uchun, Rabbingizdan tirik imonni so'rang va Xudoning borligiga ishonish uchun boshqalarni boshlang, chunki Uning ulug'ligiga ishonmasdan va Uning mehrini ulug'lamasdan, insonzodga qarshi ochib beriladigan Xudoning g'azabida ular halok bo'ladilar.

IBODAT: Ey Qudratli, muqaddas Xudo, biz Senga tashakkur aytamiz, chunki Sen bizlarni borliqqa olib kelib, eng yaxshi qo'shilmada bo'lish uchun bizlarni yaratding. Bizning yuzakiyligimizni va Seni ulug'lashdan tartibsizligimiz uchun bizlarni kechir. Senga qaytib, Seni borligingni tan olishimizga, kunda Sening sevgingda davom etib, har doim Seni ulug'lab, barcha xudosizlar senga tavba qilib qaytib kelishlari uchun ularning solihsizligiga qarshi bo'lgan Sening qa-hringni e'lon qilishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 14: Xudoning qahri nima uchun ochib beriladi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)