Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 004 (Identification and apostolic benediction)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

a) Ma'lumotnoma va havoriylik inoyat (Rimliklarga 1:1-7)


Rimliklarga 1:5-7
5 Shunday qilib, Rabbimiz Iso Masih nomidan barcha hal-qlarni imonga bo'ysundiraylik, deb Xudo Uning ismi haqi bizga inoyat qildi hamda havoriylikni ato etdi. 6 Iso Masih da'vat etgan sizlar ham o'sha halqlardansizlar. 7 Xudo sev-gan va muqaddas bo'lishga chaqirgan barcha Rimda ya-shovchilarga

Iso Masih Xudoning barcha in'omlariga kalitdir. Na payg'ambarlar, na azizlar, va na Bokira Maryam inoyat va marhamatda Xudoning oldida siz uchun vositalik qila olmaydi. Osmondagi Ota Iso Masih uchun ibodatlarimizga javob beradi, chunki faqat U Xudo bilan bizlar uchun shafoat qiladi. Uning ismi Xudoga o'tadigan ibodatlarimiz orqali va barcha ruhiy sovg'alar kelishi orqali anhordir. Faqat Iso bizlarni Muqaddas Xudo bilan yarashtirdi. Shunday qilib, biz kechirim, tinchlik, najod va solihlik bilan inoyatning to'liqligini Undan olamiz. Biz loyiq bo'lmagan boshqa barcha marhamatlar faqat inoyatdir.

“Inoyat” Pavlusning maktubining natijasidir. Pavlus buni o'zida tajriba qildi, chunki u jamoatlarning quvg'inchisi edi. U g'ayrati, ibodatlari, yoki yaxshi ishlari tufayli emas, balki Masihda unga berilgan Xudoning g'amho'rligi tufayli saqlanib qoldi. Shunday qilib, Masih sizga birinchi inoyatni, kechirimni va tinchlikni berganidek, buyuk inoyat xushxabarini har bir kishiga olib keling.

Siz inoyat qoidasini tushunib, tan olganingizdayoq, siz inoyat beruvchi, Xudoning sevgisini voizlik qiluvchi va tekin oqlanishning xabarchisi bo'lasiz. Muqaddas Ruh yuragingizga xabarini qo'ydimi? Yoki siz hali ham jim, hafa va gunohlaringiz zanjiri bilan bog'langanmisiz?

Kimki inoyat xabarini tushunsa Xudoni va Masihni sevadi, va Uning mehribonlik qonunlariga bo'ysunadi. “Imonga bo'ysunish” so'zi Pavlusga bu inoyatga insonning javobini anglatadi. Xudo g'azab va shikoyatsizlik bilan xohishimizga qarshi bo'ysunishni so'ramadi, balki Najodkor va Qutqaruvchimizga bo'lgan minnatdorchilikdagi asrangan qalblarimizning butun jonkuyarligini so'radi. Pavlus o'zini Iso Masihning quli deb nomladi. U bu nomda “imonga bo'ysunish” so'zining aniq tushinchasini berdi. Siz Masihning qulimisiz? Xudo Masih uchun barcha insonlarni va ularning gunohlarini kechirdi. Biz bu xabardek insonga foydali bo'lgan boshqa xabarni topmaganimizda, biz Xudoga bo'ysunishni va Masihini sevishini va Uning inoyat kuchiga ega bo'lishni bilganla-rimizning hammasini taklif qilamiz. Qanday buyuk xabar! Siz hamma inoyatning Beruvchisida imonga bo'ysunish uchun do'stlaringizni chaqirdingizmi?

Rim jamoatining a'zolari Pavlus yoki boshqa inson orqali emas, balki Masih orqali to'g'ridan to'g'ri chaqirildilar. Bu imon tovushining siridir: hech kim chaqiruvchi eng yaxshi ahvolidaligidan tashqari boshqa kishini najotga chaqirmaydi, chunki biz Rabbimizning qo'lida asboblarimiz. Iso shaxsan izdoshlarini tanlab, chaqiradi. Uning ovozi yuraklarning tubiga tushib boradi, chunki bu o'likni tiriltiradigan Uning ovozidir. “Jamoat” so'zi Xudoning xizmatida sevgining javobgarligini taxminlagan va noumidliklarni qoldirib chaqirilganlarning birligini anglatadi. Siz Iso Masihning chaqirilgan kishisimisiz? Siz bir tomondan hali ham foydasiz va hosilsizmisiz? Bizning e'tiqodimiz chaqiruv e'tiqodidir.

Bu chaqiruvni qabul qilib unga javob bergan kishi Xudo tomonidan seviladi. Bu Masihiylarni tushuntirib beradigan qanday chiroyli va ulug'vor bayon! Ular ulug' Xudoning qarindoshidirlar, Unga tanishdirlar va U orqali hurmatga sazovor bo'ldilar. Ayniqsa, Xudo to'lovi tufayli ularning darajalariga tushib, ularni O'zining birligiga loyiq ko'rdi. Xudoning sevgisi ota-onalarning bolalariga bo'lgan sevgidan ko'ra yoki kelin-kuyovning o'rtasidagi sevgiga qaraganda buyukroq va pokroqdir. Xudoning sevgisi muqaddasdir va hech qachon tugamas. Siz Xudoning muqaddasligida yurib, Uning sevgisiga to'lgan sevimli farzandlaridan birimisiz?

Masih bizlarni kechirimga, itoatga va ergashishga chaqirdi. Bu sifatlarning cho'qqisi muqaddaslikdir. Hech kim o'zicha muqaddas emas, balki biz Najodkor qutqarishi bilan majburiyatlarimiz orqali Muqaddas Ruhni qabul qilishga loyiq bo'lganmiz. Biz faqat inoyat orqali muqaddas bo'la olamiz va sevgida Xudo oldida ayibsiz bo'la olamiz. Barcha azizlar dunyodan ajratilib, Xudoning xizmati uchun tayinlanadi. Ular o'zlariga yoki qarindoshlariga endi tegishli emaslar, chunki ular muqaddaslik ish uchun Xudoniki bo'ldilar. Siz ulardan birimisiz? Siz haqiqatdan ham inoyat orqali muqaddasmisiz?

IBODAT: Muqaddas Xudoyimiz, Sen muqaddas bo'lganingdek bizlarni ham Iso Masihda muqaddas bo'lishga chaqirding. Biz adolatsizligimizni tan olamiz va biz bilgan va bilmagan gunohlarimizning hammasini kechirishing uchun yolvoramiz. Sendan minnatdormiz, chunki Sen bizlarni sevib, Masihning qoni bilan poklaysan va Muqaddas Ruhing bilan oqlaysan. Biz Sen sevgandek Seni sevib, hamma kuchimiz va vaqtimiz bilan Senga tegishli bo'lishimiz uchun hayotimizni o'zgartir. Omin.

SAVOL 8: Inoyat nima va bunga insonning javobi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)