Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 009 (Paul’s Desire to Visit Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

c) Xudoning solihligi doimiylik imon orqali bizda seziladi va o'rnashadi. (Rimliklarga 1:16-17)


Rimliklarga 1:17
17 Bu Xushabarning mag'zi shuki, Xudo O'zi gunohkorni oqlaydi. Bu oqlash esa faqatgina imon orqali sodir bo'ldi. Tavrotda yozilganidek: “Imoni bilan oqlangan kishi hayot bo'lur”.

Xudoning solihligi bo'lgan e'tiqodda buyuk qiyinchilik bor. Agar bizning e'tiqodimiz yuzaki bo'lganda, shunday qiyinchilik yuzaga kelmas edi. Biroq, biz Xudoning muqaddasligi har bir gunohkor o'lishi kerakligini talab qilganda va Xudoning oldida hech kim solih emasligini o'rganganimizda, biz hafa bo'lamiz, chunki hamma insoniyat o'limga loyiqdir. Biroq Xudo faqat muqaddas va Hukmdor emas, balki U sevgi, yaxshilik va uzoq sabr-toqat bilan to'lgan Ota hamdir. U gunohkorni yo'q qilmaydi, balki uni saqlab qoladi.

Xudo muqaddasligi sababli U kimnidir istagan payitda kechirolmaydi, hatto U tekinga har bir kishini kechirishni qidirsa ham, chunki Xudoning oliyjanobligi Uning borlig'ini tushuntirib beradi.

Xudo bu muammoga yechimdek, gunohkor uchun o'rinbosardek o'ladigan qurbonlikda o'zgarishning haqligi haqida olib keldi. Chunki Xudoning muqaddasligining talablarini uchratish uchun hech qanday insoniy va hayvoniy qurbonlik bo'lmagan, Xudo barcha eramizdan oldin O'glini to'liq vaqtda inson qiyofasida bo'lishi uchun, bizning o'rnimizga o'lishi uchun va gunohlarimiz uchun to'lov to'lab bizni oqlashi uchun Uni tanladi. Biroq, Rimliklarga bo'lgan Maktubning mavzusi o'zimizning oqlanishimiz emas, balki Xudoning O'zining solihligidir: Biz gunohkorlar oqlanishimizdan qat'iy nazar, qanday qilib Muqaddas Xudo solih bo'lishda davom etadi? Bu javobga faqat Masih javob bo'la oladi.

Qonunning odamlari shunday deb xochga qarshi kufrlik qilish-gan: “Agar Masihdagi imon orqali har bir odam oqlansa, kelinglar yana gunoh qilaveraylik, chunki xochga Mixlanganning inoyati bizni oqlar ekan.” Pavlus ularni hukm qildi va ularga Masihiy imon oddiy imon emas, balki kuchsizligimizda Uning kuchi ishlaydigan Masih bilan birga yashashimizdir, va U bizda hosillarini yaratadi. Keyin Iso bog'lab turadigan rishtalar bizni oqlaydigan, mu-qaddaslaydigan va komil qiladigan Masihga rahmatlar va sevgi bilan to'lgan imonning darajasi zanjirligiga o'xshatadi.

Biz o'zimizning najodkorlari emasmiz, balki biz Xudoning inoyatiga yuraklarimizni ochamiz. Oqlanadiganlar faqat imondan yashaydilar. Ular imondan imonga keladilar, va ular o'zlarini solih deb hisoblamaydilar. Masih ularni oqladi va ruhining kuchlari orqali kundan kunga ularni muqaddaslab, saqlab boradi. Shunday qilib, Xudo solihlikda davom etadi, chunki U har kuni bizlarni kechiradi va har bir minutda bizni muqaddaslab boradi. Bizlar Unikimiz va Unga muqaddasmiz.

Boshqa savol Xudoning solihligi savol belgisi ostiga qo'yilgan eski ahdning odamlari haqida ko'tarildi. Bu yahudiylarning in-oyatdan bosh tortishidir. Yahudiylar Xudoning O'g'lini xochga mixladilar va shuning uchun najodlarining tarixini o'tkazib yubordilar. Ayniqsa, ular najod va tavbaga ularni boshlashni qidirgan Muqaddas ruhning ovoziga har doim qarshilik qildilar. Pavlus va boshqa havoriylar bu aniq haqiqatning nazarida ajablandilar: “Xudo qanday qilib solih bo'lishda savom etishi mumkin, agar U Ibrohimning oilasini tanlagan bo'lsa va ular bilan abadiy ahdda O'zini bog'lagan bo'lsa? Biroq, biz kunlarimizda Xudo ularni yuragini tosh qilib qo'yishini va ularni rad etishini chunki ular Uning Muqaddas Ruhiga ochiq bo'lmaganliklarini ko'ramiz.

Xudo shunda muvaffaqiyatsizlikka uchradimi?” Pavlus (Rimliklarda 9,11 gacha) vahiyning javobini aniqlab beradigan maktubida “yo'q” deb javob beradi, Yahudiylarni oqlash emas, balki faqat Xudoning solihligi takidlab o'tadi, chunki Xalqlarning Havoriysi ilohiylik, muqaddaslik uchun va Rabbimiz Iso Masihning Otasining solihligi uchun qiziqqon edi.

Haqiqiy imonga ega bo'lgan kishi va Muqaddas Ruhning rahbarligiga bo'ysunadigan kishi ongida yangi ijod bo'ladi, va Yangi Ahddagi hamma oqlanganlar bilan muqaddaslikda yashay oladi. Masihiy Ma'naviyatlari inson ta'limida yoki insoniy kuchlarda to'xtab qolmaydi, balki O'g'ilga ishonadiganlarga olib keladigan najodining kuchini va Xudoning sevgisidan suratining itoatkorligiga kengayadi. Masihiylarning hulq-atvori Otaning ismini ulug'laydi. Uning solihligining ko'rsatishi Rimliklarga bo'lgan maktubning mavzusidir.

IBODAT: Ey Muqaddas Uch Birlikdagi Xudo, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen bizlarni haqiqiy imonga tan olib, tekinga oqlading va Sen bizlarni har kuni muqaddaslab boshqarasan. Sen Solih Xudosan va biz hatto dunyo tarixidagi ko'p odamlarning ko'p harakatlarini tushunmasak ham, solihlikda davom etasan. Odamlarning orasida shirin hid bo'lishimiz uchun bizlarni to'liq muqaddasla va hislatlarimizda qolgan gunohni olib tashla. Omin.

SAVOL 13: Qanday qilib Xudoning solihligi bizning imonimizga bog'lanadi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:04 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)