Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 112 (Paul Transferred From Jerusalem to Caesarea)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

8. Pavlus Quddusdan Kesariyaga yo'llanishi (Havoriylar 23:23-35)


HAVORIYLAR 23:23-35
Ming boshi yuzboshilardan ikkitasini chaqirib: - Kun botganidan uch soat keyin Kesariya shahriga borish uchun ikki yuz piyoda askar, yetmish otliq va ikki yuz o'qchi askar hozirlanglar. 24 Pavlusni mingdirib, viloyat hokimi Felekisning qoshiga sog'-salomat yetkazib borish uchun ot- ulov ham beringlar, - deb buyurdi. 25 Ming boshi quydagi mazmunda bir maktub ham yozdi. 26 “Klavdiy Lisidan muhtaram hokim Felikisga - salom! 27 Ushbu odamni yahudiylar tutib o'ldirmoqchi edilar. Uning Rim fuqorosi ekanini bilib, men askarlar bilan birga yetib kelib, uning boshini qutqardim. 28 Keyin nimada ayibdor etayotganlarini bilmoqchi bo'lib, uni yahudiylarning kengashiga olib bordim. 29 Natijada o'zlarining shariyatiga doir masalalar bo'yicha uni gunohkor qilayotganlarini bildim – u, lekin unda o'limga yoki kishanga loyiq hech qanday ayib topmadim. 30 Yahudiylarning bu odamga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan xabardor bo'lgach, men darhol uni sizning huzuringizga yubordim. Uning ayiblovchilariga ham unga qarshi bo'lgan da'volarini sizning qoshingizda gapirishlarini buyurdim. Salomat bo'ling“. 31 Shunday qilib, askarlar olgan farmoniga ko'ra Pavlusni kechasi Antipatrisga boshlab borishdi. 32 Ertasiga u bilan birga borish uchun otliqlarni qoldirib, o'zlari esa qal'aga qaytib ketishdi. 33 Otliqlar kesariyaga yetgach, maktubni viloyat hokimiga berishdi va Pavlusni ham unga topshirishdi. 34 Hokim maktubni o'qigach, Pavlusni qaysi viloyatdan ekanini so'radi. Kilikiyada bo'lganini bilgach, unga: 35 “Ayiblovchilaring kelganidan keyin sening ishingni so'roqlayman” , - dedi-yu, Hirod saroyida qamoqda saqlansin deb amr berdi.

Pavlus Damashiqqa yaqin otdan yiqilib, Rabbiy bilan duch kelgan payitda, bu hodisagacha biz uning otni minishi haqida boshqa hech narsa o'qimaymiz. Endi, u yetmishta otliq va ikki yuz piyoda askarlar bilan o'ralib oldi va orqadan ular unga yolboshchilik qilib, tunning o'rtasida majburan otni minib keldi. Bu ko'rinish urushni, hujumni va havf-hatarlarni ko'rsatadi. Falastindagi odamlardan Rimliklar mashxur baqir-chaqirni chiqarishni kutgani uchun Rim hokimi bilan nafratlanishgan edi. Shunday inqilob haqiqatdan ham keyinroq ikki ming yil dunyoda sarson bo'lib, uysiz tarqalib ketgan Yahudiy odamlarining ko'z yoshlari to'kilib va barbod bo'ldi, bu E,K 69 – 70 da sodir bo'lgan.

Pavlus mahbus Rim fuqorosi bo'lganini tushuntirilgan qo'mondining hati bilan hokimyatning oldiga yetaklab olib kelgan yetmishta otliqning himoyasi ostida ikki kundan keyin Kesariyaga yetib keldi. Bu bayon bu hodisani to'ntarib tashladi, chunki Yahudiylar rimlik fuqoroni o'ldirish uchun harakat qilishgan edi va binobarin mahbusni saqlab qolish uchun ko'pgina askarlarni jo'natgan qo'mondonning to'sqinligini oqladi.

Qo'mondon hatida ham Pavlus umuman jinoyatchi emasligini va u qonunga qarshi hech qanday harakat qilmaganini ifodaladi. U Pavlusni o'lishi uchun hukm qilish yoki uni bog'lash uchun birorta ham sabab topmadi, chunki unga qarshi ayiblash qonun va payg'ambarlarga ko'ra tushunishning farqlaridan kelib chiqib, yahudiylarning diniy qonuni, savollariga ko'ra ishlar bilan qilinishiga to'g'ri kelgan. Shunday muammolar tez-tez yurakda chuqur husumatni va nafratni yaratadi. Natijada, qo'mondon Pavlusni o'ldirishni rejalashtirib qiriq kishi orqali fitnani uyushtirilganini o'rgandi. Demak, U diniy kayfiyat va hayajonlar bilan to'lgan, yahudiy madanyatining markazi Quddusdan uzoq va yaxshi buyrug' va tashkiloti uchun farqlangan Rim shahri Kesariyada ish bilan muomila qilish uchun Pavlus uchun ayiblanuvchilarni tezda hokimning oldiga jo'natdi.

Hokim Feliks Pavlus Kilikiyaning Tars shahridan ekanligini eshitganda, u tezda bu ishni muhokama qilishga qaror qildi, chunki uzoq Tarsdan kelayotgan hech kim Yahudiylarning qonunlarini va odatlarining sirini bilmas edi. U Pavlusni hokimning o'zi joylashgan Shoh Hirodning saroyida hibsga olgan. Ular qiriqta Quddus g'alayonchilari bu hurmatli havoriyni o'g'irlab keta olmasligi uchun Pavlusni birinchi og'ir muhofaza ostida saroyning kamerasiga yoki hovlidagi kameraga qo'yishgan bo'lishi mumkin.

Pavlus Rimliklarga u uchun Xudoga ibodatlarda u bilan birga harakat qilishlari uchun ularga yolvorib, toki Yahudiy o'lkasidagi imonsizlardan qutulay va Quddusdagi xizmatim u joydagi Xudo azizlariga ma'qul tushsin deb yozgan talabining tugashi shunday edi (Rimliklar 15:30 -32). Lekin bu ibodatchilar havoriydan kutgan narsadan ko'ra boshqa narsa bilan keldi; Pavlus Masihning elchisidek ozod emas, balki zanjirband bo'lib Rimga ketdi.

Pavlus hibsga olingan payitda u nimani o'ylagan? Pavlus Kesariyaga o'n to'rt kun avval keldi va u kishanlar va qiyinchiliklar bilan duch kelishini Muqaddas Ruhning zakovati orqali oldindan aytish uchun va uning oldiga payg'ambar voizchi Agabus kelguncha Filip bilan tunni o'tqazdi. Lekin u ma'bad zinasida olomonning o'rtasida Tirik Rabbiy haqida guvohlik berganidan keyin tunda Rabbiy uning oldiga keldi.

Rabbiy o'sha vaqtda dunyoning markazi bo'lgan Rimda ham Uning ismiga dalolat keltirishi kerakligini unga aytdi. Shunda, biz Pavlus o'zi rejalashtiruvchi bo'lmaganini uning hayotining jarayonida ko'ramiz va undagi kuch o'zining fikrlari va xohishlari emas balki bu Pavlusning xohishiga ko'ra emas, balki O'zining irodasiga ko'ra itoatkor xizmatkori orqali ishlagan, uni yo'naltirgan va rejalashtirgan Masihning xohishiga ko'ra edi. Bu odamlarning faol sababchisi, Pavlusning hayotidagi eng og'ir vaqt edi. Uning chap orqasidagi jamoatlar uning yordamiga va maslahatiga muhtoj edilar, hatto u harakatsiz zindonda ko'p kunlar qolishi uchun majburlangan bo'lsa ham.

IBODAT: Qudratli Rabbimiz, Sendan minnatdormiz, chunki Sen O'zingning xizmatkorlaringni o'zlarini rejalariga qarab emas balki O'zingning irodanga va tayinlashlaringa qarab boshqarasan. Sen ularni ta'sirli guvoh uchun himoya qilasan va buyuk kuch bilan ibodatlariga javob berasan. Bizning yo'llarimizni kechir va har doim Muqaddas Ruhning rahbarligiga itoat qilishimizga bizni o'rgat. Omin.

SAVOL 112: Pavlus qanday va nima uchun Kesariyaga ko'chirildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)