Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 003 (Identification and apostolic benediction)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

a) Ma'lumotnoma va havoriylik inoyat (Rimliklarga 1:1-7)


Rimliklarga 1:2-4
2 Xudo qadimdanoq O'z payg'ambarlari orqali Muqaddas Yozuvlarda bashorat qilgandek, ushbu Xushxabar Uning O'g'li haqidadir. 3 Iso Masih jisman Dovud zurriyoti esa-da, 4 ruhan ilohiylik kasb etadi. U qaytadan tirilib, Xudoning O'g'li ekanini qudratli ravishda namoyon qildi.

Nil daryosi quruq yalong'och yer hududlarini namlab, yumshatib va ularni hosildor qilganidek, xushxabar ham imonlilarga kuch berib va ularni hosildor va hursand qilib, ularda ishlaydi. Xushxabarning buyuk siri Iso Masihning ishlashi va kelishidir. Siz kitobga ishonish uchun taklif qilinmaysiz balki tarixga va vaqtsiz hislatga ishonishga taklif etilasiz. Ming yillar oldin Xudo payg'ambarlari orqali inson Xudoning Ruhidan va bokiradan tug'ilishini va Uning ismi Xudoning O'g'li bo'lishligini e'lon qilgan.

Xudoning Qonuni bu hodisa haqida payg'omlar bilan to'ladi. Shuning uchun, har bir haqiqiy payg'ambar o'zining xabarida Masih Xudoning O'g'li ekanligini tan oladi. Endi agar Xudo bizni yangi chuqurroq zakovatga ko'tarib, nosog'lom fikrlarimizni o'zgartirish uchun Muqaddas Uch Birlik bo'lishga birlikda O'zini e'lon qilgan bo'lsa, kim Muqaddas Xudoga qarshi bo'lardi? Biz Masih kelgandan keyin, Xudo mehribon va sevgi Otasi ekanligini bildik, chunki mehribon O'g'ilning timsoli bizlarni Xudo haqidagi darsga va yangi fikrga boshladi..

Xudoning O'g'li haqiqiy inson bo'ldi, va U Shoh Dovudning avlodlaridan biri Qudratli Xudoning O'g'li bo'lishi haqida (2 Shomuil 7:14) Xudodan va'da olgan payg'ambar va honishchi Dovudning naslidan tug'ilgan. Bu mujassamlikda barhayot Masih O'zini bizning tanamizning kuchsizligi bilan kiyintirib, bizga o'xshab har bir yo'lda vasvasaga solingan.

Lekin Iso gunohsiz edi va o'lim Uni yenga olmadi, chunki butun to'laligi bilan Unda yashagan Muqaddas Ruh gunoh tanasini yengib chiqdi. Iso insonlarning dushmani bo'lgan o'lim ustidan hukumronlikni zafar quchib, qabirdan tirilganda O'zining kuchini ta'sirli va aniq isbot qildi. Xudo bu mo'jizali hodisa orqali Isoning o'gilligini takidladi va Iso atgandek hozir hukm suradigan joyda Uni haqiqiy Rabbiydek O'zining o'ng tomoniga o'tirg'izdi: “Osmonda ham, yerda ham, butun hokimyat Menga berilgandir”, va Ota va Muqaddas Ruh bilan birga yashaydi; abadiy bir Xudo.”

Masihning kuchi Pavlusdan oqib chiqib, jamoatlarga oqdi; va Isoning kuchi hatto bugun ham bokira ayoldan tug'ilgan Uni tirik Rabbimiz deb tan olganlarda ishlaydi. “Iso Masih Rabbimiz” degan bayon Masihiylikning boshlanishi bo'lgan imonimizning yig'indisidir. Bu najod va umidning kuchi, Muqaddas Uch Birlikning sirlarining barcha ma'nolarini o'z ichiga oladi.

IBODAT: Ey Xudo O'gli, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen sevging yo'li bilan mujassamlanding va tanangda gunohni va o'limni yengding. Iltimos Senga bo'lgan minnatdorchilikda bizning halokatli hayotimizni qabul qilib, biz sev-gingning shohligi uchun sifatli bo'lishimiz uchun Muqaddas Ruhing bilan bizlarni poklagin. Biz xalqimizda Sening sodiqligingning barcha xizmatkorlari bilan Senga sodiq govohlar bo'lishimiz uchun fikrlarimiz, so'zlarimiz va hatti-xarakatlarimiz ustidan hokimlik qilishingni so'raymiz. Omin.

SAVOL 7: Masih Xudoning O'g'li degan bayonning ma'nosi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:02 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)